Mustaqillik bayrami oldidan keng kölamli obodonlaştiriş işlari davom etmoqda
Yurtimiz böylab eng uluğ va eng aziz ayyom – Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng kölamda nişonlaşga puxta hozirlik körilmoqda. Ozod va obod yurtimizning barça göşalarida katta şodiyona oldidan öziga xos tayyorgarlik jarayonlari qizğin pallaga kirgan. Bu yilgi bayram tadbirlari “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan elu yurtni birlaştiruvçi, qalblarga faxr va iftixor tuyğularini baxş etuvçi ezgu ğoya ostida nişonlanadi. Uşbu şonli sanani har tomonlama munosib hamda yuqori saviyada kutib oliş maqsadida butun respublikamiz hududlarida bölgani kabi, Amudaryo tumanida ham keng kölamli obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va bunyodkorlik işlari uyuşqoqlik bilan taşkil etilmoqda.
Hududlarda olib borilayotgan uşbu keng qamrovli obodonlaştiriş tadbirlaridan közlangan asosiy maqsad, eng avvalo, mahalla ahli uçun yanada qulay, toza-ozoda va har tomonlama fayzli muhit yaratişdan iboratdir. Qolaversa, çekka hududlar va mahallalarning sanitariya holatini tubdan yaxşilaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda ekologik barqarorlikni taʼminlaş ustuvor vazifalar qatorida belgilangan. Şu orqali eng uluğ va eng aziz bayramimiz bölmiş Mustaqillik ayyomini barça xonadonlarda, mahalla va köçalarda munosib, kötarinki hamda öziga xos bayramona kayfiyatda kutib oliş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda. Obodlik köngildan boşlanadi, deganlaridek, bugun yurtdoşlarimizning qalbidagi poklik ularning yon-atrofni gözallaştiriş yölidagi saʼy-harakatlarida öz aksini topmoqda.
Amudaryo tumanining barça ovul va mahallalarida ham umumxalq haşarlari qizğin davom etmoqda. Jumladan, tumandagi Çoyköl ovulida ham bayram oldidan tayyorgarlik işlari avjida. Jarayonlarni bevosita nazorat qiliş va xalq bilan hamnafas böliş maqsadida Amudaryo tumani hokimining örinbosari Jasur Yaxşimov özi masʼul qilib biriktirilgan uşbu ovulda böldi hamda hududda olib borilayotgan obodonlaştiriş işlari bilan yaqindan tanişib, mahalla faollari va aholi vakillari bilan yaqindan muloqot qildi. Bundan taşqari, jarayonlarni yanada jadallaştiriş uçun zarur bölgan barça taşkiliy hamda texnik yordamlarni körsatdi. Hududlarga maxsus texnikalar jalb qilinib, oğir qöl mehnati talab etiladigan işlarda aholiga yaqindan yordam körsatilmoqda.
Çoyköl ovuli aholisi özaro hamjihatlikda milliy qadriyatimizga aylangan haşar yöli bilan hovlilari, köça va guzarlarni tartibga keltirmoqdalar. Barça xonadon egalari bayramni kötarinki ruhda kutib oliş maqsadida ahillik va birdamlikda mehnat qilmoqda. Köça böylari va içki yöllar çetidagi manzarali hamda mevali daraxtlarga şakl berilib, oqlanmoqda. Şu bilan birga, suv yöllarining ravonligini taʼminlaş, ekinlarni suğorişda muammolar kelib çiqmasligi uçun ariq va zovurlar turli çiqindilardan, xas-çöplardan tozalanmoqda. Keksayu yoşning hamjihatlikda qilayotgan bunday mehnati natijasida butun hudud obod va körkam qiyofa kasb etmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami oldidan olib borilayotgan bu kabi bunyodkorlik va tozalik tadbirlari nafaqat köça va mahallalarimizning qiyofasini tubdan yaxşilamoqda, balki odamlarning ruhiyatiga yuqori kayfiyat, qalbiga esa yurtga bölgan çeksiz muhabbat tuyğularini baxş etmoqda. Ovul ahlining yuz-közlaridagi tabassum va ertangi kunga bölgan mustahkam işonç elu yurtimizning "Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" degan oliy maqsad yölida jipslaşganining amaliy ifodasidir. Zero, öz mahallasi va göşasini obod qilgan insonning hayoti ham, kelajagi ham albatta farovon böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶