Mustaqillikning 35 yilligi oldidan keng kölamli obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda
Yurtimizda eng uluğ va eng aziz ayyom – Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nişonlaşga puxta hozirlik körilmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu ğoya ostida nişonlanadigan uşbu sanani har tomonlama munosib va yuqori saviyada kutib oliş maqsadida butun respublikamizda bölgani kabi Amudaryo tumanida ham keng kölamli obodonlaştiriş va bunyodkorlik işlari uyuşqoqlik bilan taşkil etilmoqda.
Uşbu yönalişda hududlarga biriktirilgan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşi deputatlari, masʼul taşkilotlarning rahbarlari hamda xodimlari iştirokida keng qamrovli amaliy işlar olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi barça mahallalar, markaziy va içki köçalar hamda ijtimoiy soha obʼektlari atroflarini tozalaş, hududlarni obodonlaştiriş, zarur sanitariya-tozalik işlarini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bundan taşqari, yöl çetlaridagi daraxtlarni oqlaş, ularga şakl beriş, mavjud yaşil hududlarni parvarişlaş hamda atrof-muhitni tartibga keltiriş işlari ham yuqori surʼatlarda bajarilmoqda.
Joylardagi obodonlaştiriş işlarini yanada jadallaştiriş maqsadida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşi deputatlari, “Mahalla yettiliklari” hamda aholi vakillari bir yoqadan boş çiqarib, qizğin mehnat qilişmoqda. Manğit şahrining Beruniy, Yangiobod va Olmazor mahallalari hududida olib borilayotgan keng kölamli tozalik işlari doirasida Jumurtov şoh köçasi va aholi ziç yaşaydigan maskanlardagi barça içki köçalar töliq tozalanmoqda. Şuningdek, avtomobil yöllarining yoqalari tartibga keltirilib, belgilangan meʼyorlar asosida çiqindilardan tozalaş, mavjud kökalamzor va yaşil hududlarni agrotexnik qoidalar asosida parvariş qiliş işlari izçil amalga oşirilmoqda.
Ötkazilayotgan uşbu keng qamrovli obodonlaştiriş tadbirlaridan közlangan asosiy maqsad – avvalo, mahalla ahli uçun yanada qulay, ozoda va har tomonlama fayzli muhit yaratişdan iboratdir. Qolaversa, mahallalarning sanitariya holatini tubdan yaxşilaş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib orqali eng uluğ va eng aziz bayramimiz bölmiş Mustaqillik ayyomini har bir xonadonda munosib, kötarinki va öziga xos bayramona kayfiyatda kutib olişiga şaroit yaratiş közda tutilgan.
Eng asosiysi, bu kabi umumxalq tadbirlari aholining, ayniqsa, yoş avlodning fuqarolik masʼuliyatini oşirişga, ularning qalbida Vatan taraqqiyoti va rivojiga bölgan daxldorlik tuyğusini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan uyuşqoqlik asosida taşkil etilayotgan bunday keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlaridan közlangan boş maqsad esa bitta – Vatanimiz şodiyonasini, yaʼni mustaqillik bayramini eng yuqori saviyada nişonlaş uçun barça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirişdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶