14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:25
Maqolalar 👁 342

SABOQ

SABOQ

(Boʻlgan voqea)

U shifokor edi. Ertalab yumushga ketib, kech qaytardi. Qaynonasi hokisorgina, beozorgina ayol, hech kimga ogʻir soʻzi yoʻq Yangil enani hamma yaxshi koʻrardi. Yangil enaning uch qizi ham, yolgʻiz oʻgʻli, Salomatxonning eri, Alloh rahmat qilsin, Saidjon ham oʻqituvchi edilar. Salomatxon qaynotasini koʻrmagan, u kishi bolalari yoshligida dunyodan oʻtgan, qaynonasi Yangil ena oʻrta maktabda oʻqituvchilik, uyda tikuvchilik qilib farzandlarining barchasini oliy maʼlumotli qilgan. Salomatxonning ikkinchi oʻgʻli tugʻilganda eri avtohalokat tufayli vafot etdi. Yolgʻiz oʻgʻlidan ayrilgan Yangil ena nevaralariga suyanib qoldi. Lekin tez-tez bolalarini olib kelib turadigan qizlari ham negadir kamnamo boʻlib qolishdi.

– Bunaqa emasdilar, sogʻinib ketdik, deb tez-tez kelishardi, yoshlari ulgʻayishgan sari mehrsiz boʻlib qolishyapti bular, – hayron boʻlayotganini yashirmay dedi bir kuni qaynonasi.

Salomatxonning feʼlida torlik bormidi yoki toʻrt oʻgʻil ichida oʻsgan yolgʻiz qizligidan xudbinroqmidi, har qalay qaynonasining qizlarini koʻrgisi kelayotgani unga yoqmadi.

– Nima qilasiz, ena, uyida oʻtirsin, bolalari bilan bir kelsa, hamma joyni ivirsitib yuborishadi, – dedi dilidagini tiliga chiqarib.

Yangil ena keliniga hayron boʻlib qaradi. “Yo tavba, bu ne deyayotir, axir bolalarim...” Enaning tomogʻiga nimadir tiqildi. “Gap bu yoqda ekan-da, Salomat qizlarimga biron gap degan...”, oʻyladi u. Lekin keliniga hech narsa demadi.

Bir kuni Salomatxonning shifoxonada ishlari koʻpayib, ancha kech qaytdi. Kuni boʻyi mol-hol, tomorqa yumushlari, ikki nevarasining tashvishi bilan boʻlib Yangil ena charchadi. Kechki ovqatga endi unnayotgan payt Salomatxon kirib keldi. Lom-mim demay ichkariga kirib ketdi-yu, qaytib chiqmadi. Shavlani damga qoʻyib, kelinidan xabar olgani kirgan Yangil ena uning bolalari bilan televizor tomosha qilib oʻtirganini koʻrib, toʻgʻrisi, dili ogʻridi:

– Shavla qilgandim, damda turibdi, solib kelaqol, bolam, – dedi dili ogʻriganini sezdirmay.

Kelin lom-mim demadi, hatto pinagini ham buzmay, televizorga tikilgancha oʻtiraverdi.

– Salomat, tan-joning sogʻ-mi, ovqat pishdi...

– Nima, sizga oʻlishim kerakmidi, pishgan boʻlsa, yeyavering, mening qornim mana bunday! – u qoʻlini boʻyniga tutib “toʻqman”, deganday gapirdi qoʻrslik bilan.

Hamisha muloyim, beozorgina Yangil ena uning bu muomalasidan ozorlandi-yu keliniga qattiq gapirmadi. Faqat:

– Bolam. Har yaxshi soʻzning ham, yomon soʻzning ham oʻzingga qaytmogʻi bor, har neda oʻlchov boʻlgani yaxshi, – dedi-yu ortiga burildi.

Oshxonaga kirib, shirin taʼmi hididan bilinib turgan qozondagi shavlaga birrov boqdi-da, tagidagi olovni oʻchirdi...

Yangil ena shu kuni ilk marta kelinidan qattiq ranjidi. Salomatxon ertalabki nonushtani ham yolgʻiz oʻzi qiladigan, borib-borib uy yumushlariga urinmaydigan odat chiqardi. U haqiqatan ham oʻziga yarasha xudbin edi. Qaynsingillari mehmonga kelgan kun hech boʻlmaganda qaynonasini bir choʻqib olardi.

– Pensiya olganingizni yuvayapsizmi ena? – derdi oʻzicha kosa tagida nimkosa kabi muomala qilib.

Enaning qizlari aqlli edilar. Kelinoyisiga kulibgina qoʻyaqolishardi.

Salomatxonning esa ichini gumon kemirardi: “Pensiyasidan qizlariga tutqazib yuborayotir!” Ana shu oʻyi uning xunobini oshirar, qaynonasi bilan zimdan oʻchakishar va bundan rohat-lanardi.

Navroʻz bayrami arafasi edi. Uchta qaynsinglisi birgalashib kirib kelishdi. Shirinliklar, tropik mevalar, Yangil enaga keksalar orasida urf boʻlgan uzun jemper, koʻylak, mahsi-kalish, oppoq harir roʻmol, paypogʻu shippakkacha olib kelishibdi. Enaning quvonganini koʻrsangiz, sovgʻalarni silab-silab, navbati bilan kiyib-kiyib, koʻzlari yoshlanib, qizlarini duo qildi. Ammo Salomatxonning bir ogʻiz gapi uning koʻnglini chilparchin etdi.

– Ha, bekach oyimlar, enamga er topdinglarmi deyman!

Har doim Salomatxonga oʻtib ketgan akalarining hurmatini qilib indamay ketadigan qizlarning kattasi bu gal jim turolmadi:

– Checha, – dedi ovozini koʻtarib, – onamga qilgan har qanday gapingizni kechiraman, lekin hozirgisi oshib tushdi. Uyalmaysizmi?

– Uyalishim kerakmi? – Salomat ichini kemirib yotgan bad gumonlarini toʻkishga chogʻlandi goʻyo.

– Men nega uyalaman oʻzi? Kampirning pensiyasi qanchaligini men emas, sizlar bilasizlar. Oʻzimning topganim oʻzimga yetadi. Oʻzining puliga oʻzini siylayotgan sizlar uyaling!

– Salomat! – Hech qachon ovozini koʻtarib gapirmagan Yangil ena goʻyo hayqirib yubordi.

– Qizlarga tuhmat qilma! Ular mening bir soʻmimga ham zor emas. Qizlarim-mehmonlarim, mehmonning izzatini qil!

Yangil ena shunda ham Salomatga ogʻir soʻz demadi. Faqat shu kundan soʻng oʻzgardi, kamgap, yanada beozor boʻlib qoldi. Bir kuni:

– Xudoga shukur, – dedi Salomatga nonushta payti, – nevaralarim katta boʻlib qolishdi. Endi koʻnglim toʻq. Ikkovi ham oʻqishayotir. Ertaga nima boʻlishi Yaratganning oʻziga ayon, bolam.

Yangil ena shunday deb, choʻntagidan kichkina hamyoncha chiqardi. Anchayin urinib qolgan shapaloqdekkina hamyonchani ochib, ichidan plastik kartani oldi va Salomatga uzatdi:

– Buning ichida qancha pul borligini bilmayman, – dedi ovozi qaltirab, – ora-sira u-bu xarajatga ishlatdim, xolos, sen ham pul soʻramaganingdan keyin... – Yangil ena ogʻir tin oldi va davom etdi, – kerak boʻlib qolar, deb...

Salomat dong qotib qoldi. Umr boʻyi oʻqituvchilik qilgan qaynonasining qancha pensiya olishini bilmasa ham uning pensiya miqdori oʻzining oylik maoshi darajasidan kam boʻlmasligini aniq bilardi. U bank kartasini olishni ham, olmaslikni ham bilmay qaynonasiga tikilib turar, oʻzining dilozorliklarini oʻylab, ichini pushaymon kemirardi. Nihoyat u tilga kirdi:

– Oʻzingizda turaversin...

Salomat boshqa gap gapirolmadi. Qaynonasining yuziga qarashga ham botinolmadi.

Shu voqeadan soʻng Yangil ena uzoqqa bormadi, 74 yoshida bandalikni bajo keltirdi. Bir kuni “Xalq banki”ning tumandagi filialidan qoʻngʻiroq qilishdi.

– Yangil Sultonnazarovaning vafoti toʻgʻrisidagi guvohnomasini olib keling, dafn puli bilan oxir1gi pensiyasini oʻtkazib beramiz, – deyishdi.

Shundagina Salomatxonning esiga qaynonasi vafotidan 5-6 oy avval qoʻliga tutqazgani, bank plastik kartasi esiga tushdi. Qaynonasining pensiya kartasini tekshirib koʻrmoqchi boʻldi. Bankomatda koʻrsa...

- Oʻh-hoʻ! Shuncha pulingiz bormi kartangizda?! – deyishdi hayrat bilan navbatda turganlar. Bankomat ekranida “balans 97 mln. 800 ming soʻm”, degan raqamni koʻrib Salomatning butun vujudi qaltirab ketdi. Yoʻq, u shuncha pulga ega chiqdim, deb emas, aksincha, qaynonasini necha bora behurmat qilgani, qaynsingillarini ranjitgani uchun oʻzidan-oʻzi uyalib, oʻt boʻlib yonardi shu tobda. Axir qaynonasi bilan 21-yil birga yashagan boʻlsa, shuncha yil ichida necha marta uning dilini ogʻritdi, ozor berdi, – bunisini ichi biladi...

Mana, endi oʻzi ham qaynona. Kelinlari qachonlardir oʻzi qaynonasiga qilgan muomalani oʻziga qaytarganday boʻladi. Shunda: “astagʻ-firulloh!” deb qoʻyadi va lablari beixtiyor pichirlaydi:

– Koʻnglingni keng tut, hamisha koʻnglingni ochib yur, shunda badavlat boʻlasan...

– Alloh sizlarni har neda sabrli, keng feʼl, ochiq-koʻngil qilsin ilohim, – deb duo qilaveradi, duo qilaveradi. U hayotdan oʻzi olgan bu saboqlar hamon tarbiyalayotganday edi.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019