Mardlik saboqlari va unutilmas xotiralar
Tarixning şunday sahifalari borki, ularni eslaş oğir, unutiş esa mumkin emas. Afğon uruşi ana şunday fojiali davrlardan biri bölib, minglab insonlarning taqdirida özining ayançli izini qoldirdi. Ötgan asrning oxirlarida keçgan bu harbiy mojarolar köplab özbekistonlik yoşlarni ham uruş domiga tortgan edi. Ularning aksariyati öşa maşʼum yillarning guvohi böldi, jang maydonida mardlik va jasorat körsatib, Vatanga şaraf bilan qaytdilar. Bugun faxriyning xotiralari hayotiy saboq, tajribalari esa kelajak avlod uçun bebaho merosdir.
8-yanvar kuni Amudaryo tumanining Tölqin ovulida istiqomat qiluvçi ana şunday mard insonlardan biri – Afğon uruşi faxriysi Köklan Xudoyberganov xonadoniga Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasining tumandagi vakili Bahodir Jumaniyozov hamda uyuşma aʼzolari taşrif buyurişdi. Quroldoş döstlarning bu uçraşuvi xotiralar jonlangan, minnatdorlik tuyğusi va insoniy qadriyatlar mujassam bölgan samimiy muloqotga aylandi.
Köklan Xudoyberganov 1986-1988-yillarda Afğonistonda harbiy xizmatni ötagan. U dastlab Turkmanistonning Çorjöy şahrida uç oy davomida dastlabki harbiy tayyorgarlikdan ötdi. Şundan söng, Afğonistonning Kobul yaqinidagi Bagram qişloğida joylaşgan harbiy aviatsiya qismlaridan birida xizmat qildi. Oğir şaroitlar, tinimsiz janglar va mudhiş voqealar uning hayotida çuqur iz qoldirdi.
1988-yilda harbiy xizmatni tamomlab, Vatanga qaytgan Köklan Xudoyberganov öqişni davom ettirib, Paxtaçilik texnikumida tahsil oldi. Keyinçalik qişloq xöjaligi sohasida fidokorona mehnat qildi. Uruşning oğir asoratlariga qaramay, hayotga bölgan işonçini yöqotmadi, oilasi va farzandlarining tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratdi. Bugungi kunda u mehribon otaxon, bir nafar nabiraning suyukli bobosi.
Köklan Xudoyberganov yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasida faol iş olib bormoqda. U özining jang maydonidagi safdoşlarini, uruş maydonida qolgan döstlarini doimo yodga olib, ularning xotirasini hurmat bilan eʼzozlaydi.
Unutilmas jasorati, fidokorona xizmatlari uçun Köklan Xudoyberganov Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasi tomonidan “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali bilan taqdirlandi. Bu yuksak eʼtirof uning sermaşaqqat hayotiy yöli, jasorati va yoş avlodga örnak bölayotgani uçun bildirilgan yuksak hurmat ifodasidir.
Faxriylar özaro muloqot qilib, yurtdagi tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş muhimligini yana bir bor taʼkidladilar. Köklan Xudoyberganov davlat va jamiyat tomonidan körsatilayotgan eʼtibordan minnatdor ekanligini bildirdi.
Tinçlik – eng katta neʼmat. Bu neʼmat yölida fidokorona xizmat qilgan insonlar bor ekan, ularning hikoyalari unutilmaydi. Faxriylarning saboqlari kelajak avlodga jasorat, sabr-toqat va Vatanga sadoqat ramzi bölib qoladi. Qahramonlik abadiy, mardlik esa unutilmasdir!
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶