Amudaryo tumanining 2024-yilning yanvar-avgust oylaridagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
Amudaryo tumanida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 194ta tadbirkorlik subʼekti yangidan tashkil qilingan. Jami roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subʼektlari 2351tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 109,7 foizga, yaʼni 208ta subʼektga koʻpaygan.
2024-yilning 1-sentyabr holatiga:
- sanoat korxonalari 465tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 110,7 foizga, yaʼni 45ta subʼektga koʻpaygan.
- qurilish korxonalari 102tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 foizga, yaʼni 8ta subʼektga koʻpaygan.
- savdo faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subʼektlari 807tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 109,9 foizga, yaʼni 73ta subʼektga koʻpaygan.
- tashish va saqlash korxonalari 75tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 111,9 foizga, yaʼni 8ta subʼektga koʻpaygan.
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼektlari 199tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizga, yaʼni 13ta subʼektga koʻpaygan.
- axborot va aloqa xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼektlari 33tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 113,8 foizga, yaʼni 4 ta subʼektga koʻpaygan.
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼektlari 40tani tashkil qilib, oʻtgan yilning tegishli mos davriga nisbatan 100 foizni tashkil qiladi.
- boshqa turdagi tadbirkorlik subʼektlari 147tani tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108 foizga, yaʼni 11ta subʼektga koʻpaygan.
H.Haytimbetov, Amudaryo tumani statistika boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶