QIŞLOQ MAKTABIDAGI YoŞLARNING FIDOYI USTOZI
Qişloqda hamma bir-birini taniydi, heç kim begona emas. Bundan ham muhimi, birining yutuğidan biri mamnun bölib, xuddi özining quvonçiday qabul qilgani. Agar yutuq öqituvçiga tegişli bölsa, darrov öquvçilari haqida söraşadi. Buni ayni paytda oddiy qişloq öqituvçisi bölgan Rasul Madaminov umumtaʼlim maktabini tugatib, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga öqişga kirganidayoq his etgan. Ota-onasini farzandi talaba bölgani bilan tabriklagani kelgan hamqişloqlari xuddi öylaşib olişganday:
– Öğlingning ustoziga rahmat, ustozi yaxşi taʼlim bermaganida Rasuljonga institutda öqiş nasib etarmidi? – deyişgan va Rasulning ota-onasini muborakbod etişgaç, u taʼlim-tarbiya olgan 29-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçilarini uzoq duo qilişgandi. Şunda Rasuljon Madaminov öqituvçilik kasbini tanlaganidan faxrlanib, bu borada özi uçun ibrat namunasi hamda jonkuyar ustoz bölgan, 29-sonli umumtaʼlim maktabida öqituvçi bölib işlovçi otasi Örozboy oğa Madaminov hamda onasi Gulora opa Eşmurodovalar oldida ham farzand, ham şogird sifatida özini qarzdor his qilgan, farzandlarining talaba bölganini eng birinçi ota-onasiga suyunçilab, minnatdorçilik tuyğularini izhor etayotgan hamqişloqlarining samimiyligidan, quvongan, öşanda aziz xalqiga çin dildan xizmat qilişga ahd qilgandi.
Ilk pedagogik faoliyatini 2011-2012-yillarda NDPI qoşidagi sobiq 3-sonli Amudaryo akademik litseyidan boşlagan Rasuljon Madaminov keyinçalik ikki yil davomida 39-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçi-yoşlarga matematika-informatika fanidan saboq berdi. Tobora takomillaşib borayotgan taʼlim-tarbiya tizimidagi yangilanişlar, sohaga izçillik bilan tatbiq etilayotgan islohotlar, innovatsion pedtexnologiyalar yoş öqituvçini yanada köproq öqib-izlaniş, bilimini oşirişga undadi. Şu maqsadda 2014-2016-yillarda NDPIda öz yönalişi böyiça magistraturada tahsil oldi. Izlanuvçan, taşabbuskor va bilimdon pedagoglar uçun qaysi yönalişda bölişidan qatʼiy nazar, barça taʼlim maskanlarining eşiklari hamişa oçiq.
Iqtidorli öqituvçi Rasuljon Madaminov ham ayrim öqituvçi diplomiga ega mutaxassislar kabi qayerda iş örni bor ekan, deb ovora bölib yurmadi. Aksinça magistratura tahsilidan söng bir neça yil davomida 75-, 39-sonli maktablarda öquvçilarga matematika-informatika fanidan saboq berdi. Hatto tinib-tinçimas, taşabbuskor yoş öqituvçi 2018-2019-yillarda 39-sonli maktabda öquv işlari böyiça direktor örinbosari sifatida faoliyat olib bordi. Mazkur maktabda u taʼlim-tarbiya işlarini yaxşi yölga qöyiş, öquvçilarning fanlarni özlaştiriş darajasini yuksaltiriş böyiça samarali faoliyat olib bordi.
Ayni paytda 29-sonli umumtaʼlim maktabida matematika-informatika fani öqituvçisi sifatida öz pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan Rasuljon Madaminov öquvçilar bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy işlar taʼsirçanligini oşiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida matematika va informatika fanlariga qiziquvçi öquvçilar uçun matematika va “Yoş dasturçi” tögaraklarini taşkil etdi. Juda qisqa fursat içida tögarak aʼzolari orasidan fanlar olimpiadasining tuman va Respublika bosqiçlari ğolib va sovrindorlari yetişib çiqib, 11-sinf bitiruvçilarining OTMlarga öqişga kiriş, fanlar olimpiadasidagi körsatkiçlari oşdi.
Xususan, 2021-2022 öquv yilida 1 nafar, 2022-2023 öquv yilida 2 nafar, 2023-2024 öquv yilida esa 10-11-sinflardan 4 nafar öquvçisi fanlar olimpiadasining tuman hamda Respublika bosqiçlarining ğolib va sovrindorlari böldilar.
Rasuljon Madaminovning öz darslarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanişi tufayli maktab öquvçilari orasida matematika va informatika fanini mukammal özlaştirişga bölgan qiziqiş tobora ortib, darslar samaradorligiga erişilayotgani şogirdlarining kamolida ham öz aksini topmoqda. Bugungi kunda uning şogirlari orasida önlab bilimdon va taşabbuskor matematika va informatika fani öqituvçilari, OTMlar talabalari, hatto matematika-informatika fani böyiça milliy va xorijiy sertifikatiga ega iqtidorli, yoş öqituvçilar ham köp.
Rasuljon Madaminovning özi esa 2018-yilda “Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi, 2020-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan ikkinçi “Ijodkor öqituvçilar olimpiadasi”da faxrli 1-örin sohibi, 2024-yilda bölib ötgan “Amudaryo tumani hokimi olimpiadasi”ning matematika fani böyiça mutlaq ğolibi böldi. 2018-yildan beri Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi maktablarning informatika fani öqituvçilari uçun trener sifatida maşğulotlar olib borayotgani Rasuljon Madaminovning har bir maşğulotidan kasbdoşlari mamnun.
Matematika fanidan milliy, 2023-yilda xalqaro “GMAT” va informatika fanidan “Google for education” sertifikatlari sohibi, bir neça ilmiy maqola va tezislar muallifi Rasuljon Madaminovning yoş avlod taʼlim-tarbiyasi sohasiga qöşayotgan samarali hissasi soha vazirligi va davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilib, Amudaryo tuman hokimligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining faxriy yorliqlari va esdalik sovğalari bilan mukofotlandi. Öz kasbining fidoyisi, jonkuyar va taşabbuskor, izlanuvçan öqituvçi Rasuljon Madaminovning beminnat pedagogik faoliyati davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, yaqinda – Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qarori bilan “Öatan pidayisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
– Şogirdlarim turli nufuzli OTMlarga öqişga kirsalar, hamqişloqlarim ularning ota-onalaridan ham avval meni tabriklaşadi, – deydi Rasuljon mamnuniyat bilan. – Ularning quvonçiga şerik böliş öqituvçi uçun qançalik faxrli ekanligini sinfda öquvçilar bilan yillar davomida betinim şuğullangan pedagoglargina yurakdan his etadi. Hamqişloqlarim farzandlarining yutuqlarini bayram qilganlarida men ana şunday baxtga çulğanaman.
Rasuljon Madaminovning qalbida orzulari köp: 29-sonli maktabning taʼlim-tarbiya yaxşi yölga qöyilgan muassasalar qatoridan joy olişi, öquvçilarning OTMlarga öqişga kiriş darajasi böyiça yuqori natijalarga erişişini taʼminlaşga, muhimi, kasbdoşlari bilan hamjihatlikda har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazişga öz hissasini qöşiş. Ana şu ezgu niyatlar bilan u har kuni sinfga kirarkan, közlarida olamça hayratlar bilan Rasul muallimning biri-biridan qiziqarli maşğulotlarini sabrsizlik bilan kutayotgan beğubor qalblarga oşno bölib, matematika va informatika fanlarining möʼjizalari içida yaşay boşlaydi. Bu möʼjizalar olamini beğubor qalblarga singdiriş, ular qalbida öz faniga mehr, kelajakka işonç tuyğularini uyğotiş yoş öqituvçining baxtli taqdiri.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶