28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Sport 👁 509

Amudaryo tumanida sport sinovlarini namunali topshirganlar munosib taqdirlandi

Amudaryo tumanida sport sinovlarini namunali topshirganlar munosib taqdirlandi

Bugungi kunda aholi oʻrtasida sportga va jismoniy faollikka boʻlgan qiziqish har qachongidan ham ortib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi qarori asosida yurtimizda sportga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida jismoniy tayyorgarlikka oid normativlar joriy qilingan boʻlib, ushbu hujjat aholi oʻrtasida jismoniy faollikni yanada oshirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu qaror bilan 2021-yil 1-avgustdan boshlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etildi. Baholash tizimi boʻyicha sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.

Amudaryo tumanida ham 30 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholi vakillari sport sinovlaridan oʻtib, jismoniy tayyorgarlik darajasini haqida maʼlumotlarga ega boʻlmoqdalar. Yaqinda ushbu sinovlarni namunali tarzda topshirgan bir guruh amudaryolik sportsevarlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimida sport sinovlarining faol ishtirokchilariga maxsus sport formalari va birinchi, ikkinchi hamda uchinchi darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Aytish joizki, baholash tizimi boʻyicha yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi. Qolaversa, maxsus talablarni bajargan gʻoliblarga, yaʼni 1-oʻrin egalariga “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga kirish, bepul tarzda davlat tuman yoki shahar koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtish, shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi.

Shuningdek, gʻoliblarning farzandlari oʻzlari yashayotgan joydagi umumtaʼlim maktabi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi, barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etiladi. Yana bir imtiyoz – gʻoliblarning respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon, sinov, amaliy mashgʻulotlarda ustunlik beriladi, yaʼni ularga oliy taʼlim muassasalari sport yoʻnalishlaridan tashqari barcha imtihonlarda maksimal ball beriladi yoki amaliy mashgʻulotlardan ozod qilinadi.

Tadbirda bir qator nufuzli mehmonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Etnosport turlarini rivojlantirish va sport normativlarini oʻtkazish shoʻʼbasi xodimi Feruza Abduraxmonova, Toshkent shahar sport maktabi masʼullari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari Azamat Qalbayevlar ishtirok etib, gʻoliblarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlab, ularga beriladigan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.

Taʼkidlash kerakki, ushbu sport sinovlari nafaqat sport bilan muntazam shugʻullanish, balki aholi salomatligini mustahkamlash va faol hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Shuningdek, har yili tashkil qilinadigan bu tadbirlar mahallalarda sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va aholining turli yosh guruhlari orasida jismoniy faollikni ragʻbatlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Ushbu sport sinovlari shuningdek, yoshlarda iroda, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yurtimiz sharafini himoya qila oladigan, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli, Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlarni tayyorlashda ham muhim vosita boʻlishi koʻzda tutilgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026