28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:01
Fan va taʼlim 👁 393

11-SONLI MAKTABDA “EZGULIK, BILIM VA MAʼRIFATNI QUROL QILIB, JAHOLAT VA YoVUZLIK YOʻLINI TOʻSAYLIK!” ShIORI OSTIDA OTA-ONALAR IShTIROKIDA TADBIR OʻTKAZILDI

11-SONLI MAKTABDA “EZGULIK, BILIM VA MAʼRIFATNI QUROL QILIB, JAHOLAT VA YoVUZLIK YOʻLINI TOʻSAYLIK!” ShIORI OSTIDA OTA-ONALAR IShTIROKIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Bilim, yuksak maʼnaviyat va maʼrifat har qanday yovuzlikning, jaholatning yoʻlini toʻsuvchi qudratli quroldir. Shu bois, hayotini ezgu maqsadlar roʻyobi uchun bagʻishlagan, kuchli bilim va salohiyatga ega boʻlgan insonlar yovuzlikka, jaholatga tik qarashdan, bu illatlarga qarshi kurashishdan aslo qoʻrqmaydilar va ortga chekinmaydilar. Shu bois oʻsib kelayotgan yosh avlodni ezgulikka yoʻldosh va kamarbasta, yuksak maʼnaviyatli, bilimdon, aqlan va jismonan yetuk insonlar qilib tarbiyalash msaqsadida Amudaryo tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda ilmning, yuksak maʼnaviyatning bebaho ahamiyati alohida eʼtirof etildi.

“Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida 150 nafardan ziyod ota-onalar ishtirokida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini raisi Nuraddin Xolboyev, "Milliy gvardiya xodimi Islombek Yemberganov, hudud boʻyicha profilaktika inspektori Ulugʻbek Yuldashev, “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Rajabboy Habibullayevlar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari maktab musiqa toʻgaragi aʼzolari tomonidan kattalar va yoshlarni ezgulik sari ruhlantiruvchi adabiy-musiqiy dastur va koʻrgazmali chiqishlar bilan kutib olindi.

Shundan soʻng mehmonlar maktab foyesida tashkil etilgan oʻquvchilarning qoʻl mehnati bilan yaratgan ajoyib buyumlari, rang-tasvir sanʼati namunalari, oʻqishda, sportda erishgan yutuqlari haqida hikoya qiluvchi koʻrgazma bilan tanishdilar.

Tadbirni maktab direktori Ulugʻbek Mamutov ochdi va bugungi globallashuv jarayonida oila va maktab-mahalla hamkorligining ahamiyati, yosh avlod taʼlim-tarbiyasida kechiktirib boʻlmaydigan muhim masalalar, xususan, yosh avlodni milliy oʻzlikni anglash, anʼana va qadriyatlarga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash, ularning qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash borasida oilaning tutgan oʻrni muhimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodova maktab pedagogika jamoasining “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiorini oʻzida mujassam etgan ota-onalarga Murojaatini oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng maktab psixologi Dilnoza Shomurodova mazkur Murojaatning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan daʼvatkor gʻoyalar yuzasidan ota-onalar bilan psixologik trening oʻtkazdi. Tadbirda ishtirok etayotgan barcha ota-onalar treningda faol ishtirok etdi. Psixologik trening qizgʻin bahs-munozaralar, qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi.

Tadbirning adabiy-badiiy qismida maktabning “Turon” havaskorlik teatr jamoasi aʼzolari tomonidan sahnalashtirilgan “Zumrad va Qimmat” ertagi hamda “Alpomish” dostonidan parcha namoyish etildi. Shuningdek, musiqa toʻgaragi aʼzolari joʻr boʻlib kuylagan dilrabo ashulalar, ayniqsa, maromiga yetkazib ijro etilgan mashhur “Sartarosh” qoʻshigʻi tadbir ishtirokchilari tomonidan davomli qarsaklar bilan olqishlandi.

Ezgulik, tinchlik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar, raqs toʻgaragi aʼzolari tomonidan ijro etilgan oʻzbek va jahon xalqlari raqslari tadbir ishtirokchilariga zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026