28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:12
Jamiyat 👁 384

1-SONLI MAKTABDA “ONA TILIM — SEN FAXRIM, GʻURURIM” MAVZUSIDA BAYRAMONA TADBIR OʻTKAZILDI

1-SONLI MAKTABDA “ONA TILIM — SEN FAXRIM, GʻURURIM” MAVZUSIDA BAYRAMONA TADBIR OʻTKAZILDI

Til – davlat timsoli, bebaho mulki, millatning ruhi, madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odat va anʼanalari hamda turmush tarzining tarixidir. Shu bois, ona tilimizga hurmat va ehtirom – eng avvalo, millatga, ona Vatanga, tariximizga nisbatan buyuk ehtirom va eʼtibor ramzidir.

Shuning uchun ham mamlakatimizda 21-oktyabr sanasi Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – Mustaqillik sari ilk dadil qadam qoʻyilgan qutlugʻ sana sifatida qadrli. Chunki shu kuni vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ushbu sanada xalqimizning asriy orzusi ushaldi, muqaddas qadriyatlarimizdan biri boʻlgan ona tilimiz oʻzining qonuniy maqomi va himoyasiga ega boʻldi.

Mana 35-yildirki, mamlakatimizda 21-oktyabr sanasi istiqlol sari, oʻzlikni anglash sari tashlangan ilk qutlugʻ qadam – ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida bayram qilinadi. Shu kuni taʼlim-tarbiya muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari ona tilimizni sharaflovchi shiorlar bilan bezatilib, adabiyot va sheʼriyat bayramlari, kitobxonlik kechalari, adabiy-musiqiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Ona tilim – sen faxrim, gʻururim!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Maktab pedagogika jamoasi hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok etgan mazkur bayramona tadbirni maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Sanobar Murodova ochdi va barchani ona tili bayrami bilan muborakbod etdi. Shu bilan birga, Sanobar Murodova ona tilimizning yil sayin jahon hamjamiyatida oʻz mavqeiga ega boʻlib, koʻplab rivojlangan davlatlarda oʻzbek tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish tobora ortib borayotgani xususida toʻxtaldi, muhtaram Prezidentimiz eng nufuzli anjumanlarda, xususan, Birlashgan Millatlar tashkiloti minbaridan turib oʻz ona tilimizda nutq soʻzlaganlari haqida faxrlanib soʻz yuritdi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari tomonidan ona tilimizning qadr-qimmati, ona tiliga eʼtibor xususidagi “Fikrlar bekati” mushoirasi tashkil etilib, unda oʻquvchilar ona tiliga oid maqollar, bahri baytlar aytishdi. Mushoira bahsida esa oʻquvchi-yoshlar ona tilini sharaflovchi sheʼrlar aytishib, sahna koʻrinishlarini namoyish etdilar.

“Ona tilim – sen faxrim, gʻururim” deb nomlangan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir adabiy-badiiy jihatdan yuksak saviyada oʻtkazilgani bois, har bir qalbda ona tilimizdan faxrlanish tuygʻusini uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Muborak Xalillayeva, 1-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026