ASOSIY FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Mamlakatimizda barça sohalar qatori umumtaʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar ham samarali natijalar bermoqda. Har yili ötkaziladigan olimpiadalar, ayniqsa, asosiy fanlar olimpiadasi, maktab öquvçilarining bilim va qobiliyatlarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi bilimlar sinovi mamlakatning ilmli va ijodiy fikrlaydigan yoş avlodini şakllantirişga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Ayniqsa, asosiy fanlar olimpiadasi umumtaʼlim tizimidagi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Uşbu olimpiada matematika, fizika, biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, çet tili va boşqa asosiy fanlar böyiça öquvçilarning bilimlarini sinaş uçun taşkil etiladi.
Asosiy olimpiadalar tört bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiç maktablar miqyosida sentyabr oyida, ikkinçi bosqiç, yaʼni tuman va şahar bosqiçi oktyabr oyida, uçinçi bosqiç Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida noyabr oyida, törtinçi bosqiç, yaʼni respublika miqyosidagi bosqiç aprel-may oylarida ötkaziladi.
Joriy yilning 21-oktyabr sanasidan boşlab Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida ham fanlar olimpiadasiga start berilgan edi. Mazkur tadbir tumandagi 40-, 55-, 76-sonli maktablarda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida ötkazildi.
Asosiy fanlar olimpiadasi tuman bosqiçi ğoliblari va faxrli örinlar egalari 82-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan tadbirda tantanali ravişda taqdirlandilar. Tadbirda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov nutq sözlab, ğolib va faol iştirokçilarga omadlar hamda keyingi bosqiçda muvaffaqiyatlar tiladi.
Aytiş joizki, olimpiadada tumandagi 86ta maktablarning 9-11-sinflarida taʼlim olayotgan 2700ga yaqin öquvçi iştirok etgan edi. Ular orasidan eng bilimli öquvçilar asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi ğoliblari bölişdi va Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkaziladigan uçinçi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar.
Özbek tili bayrami arafasida ötkazilgan “Yilning eng yaxşi özbek tili öqituvçisi” körik-tanlovining Özbekiston Respublikasi bosqiçida tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining Ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Iqboloy Yusufova faxrli 3-örinni egallagan edi. Tadbir davomida Iqboloy Yusufovaga ham tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining diplomi va esdalik sovğalari topşirildi.
Ötkazilgan olimpiada maktablardagi taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini aniqlaşning mezoni sifatida ham xizmat qiladi. Qolaversa, bunday tadbirlar orqali öquvçilarda öz fanlariga bölgan qiziqiş ortib, bilim va tajribalarini yanada mustahkamlaş imkoniyati yaratiladi. Endilikda ğolib öquvçilar keyingi bosqiçga puxta tayyorgarlik körişni boşlaydilar.
Maʼlumot örnida, asosiy fanlar olimpiadasining uçinçi bosqiçida ğolib bölgan har bir öquvçiga pul mukofotlari beriladi. Jumladan, 1-örinni egallagan öquvçiga — bazaviy hisoblaş miqdorining 6 baravari, 2-örin sohibiga yoki sohibasiga bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravari, 3-örinni egallagan iştirokçiga esa bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdorida mukofot puli beriladi. Törtinçi bosqiçda ğolib bölgan har bir öquvçiga esa uçinçi bosqiçdagidan 2 baravar köp miqdorda mukofot puli beriladi. Qolaversa, Vazirlik tomonidan asosiy olimpiadaning törtinçi bosqiçida 1-, 2- va 3-örinlarni egallagan öquvçilarga ixtisoslik fani böyiça davlat oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi diplom beriladi.
Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi ğoliblariga keyingi bosqiçlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶