Salomatlik fariştalari – şifokorlarga
Yo ölmoq, yo qolmoq maxsus xonada,
Bir inson taqdiri hayot talaşar.
Burnida, oğzida, najot – moslama,
Oyoq va qöllarda darmon ignalar.
Yer bilan osmon ham tortişar tinmay,
Örtada bemorning ruhidir sarson.
Çeksiz böşliq sari turar, uçolmas,
Oğriq, azoblardan çarçagan inson.
Oğriqlar ummoni batamom yengdi,
Manzilga keldim, deb töxtadi yurak.
Şifokor bemorga, xitobat qildi:
“– Akajon, töxta, sen yaşaşing kerak!”
Bu xitob yaşinday közlarni oçdi,
Na iloj, yurak ham ura boşladi.
Isyonkor ruhi ham orqaga qaytdi,
Sönayotgan közga qayta nur keldi.
Bu közlar şifokor yuz-közin körmay,
Oppoq libosiga mahliyo böldi.
“Akajon”, degan söz, totli asalday,
Tana oğriqlarin qaygadir oldi.
Bemorning hayoti qayta yaraldi,
Oq libos kiyganlar unga parvona.
Tez kunda soğayib uyiga qaytdi.
Qaytadan tanişdi bu olam ila.
Nur ila işonçdir, maʼsum közlarga,
Şifokor ahlining oppoq libosi.
Bejizga emas bu, ular aslida,
Allohning yerdagi fariştalari.
Odil Şomurodov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶