28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:50
Salomatlik 👁 510

Amudaryo tumanida Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Tibbiyot inson hayotida eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. U nafaqat kasalliklarni davolash, balki inson salomatligini saqlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni erta bosqichda aniqlash orqali umumiy hayot sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Inson organizmining murakkabligi sababli tibbiyot inson hayotining har bir bosqichida muhim oʻrin tutadi. Bu sohadagi ilmiy yutuqlar va texnik rivojlanishlar insoniyatga eng murakkab kasalliklarga qarshi kurashish imkonini berib kelmoqda.

Tibbiyotning ahamiyati faqatgina shaxsiy salomatlik bilan cheklanmay, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Sogʻlom jamiyat sogʻlom insonlardan iborat boʻlib, tibbiyotning sifatli xizmatlari shu jamiyat aʼzolarining mehnatga layoqatli boʻlishi, uzoq va samarali hayot kechirishlariga yordam beradi. Shunga koʻra, tibbiyot sohasi davlat uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi.

Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan ham aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha qator yutuqlarga erishilmoqda. Tuman aholisi salkam 210 ming nafarni tashkil etib, aholining 65,9 foizi qishloqlarda, 34,1 foizi esa shaharda yashaydi. Tuman tibbiyot birlashmasi mazkur aholiga 415-oʻrinli markaziy shifoxona va 14 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali malakali tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Oilaviy poliklinikalari va oilaviy shifokorlik punktlariga biriktirilgan qishloqlar joylashgan 38 ming 680ta xonadonda yashovchi 209 ming 212 nafar aholiga  93 nafar umumiy amaliyot shifokori va 359 nafar oʻrta tibbiyot xodimi, shundan 212 nafar patronaj xamshiralari, 93 nafar amaliyotchi xamshiralar, 54 nafar tibbiy brigada doyasi tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda. 12 ming 669ta xonadonda yashovchi 71 ming 366 nafar shahar aholisiga esa koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada faoliyat yuritayotgan jami 102 nafar shifokorlar, shundan  34 nafar umumiy amaliyot shifokorlari va 183 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, shu jumladan 68 nafar patronaj hamshiralari fidoyilik bilan tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida 2024-yilning 9 oyida tuman boʻyicha 19 ming 403 nafar bemor davolangan. Xoʻjalik hisobidagi pullik servis xizmat koʻrsatish reabilitatsiya boʻlimi 36-oʻringa moʻljallangan boʻlib, 2024-yil 9 oy davomida 1 ming 248 nafar bemor davolanib, salomatligini tiklashga muvaffaq boʻlgan.

Tez tibbiy yordam xizmatiga oʻtgan 9 oy davomida jami 41 ming 951ta murojaat kelib tushgan. Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Jami 74 ming 206 nafar bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlib, 23,2 foiz bolalarda kasalliklar aniqlangan va davolash choralari koʻrilgan. Shuningdek, 9 oy mobaynida 22 ming 77 nafar bola emlangan.

Tuman boʻyicha nogironlikka ega shaxslar soni 6 ming 184 nafarni tashkil qilib, skrining tekshiruvlari orqali 17 ming 714 nafar bemorda turli kasalliklar aniqlangan. Shu jumladan, 545 nafar oʻsmir qizlarda kasalliklar aniqlanib, ular sogʻlomlashtirilgan.

Bir soʻz bilan aytganda, tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi demografik koʻrsatkichlarni yaxshilash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish yoʻnalishida samarali ishlar olib bormoqda. Bu esa koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yanada takomillashtirilishi, aholi salomatligini yanada yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Mana shunday fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari har qancha eʼtibor va eʼzozga loyiq. Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan kasb bayramlarida ularga alohida hermat-ehtirom koʻrsatilib, xizmatlari eʼtirof etiladi. Joriy yilgi tibbiyot xodimlari kasb bayrami Amudaryo tumanida ham keng nishonlandi.

Sana munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda sektorlar rahbarlari, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tibbiyot xodimlarining sharafli va mashaqqatli faoliyatida doimo omad yor boʻlishini tiladilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda tibbiyot sohasiga davlat tomonidan juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sogʻliqni saqlash tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash va ularni jahon standartlari darajasiga olib chiqishdan iboratdir.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda zamonaviy tibbiyot markazlari va klinikalar qurilishi tezlashdi. Xususan, joylardagi shifoxona va poliklinikalar ham eng yangi tibbiy uskunalar bilan taʼminlanmoqda. Bu esa aholiga oʻz hududlaridan uzoqlashmay turib, yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.

 

Bundan tashqari, mamlakatimizda tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlashga ham katta eʼtibor qaratmoqda. Tibbiyot universitetlari va ixtisoslashtirilgan institutlar rivojlantirilib, ularda zamonaviy oʻquv dasturlari asosida shifokorlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda oʻqish va malaka oshirish dasturlari tashkil etilgan. Bu esa mahalliy shifokorlarning ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ularni oʻz amaliyotida qoʻllash imkoniyatini beradi.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat dasturlari doirasida Oʻzbekistonda ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish, turli kasalliklarning profilaktikasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, bolalarni yoshligidan skrining tekshiruvlari, emlash va profilaktik koʻriklardan oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa kelajakdagi salomatlik muammolarini barvaqt aniqlash va oldini olish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, tibbiyot har bir insonning sifatli hayot kechirishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan davlat eʼtibori aholi salomatligini yaxshilashga, kasalliklardan himoyalanishga va uzoq umr koʻrishga xizmat qiladi.

Bayram munosabati bilan tashkil qilingan tadbir soʻngida tuman tibbiyot sohasining fidoyi jonkuyarlari faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Madaniyat boʻlimi xonandalarining dilrabo kuy-qoʻshiqlari davraga fayz kiritdi.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimizdagi barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, xalq salomatligini saqlashdek sharafli ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026