18-noyabr – Özbekiston Davlat bayroği qabul qilingan kun
Davlat ramzlari hamişa muqaddas va ardoqli sanaladi. Boisi ularda sevikli Vatanning surati, mehru tarovati, xalqning mardonavor ötmişi, bugungi fidokorligi va istiqboli baralla namoyon böladi. Ulardan biri Özbekiston Respublikasi 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Davlat bayroğidir.
Bayroğimizdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxşilik, donişmandlik, halollik, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayroğining rangi ham moviy rangda edi.
Oq rang esa muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritgiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Oq rang – poklik, beğuborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, içki gözallikka intilişning timsoli.
Yaşil rang – tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodmonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil çiziqlar bölsa vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Yulduzlar barça uçun ruhiy, ilohiy timsol sanalgan. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğidagi ön ikki yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning ön ikki yulduzga bölgan eʼtiborimiz Özbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayroğimizdagi ön ikki yulduz tasvirini özbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, öz tuproğida saodatga intilişi ramzi sifatida tuşuniş lozim.
Davlatimiz bayroği milliy-madaniy anʼanalarimizni özida töliq mujassamlaştirgan. “Özbekiston Respublikasining davlat bayroği töğrisida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrida qabul qilinganidan söng, unga 1999, 2005, 2010, 2019, 2023-yillarda ayrim özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Mazkur özgartiriş va qöşimçalarning mohiyati xususida töxtaladigan bölsak, avvalambor davlat bayroğining doimiy ravişda aynan qanday binolarda, qanday idoralarning majlislar zallarida, qanday mansabdor şaxslarning xizmat xonalarida, qonun hujjatlari bilan belgilangan bayramlar, saylov va referendum kunlarida qayerlarda, qanday marosimlar paytida kötarilişi aniq va batafsil belgilab berilgan.
Jumladan, "Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida"gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi Qonun Prezident tomonidan 2023-yil 8-iyulda imzolangan qonunga köra, Davlat bayroğidan foydalanilişi mumkin bölgan holatlar kengaytirildi, Jumladan bayroq va uning tasviri tuşirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yaşaş yoki iş joylarida, transport salonida; bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nişonlaşda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatçilar dafn marosimlarida;xalqaro sport musobaqalari hamda Özbekiston çempionatlari uçun sport kiyimlarini tayyorlaş uçun bayroqning tasviri tuşirilgan belgilardan foydalaniş mumkin.
Ayni kunlarda bayroğimiz qabul qilinganligining 33 yilligi yurtimiz böylab keng tantana qilinyapti.
“Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonunning 2-3-moddasida bayroğimiz mamlakatimiz suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasining timsoli bölişi eʼtirof etilgan. Hozir u jahonning turli nuqtalarida mağrur hilpirab turibdi. Ayniqsa, sport arenalarida, milliy terma jamoalarimizning iştirokidagi xalqaro sport musobaqalarini ötkaziş vaqtida hamda nufuzli bellaşuvlarda yurtimiz sportçilari ğoliblik şohsupasida turganida bayroğimizning baland kötarilişi qalbimizga faxr-iftixor tuyğularini baxş etadi, könglimizni toğdek kötaradi.
Bayroğimiz jonajon ölkamiz dunyoda xalqaro hamjamiyatning tenglar içra teng aʼzosi ekanligini anglatadi va özida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlaştiradi.
Demakki, bayroğimiz bizning ğurur, iftixorimizdir. Uni eʼzozlaş esa fuqarolarda özining qadr-qimmatiga, öz mamlakatiga va şaxsiga bölgan işonçni yanada mustahkamlaydi.
Bayroğimizda yurtimizning, xalqimizning obrö-nufuzi yuksakligidan dalolat beruvçi ramziy timsollar mujassam. Şunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamişa eʼzozlaylik va boşimiz uzra baland kötaraylik!
Ona yurtimizdagi tinçlik va osudalik heç qaçon bizni tark etmasin, bayroğimiz baland-balandlarda Özbekiston deb atalmiş jannatmakon yurt şaʼni, şonu şavkatidan darak berib hilpirayversin!
Islombek Matkarimov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani bölinmasi rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶