Ovqatdan zaharlaniş – botulizm kasalligi böyiça maxsus amaliy-taktik öquv maşğuloti ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Raisi – Fuqaro muhofazasi boşliğining 2024-yil 24-yanvar kungi “Respublika aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş böyiça 2024-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2025-yildagi vazifalar töğrisida”gi tegişli buyruğiga asosan Amudaryo tumanida amaliy-taktik öquv maşqi ötkazildi.
19-noyabr kuni “Oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanişlar bilan boğliq kasalliklarning oldini olişda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzilmasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida taşkil etilgan mazkur tadbir avvalida tumandagi 38-sonli maktabning majlislar zalida seminar taşkil etildi.
Seminarni Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tezkor bölinmasi boşliği, kapitan Axan Utebayev oçdi va kun tartibidagi masala yuzasidan batafsil maʼlumotlar berdi.
Seminar davomida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi sanitariya vraçi Darmonjon Boltaboyeva va bölim mudiri Gulşod Tajiboyevalar botulizm kasalligining kelib çiqiş sabablari hamda belgilari, uni davolaş usullari töğrisida seminar iştirokçilariga zarur tuşunçalar berdilar.
Şuningdek, yil davomida ovqatdan zaharlaniş holatidan şikoyat qilgan bemorlar orasida voyaga yetmagan yoş ösmirlar köpçilikni taşkil qilişi, bozorlardagi konserva mahsulotlarini xarid qilişda saqlaniş muddati ötgan-ötmaganligini tekşiriş, uyda qölbola usulda pomidor va bodringlardan banka yopişda sanitariya qoidalari va ozodalikka rioya qiliş, ularni isteʼmol qilişdan oldin suvi, taʼmi va hidi özgarmaganligiga asosiy eʼtiborni qaratiş, özgargan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik töğrisida hayotiy misollar orqali maʼlumotlar taqdim etilib, öquv maşqi iştirokçilariga mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.
Öquv maşqining amaliy qismida tuman Tez tibbiy yordam bölimiga Böston mahallasining Gulzor köçasida joylaşgan uylardan biridan şartli çaqiruv kelib tuşdi. Şifokorlar öz uyida qölbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlarni isteʼmol qilgan oila aʼzolaridan birining soğligi yomonlaşgani sababli şartli bemorni botulizm kasalligiga çalingan deb gumon qilib, tuman Tibbiyot birlaşmasiga olib ketişdi. Söngra öquv maşqi iştirokçilari şartli bemorga tibbiy muolaja qiliş jarayoni bilan yaqindan tanişib, amaliy körsatmalar oldilar.
Öquv maşqi davomida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari voqea joyini örganişdi va qölbola usulda tayyorlangan konserva mahsulotlaridan namunalar olib, laboratoriyada tekşirişdi. Şundan söng Böston mahallasi hududidagi xonadonlarda yaşovçi aholi iştirokida profilaktik suhbatlar ötkazilib, botulizm kasalligidan saqlaniş yuzasidan eslatmalar tarqatildi.
Öquv maşqiga jami 60 nafarga yaqin aholi, 4 ta maxsus texnikalar jalb qilindi. Ötkazilgan tadbir natijalariga köra, fuqaro muhofazasi guruhlarining holati favqulodda vaziyatlarga “çeklangan tayyor”, deb baholandi.
Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶