28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Qishloq xoʻjaligi 👁 425

AHILLIK VA HAMJIHATLIK SAMARASI

AHILLIK VA HAMJIHATLIK SAMARASI

Haqiqiy dehqon uchun yilning toʻrt fasli ham ish faslidir. Yil boʻyi fidoyi mehnat qilib, yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib olgan dehqon izgʻirinli qish kunlari boshlanmasidan avval hosildan boʻshagan yerlarni shudgorlash, shoʻr yuvishga tayyorlash, hududidagi ariq-zovurlarni turli xas-xashaklardan tozalash, dala yoʻllari boʻylarini va ekinzorlar chetlarini obodonlashtirib, kuzgi koʻchat ekish mavsumini koʻngildagiday oʻtkazish taraddudiga tushadi.

Amudaryo tumanining Bogʻ mahallasi hududidagi “Qadamboy Poʻlat” fermer xoʻjaligi raisi Mansur Tojimov ham “mavsumni yaxshi yakunladik, bu yogʻi qish, endi bemalol dam olsak boʻladi” qabilida ish yurituvchi baʼzi fermerlardan farqli oʻlaroq dam olishga aslo shoshilmaydi. Yakunlanayotgan qishloq xoʻjalik yilida paxta va gʻalladan moʻl hosil yetishtirgan fermer xoʻjaligi pudratchi-dehqonlari kelgusi yil hosili uchun yerlarni tayyorlash ishlarini allaqachon boshlab yuborishgan. Axir fermerning ham, pudratchi-dehqonlarning ham asosiy daromad manbai shu yerdan boʻlganidan keyin, kelgusi qishloq xoʻjaligi yiliga qancha erta va puxta tayyorgarlik koʻrilsa, daromad ham shuncha yaxshi boʻlishi barchaga ayon.

Xoʻjalik aʼzolarining ahillikda, hamjihatlik bilan qilgan fidoyi va halol mehnatlari evaziga joriy yilgi dehqonchilik mavsumini muvaffaqiyatli yakunlashdi. Erta bahorda 36 gektar yerga ekilgan chigitning bir tekis unib chiqqani va oʻz vaqtida qilingan agrotexnik tadbirlar natijasini berdi. Xoʻjalik paxtakorlari tumanda birinchilardan boʻlib kontraktatsiya shartnomasi shartlarini ado etdilar. Qabul maskanlariga shartnomadagi 68 tonna oʻrniga 78 tonna paxta topshirildi. Yetishtirilgan hosilning asosiy qismi yuqori navlarga sotilgani tufayli xoʻjalik dehqonlarining moddiy manfaatdorligi oshdi. Faqat paxtaning oʻzidan 200 million soʻm sof daromad olindi.

Bundan tashqari, joriy yilda xoʻjalikning 14 gektar maydonidagi kuzgi bugʻdoy hosili ham moʻl boʻldi. Jami 105 tonnalik bugʻdoy xirmoni buyod etilib, hosilning 45 tonnasi kontraktatsiya shartnomasiga koʻra klasterga korxonasiga topshirilib, qolgan 60 tonnasi xoʻjalik ixtiyorida qoldi. Bu esa pudratchi-dehqonlar hamda mexanizatorlarning oilalari dasturxonlari toʻkin boʻlishini taʼminladi.

Ayni paytda esa xoʻjalik pudratchilari kelgusi yil hosili uchun ekilgan 14 gektar maydondagi kuzgi bugʻdoyzorlarda kech kuzgi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishmoqdalar. Ishchilar “Alekseyevich” navli urugʻ ekilgan va bir tekis unib chiqqan dalalarni mahalliy oʻgʻit bilan toʻyintirish, dala chetlarini obodonlashtirish va ariqlar boʻylariga mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish ishlarini sifatli tarzda amalga oshirishmoqdalar.

– Xoʻjaligimiz yerlari 26 nafar pudratchiga boʻlib berilgan, – deydi “Qadamboy Poʻlat” fermer xoʻjaligi rahbari Mansur Tojimov. – Pudratchilarimizning barchasi dehqonchilik ilmini yaxshi bilishadi. Ayniqsa, bahorgi va yozgi gʻoʻza parvarishi davridagi ishlarni oʻz vaqtida bajarishganlari tufayli har yili kuzgi hosil yigʻish mavsumini koʻngildagiday yakunlaymiz.

Haqiqatdan ham fermer xoʻjaligi aʼzolari barcha yumushlarni yakdil, hamjihat va hamkorlikda bajarishga odatlanishgan. Oddiy pudratchidan tortib, mexanizatorlar va xoʻjalik rahbarigacha hammaning oʻz bajaradigan vazifasi bor. Ayni kunlarda esa xoʻjalik yerlari gʻoʻzapoyalardan tozalanib, kuzgi shudgorlash ishlaridan keyin shoʻr yuvish jarayoniga puxta hozirlik koʻrib qoʻyildi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026