VII çaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 2-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 6-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida VII çaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi 2-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada deputatlar, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, tegişli taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Sessiyani “3-Döstlik” saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov oçib berdi. Sessiya kotibligiga “1-Navoiy” saylov okrugidan deputat Gulşod Yusupova saylandi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşi Raisini saylaş töğrisida bölib, Özbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonuni hamda siyosiy partiya guruhlarining Qöşma yiğilişi taklifi asosida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Raisi lavozimiga 20-Tölqin saylov okrugidan deputat Xojametov Sabir Jabbarberganoviç nomzodi taklif qilindi hamda deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Şundan söng sessiyani Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Raisi Sabir Xojametov boşqarib bordi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Raisi örinbosarini va kotibiyati mudirini tayinlaş töğrisida”gi masala muhokamasida tuman Kengaşi Raisi örinbosari lavozimiga “3-Döstlik” saylov okrugidan deputat Kazakov Madamin Rajapoviç nomzodi hamda tuman Kengaşi kotibiyati mudiri lavozimiga “16-Kuyuk köpir” saylov okrugidan deputat Örazbayev Mansur Axmadjanoviç nomzodi taklif qilindi va deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Mahalliy byudjetning 2024-yil davomida elektron savdo maydonçasida yer uçastkalariga bölgan huquqlarni sotişdan tuşgan mablağlar hisobidan ajratiladigan mablağlar töğrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari Fahriddin Yusupov hisobot berdi. Hisobot deputatlar tomonidan maʼqullandi hamda tegişli qaror qabul qilindi.
Deputatlar “Kengaş doimiy komissiyalarini tuziş va şaxsiy tarkibini tasdiqlaş töğrisida”gi masalani ham muhokama qildilar. Uşbu masala yuzasidan “6-Böston” saylov okrugidan deputat Maxsud Sadullayev axborot berdi. Qayd etilganidek, qonunçilikda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining Reglamentiga asosan Kengaş sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda körib çiqiş va tayyorlaş hamda vakolatlari doirasida nazorat örnatiş maqsadida Kengaş öz vakolati muddatiga doimiy komissiyalar tuzişi belgilangan. Kengaş qarori bilan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 5 ta doimiy komissiyalari tuzilib, deputatlar mutaxassisliklaridan kelib çiqqan holda tegişli komissiyalarga biriktirildi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça muhokama etildi, deputatlar har bir masalalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol muhokamalar va savol-javoblardan keyin har bir masala böyiça xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi. Şu bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶