67-sonli maktabda bölib ötgan bayram tadbiridan taassurotlar
Heç kim sizning hayotingizga daxl qila olmaydi, haq-huquqlaringizni poymol qilib, sizga zöravonlik qilişga heç kimning haqqi yöq. Har kim öz qilgan işi uçun özi javob beradi, birovning qilmişi uçun birov tovon tölamaydi... Çunki biz qonun ustuvor bölgan jamiyatda yaşayapmiz. Çunki bizda har qadamda, har nafasda haq-huquqlarimizni himoya qiladigan, “Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib çiqişi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deya eʼtirof etilgan Konstitutsiya bor! Ha, Konstitutsiya ana şunday muhim hujjat.
Har yili qomusimiz qabul qilingan sana munosabati bilan yurtimizdagi barça taʼlim maskanlarida, idora va taşkilotlarda, maktablarda turli xil tadbirlar, bayram keçalari ötkaziladi. Albatta bunday tadbirlarning maqsadi yoş avlodga, fuqarolarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini anglatiş, undagi har bir moddaning jamiyat va insonlar hayotida tutgan örnini uqtiriş, ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga qonun ustuvorligi, adolat, huquq kabi keng tuşunçalarni singdiriş va ularning huquqiy savodxonligini oşirişdan iborat.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi farmoyişi ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 67-sonli maktabda bayram tadbiri ötkazildi.
Tadbirda maktab öqituvçilari hamda öquvçilari qatnaşdi. Dastlab, tadbirni maktab direktori Hamro Tursunboyev kiriş sözi bilan oçib berdi va barça öqituvçilar va öquvçilarni Boş qomusimiz bölgan Konstitutsiyamizning 32 yilligi bilan muborakbod etdi. Yuraklarni faxr va iftixor tuyğulariga töldirib Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi. Yiğilganlar qöllarini köksida tutib, bugungi dorilamon kunlarga şukronalar aytişdi.
Tadbirda maktabning huquq fani öqituvçisi Oybek Boltaboyev sözga çiqib, öquvçilarni bayram bilan tabrikladi, Konstitutsiya va qonunlarning hayotimizda tutgan ahamiyati töğrisida söz yuritdi.
Şundan söng, tadbir davomida öquvçilarning huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oid bir qança maʼlumotlar berib ötildi. Öquvçilar Boş qomusimizdan örin olgan moddalarning ayrimlariga töxtalib, ularni tengdoşlariga yoddan aytib berişdi.
Şundan keyin, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Maktab öquvçilari ijrosida dilrabo qöşiqlar yangradi. Öquvçi qizlar Konstitutsiya haqidagi yod olgan şeʼrlarini aytib berdilar.
Tadbir söngida 67-sonli maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari örtasida “Husnixat ham bir sanʼat” mavzusida ötkazilgan körik tanlovning ğoliblari aniqlandi va tanlovda qatnaşib, ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilarga faxriy yorliqlar topşirildi, sovğa tariqasida öquvçilarga badiiy kitoblar taqdim etildi.
Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş ğoyasi davlatimizning butun içki va taşqi siyosatining tamal toşiga, Yangi Özbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim harakatlantiruvçi kuçiga hamda uşbu ezgu saʼy-harakatlarni özaro boğlab turuvçi muhim omilga aylandi. Şunday ekan, Boş qomusimizdan joy olgan moddalarning mohiyatini anglaş, haq-huquqlarimizni bilişimiz va amalda ularni qöllay olişimizda huquqiy ong va huquqiy savodxonlikning ahamiyati katta. Şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, ötkaziladigan bu kabi tadbirlar öquvçilar uçun ham, jamoatçilik uçun ham birday ahamiyatlidir.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶