28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:32
Siyosat 👁 577

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining uchinchi sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining uchinchi sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 12-dekabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 3-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “2-Boyovul” saylov okrugidan deputat Xonimjon Rajabovani saylash toʻgʻrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Kun tartibidagi “Suv resurslarini samarali boshqarish, suvni yoʻqotish miqdorini kamaytirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Amudaryo tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi Shukurullo Yusupov hisobot berdi.

Hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 7-noyabr kuni qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish boʻyicha belgilab berilgan topshiriqlarni ijro qilish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Xususan, tumanda jami 296,65 km uzunlikda xoʻjaliklararo kanallar, 1342 km ichki xoʻjalik kanallari mavjud boʻlib, suv resurslaridan oqilona foydalanish, kanallarda suv yoʻqolishini kamaytirish maqsadida 2024-2025-yil kuz-qish davrida jami 190 km, shundan 40 km xoʻjaliklararo kanallarni betonlash hamda fermer va klasterlarning 150 km ichki kanallarini betonlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2025-yilda tumanda 48,1 km xoʻjaliklararo kanallarni tozalash hamda 335,5 km ichki kanallarni tozalash koʻzda tutilgan. 2025-yil hosili uchun jami 2010 gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha samarali ishlar rejalashtirilgan boʻlib, shundan 550 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish, 200 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, 60 gektar maydonda diskretli sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, 960 ga maydonga egiluvchan quvurlar orqali, 240 ga maydonga egatga plyonka toʻshab sugʻorish orqali suvni resurslarini tejash koʻzda tutilmoqda.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Fermer xoʻjaliklari ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, ularning ekin yer maydonlarini maqbullashtirishda huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Qudrat Abduxalikov hisobot berdi.

Hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-apreldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi sohasini samarali rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi, deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining uchinchi sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026