28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:29
Jamiyat 👁 442

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Amudaryo tumanida boʻldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Amudaryo tumanida boʻldi

Bugun Yangi Oʻzbekistonda jamiyatdagi mavjud har bir soha va ana shu sohadagi har qanday kamchilik yoki yutuq doimiy eʼtiborda va nazoratda. Boisi, har qanday sohada erishilayotgan yutuq eʼtirof etilsa, sohaning kelgusidagi istiqboliga xizmat qiladi. Kamchiliklarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va muammolarga barham berish esa kechiktirib boʻlmas vazifa sanaladi. Zero, bugun “galstukni yechib, oyoqqa suv etikni kiyadigan vaqt keldi...”

Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Amudaryo tumanida boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va mavjud muammolarni oʻrgandi.

Dastlab, ishchi guruh aʼzolari Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani boʻlimi hamda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimining Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari ishtirokida yoʻl harakati qoidalarini buzib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilgan va tayinlangan jarimalarni toʻlashdan boʻyin tovlab yurgan avtotransport vositalari haydovchilarini aniqlash boʻyicha reyd tadbirlarini amalga oshirishdi.

Darhaqiqat, harakat qatnashchisiga aylanar ekanmiz, xoh ulovda boʻlaylik, xoh piyoda barcha birdek yoʻl harakati qoidalariga amal qilishga majburmiz. Sababi birgina beparvolik natijasida butun boshli inson taqdiri oʻzgarishi mumkin. Qoidalarni chetlab oʻtish esa albatta yaxshilikka olib kelmasligi aniq. Huquqbuzarlik natijasida tayinlangan jarimani toʻlashdan boʻyin tovlash esa nafaqat huquqbuzarning oʻziga, balki jamiyatga ham salbiy taʼsirini tekizishi mumkin. Sababi, maʼlum muddatdan keyin jarimani toʻlashning chegirmali muddati oʻtib, majburiy undirishga qaratilishi natijasida qoʻshimcha toʻlov hisoblanishi huquqbuzarning oʻziga moliyaviy zarar keltirsa, ushbu toʻlanajak jarima hisobidan shakllanadigan byudjetdan aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy yordam koʻrsatish ham kechikishi mumkin. Shu sababli masʼullar ushbu masala boʻyicha haydovchilar bilan tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bordilar.

Shundan soʻng, ishchi guruh aʼzolari Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, fermer va dehqon xoʻjaliklarida yerdan samarali foydalanish holati, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishib, fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib bordilar.

Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Dehqonlarimiz yetishtirayotgan meva-sabzavot va poliz ekinlari, chorvadorlar va parrandachilar, baliqchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkor va fermerlar tomonidan yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmining ortishi bozorlarda narx-navo barqarorligining muhim omilidir. Shu sababli ishchi guruh aʼzolari tomorqachilar, dehqon va fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan uchrashib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida uchrayotgan muammolarini oʻrgandilar va ularni hal qilish boʻyicha choralar beligilab oldilar.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari tuman hokimligi binosida ovul va mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, tijorat banklari masʼullari bilan ham uchrashdilar.

Uchrashuvlarda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash orqali doimiy daromad manbalarini yaratish, ayollar va yoshlarni ish bilan taʼminlash, oilaviy tadbirkorlik, hunarmadchilik va tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish, oʻzini-oʻzi band qilganlar sonini koʻpaytirib, yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, bu maqsadlar uchun kreditlar va subsidiyalar ajratish masalalarida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama markazida boʻldi. Qolaversa, tijorat banklari tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga kreditlar ajratish, kreditlardan maqsadli foydalanish jarayonini monitoring qilish, muammoli kreditlarni aniqlab, ularning undirilishini taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi.

Shundan soʻng, ishchi guruh aʼzolari joylarga chiqib, yoshlarning muammolari bilan yaqindan tanishdilar. Yoshlar bilan uyma-uy yurib oʻtkazilgan suhbatlar davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, muammolarni hal qilish boʻyicha tegishli choralar belgilandi. Uchrashuvlarda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning doimiy daromadga ega boʻlishiga imkoniyat yaratish maqsadida tadbirkorlikka keng jalb qilish, kasb-hunarga oʻrgatish, oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida subsidiya hisobidan ish qurollari, texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar oʻrganildi. Bu borada yechimini kutayotgan muammolar tahlil qilinib, tegishli choralar belgilandi.

Ishchi guruh aʼzolari Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimi binosida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazib, pensiya tayinlashda uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish, bu boʻyicha aholining murojaatlarini oʻrganish va unga oʻz vaqtida ijobiy yechim topish, sohada samaradorlikni yaxshilash, korruptsiyaning oldini olish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganib, bu borada uchrayotgan kamchiliklarni hal qilish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berdi.

Mamlakatimizda amalda boʻlgan “Davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil davlat boshqaruvidagi eng asosiy demokratik va insonparvarlik printsiplaridan biridir. Bu tamoyilning mazmun-mohiyati shundaki, davlat organlari va ularning xodimlari xalqning manfaatlari, huquqlari va qonuniy talablarini taʼminlash uchun ishlashi, ularga xizmat qilishda ochiq va masʼuliyatli boʻlishi shart. Ushbu tamoyilning amaldagi ijrosi davlat organlari faoliyatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish, fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada kuchaytirish va xalq hamda davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil boʻlmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar ham davlat boshqaruvi tizimida xalq manfaatlarini ustuvor qilib, xalqimizga yanada adolatli, sifatli va samarali xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishdek xayrli maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026