28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:20
Madaniyat 👁 1,080

AMUDARYoLIK MADANIYaT VA SANʼAT FIDOYISI

AMUDARYoLIK MADANIYaT VA SANʼAT FIDOYISI

Insonning shaxs sifatida shakllanishida u mehnat qiladigan jamoaning, kasbdoshlarining oʻrni muhim ahamiyatga ega. Boisi, u kundalik mehnat jarayonida erishadigan yutuqlari, oʻz faoliyati davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklarining eng birinchi guvohlari ham, tahrirchilari ham ana shu jamoa aʼzolari va hamkasblardir. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Amudaryo tumani Madaniyat markazining madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha mutaxassisi Nasibaxon Yeshchanova nihoyatda qaynoq mehnat jarayonida, ahil va inoq, biri-biridan fidoyi hamkasblar davrasida shakllandi.

Hayotdan oʻz oʻrnini topish, oʻzi mehnat qilayotgan jamoa ishonchini qozonish, qalbidagi orzularini amalga oshirish maqsadida oʻzini ayamay mehnat qildi. Tanlagan yoʻnalishi ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgani bois, oʻqib-izlanishdan, bilmaganini ustozlaridan soʻrab, oʻrganishdan aslo charchamadi. U qayerda, qanday vazifada ishlamasin, oʻzbek xalq ashulalari tarixi, sohirnafas sanʼatkorlarning ijro yoʻllarini qunt bilan oʻrgandi. Oʻzbekiston va Ozarboyjon xalq artisti Nasiba Abdullayevaning ijodiga cheksiz mehr va hurmati tufayli ana shu xalq hofizasi aytgan qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etib, hali maktab oʻquvchisi paytidanoq “tilga tushdi”. Nafaqat oʻzi istiqomat qiladigan qishloqda, balki tuman miqyosida oʻtkaziladigan davlat tadbirlarida jarangdor va shirali ovozi bilan Nasiba Yeshchanova boʻlib tanildi. Tuman miqyosida sanʼat yoʻnalishida boʻlib oʻtadigan turli koʻrik-tanlovlar, bayram kontsertlari uning ishtirokisiz oʻtmaydigan boʻldi.

Alohida qobiliyat va iqtidor egalari, ayniqsa, sanʼat sohasida hamisha qadrlanadi. Nukus madaniyat texnikumini klub ishlari boʻyicha rejissyor mutaxassisligi boʻyicha tamomlab, ilk mehnat faoliyatini 1988-1994-yillarda sobiq Zarbdor xoʻjaligida oddiy ishchi boʻlib ishlashdan boshlagan Nasibaxon hayotining 37-yilini sanʼat sohasiga oid orzulari ogʻushida oʻtkazgan boʻlsa, ne ajab! Xoh Mangʻit xoʻjaligi ishchilari orasida boʻlsin, xoh amudaryolik sanʼatkorlar davrasida, oʻzining dillarni maftun etib, tinglovchilarga zavq bagʻishlaydigan ashulalari bilan keng jamoatchilik eʼtiborini qozondi. 1994-yilda Amudaryo tumanidagi sobiq 13-sonli kasb-hunar texnika bilim yurti rahbariyatining taklifiga koʻra, mazkur taʼlim muassasasida badiiy havaskorlik yoʻnalishi boʻyicha rahbar sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan Nasibaxon Yeshchanova to hozirgi kungacha oʻzi sevgan sanʼat olamidan bir kun ham ayro tushmadi. Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan qanday ishga yoʻllanma berilsa, barchasini sidqidildan, alohida mehr-muhabbat bilan ado etishga odatlandi.

Amudaryoliklar juda yaxshi bilishadi: mustaqillik yillarida tumanda boʻlib oʻtadigan Navroʻz — umumxalq bayrami, Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan bayram tadbirlari xalqimiz tomonidan nihoyatda jozibali, goʻzal taassurotlarga boy tarzda nishonlanadi. Mazkur bayramlar oʻtkaziladigan Mangʻit Istirohat bogʻi va Markaziy oʻyingohning bezatilishidan tortib, har bir sanʼatkorning chiqishi-yu sheʼriy va nasriy taʼrif-tavsiflargacha — barchasi Nasibaxon Yeshchanovaning ijod mahsuli, u yaratgan bayram stsenariysi asosida amalga oshirilishini inobatga olsak, xalqqa manzur ijod qilish uchun uning qanchalar fidoyilik bilan mehnat qilganini anglash qiyin emas.     

Nasibaxonning milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash, millatlararo totuvlikni taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni mentalitetimizga yot mafkuraviy gʻoyalar taʼsiridan asrab-avaylash, sanʼatsevar yoshlarning iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni katta sahnalarga olib chiqish, tumanning olis qishloqlari hududidagi qobiliyatli. sanʼatsevar yoshlar bilan ishlashish borasida amalga oshirayotgan ishlarining oʻzi alohida mavzu. U deyarli har yili turli bayram sanalari munosabati bilan tuman miqyosida, hududlarda oʻtkaziladigan adabiy-musiqiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uchun biri-birini takrorlamaydigan stsenariylar ijod etibgina qolmay, mazkur tadbirlarning muvaffaqiyatli oʻtishida hamkasblari bilan bab-baravar mehnat qiladi. Bevosita Nasibaxonning ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar esa oʻzining badiiy va maʼrifiy jihatdan yetukligi, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turadi.

Nasibaxonning qalbida ona Vatanga muhabbat tuygʻulari bilan sidqidildan qilgan mehnatlari, turli koʻrik- tanlovlarda erishgan yutuqlari behisob. Amudaryo tumani hokimligi tomonidan deyarli har bir bayram tadbirini tashkillashtirishdagi alohida xizmatlari uchun bildirilgan tashakkurnomalar, Faxriy yorliqlar, Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi kabi yuqori tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan Faxriy yorliqlar, qimmatbaho esdalik sovgʻalari, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishoni uning beminnat va fidoyi mehnatlariga davlatimiz tomonidan koʻrsatilgan hurmat va ehtirom ifodasidir.

Yangi 2025-yilning ilk haftasi Nasibaxon uchun yana bir xushxabar bilan boshlandi. Uning mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek madaniyati va sanʼatining obroʻ-eʼtiborini xalqaro miqyosda yanada oshirish, shuningdek, alohida qobiliyatli yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash borasida fidoyilik namunalarini koʻrsatib, yuqori natijalarga erishayotgani alohida eʼtirof etilib, Oʻzbekiston Madaniyat Vazirligi tomonidan “Madaniyat va sanʼat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

– Ijod ahlini maʼnaviy ragʻbat har qanday moddiyatlardan ham kuchliroq ruhlantiradi, – deydi Nasibaxon. — Bu mukofot mening ijodimda yorqin sahifalar ochishiga ishonaman. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qoʻlidan mukofotni qabul qilayotgan lahzalardayoq shuurimda yangi, goʻzal gʻoyalar uygʻonganini his qildim. Qanday ezgu ish qilsam ham men uni xalqimiz zakosi tufayli yaratilgan buyuk va betakror maʼnaviy merosimiz mezonlaridan olaman va zamonaviy qadriyatlar omuxtaligida yana xalqimga qaytaraman. Biz, sanʼat va madaniyat ahli xalqdan ayro hech kim emasmiz. Maqsadim — hamisha aziz xalqimizga manzur xizmat qilish.

 Nasibaxon Yeshchanova oʻzi istaganiday, deyarli har kuni xalq orasida, yoshlar davrasida. Amudaryo tumanidan Oʻzbekistonning turli hududlariga uchirma boʻlib, oʻz sanʼatlari bilan xalqqa xizmat qilayotgan shogirdlari bilan muloqot qilish, ularga zarur paytda maslahatgoʻy, erishayotgan yutuqlaridan mamnun boʻlib yashash esa unga ilhom va maʼnaviy kuch bagʻishlaydi. Ana shu maʼnaviy kuch uni yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga undayveradi.

 Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026