28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:01
Iqtisodiyot 👁 707

Soliq organlari xodimlarining samarali faoliyati mahallalarga iqtisodiy va ijtimoiy naf keltirmoqda

Soliq organlari xodimlarining samarali faoliyati mahallalarga iqtisodiy va ijtimoiy naf keltirmoqda

Soliq tizimi har bir davlatning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat byudjetining asosiy manbasi sifatida soliq tushumlari ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolar farovonligini taʼminlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Mamlakatimizda soliq tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Davlat rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahalla yettiligi” va soliq organlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik soliq yigʻimlarining samaradorligini oshirishga yordam beryapti.

Amudaryo tumanida ham soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratish, aholi bandligini taʼminlash va “Mahalla yettilik”lari bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshmoqda. 2024-yil davomida bu borada amalga oshirilgan saʼy-harakatlar tumanning iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlarining sezilarli darajada yaxshilanishiga zamin yaratdi.

Yil boshida soliq tushumlari prognozi 49 milliard 299 million soʻmni tashkil etgan boʻlsa, yil yakuniga kelib 49,6 milliard soʻmlik soliq tushumlari taʼminlandi. Yaʼni, prognoz koʻrsatkichlari 0,3 mlrd. soʻm ortigʻi bilan – 100,4 foizga bajarildi.

Bu – soliq tizimining modernizatsiyasi, mahalla tizimi va soliq organlari oʻrtasidagi samarali hamkorlikning natijasidir. 

Bundan tashqari, 2024-yil davomida soliq yigʻimlari va byudjetga tushumlar 2023-yilga nisbatan 111 foizni tashkil qilib, 4,9 milliard soʻmga oshdi. Bu esa tumandagi iqtisodiy faoliyatning jadallashgani va yangi imkoniyatlar yaratilganining isbotidir. 

Amudaryo tumanida soliq qarzlarini qisqartirish boʻyicha ham ijobiy natijalarga erishildi. Tuman boʻyicha 2024-yil boshiga nisbatan byudjet oldidagi soliq qarzi 215,5 million soʻmga, faoliyat yuritayotgan korxonalarning byudjet oldidagi soliq qarzi esa 481,7 million soʻmga kamaydi. Bu kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish hamda ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning mevasidir. 

Shuningdek, 870ta tadbirkorlik subʼektlarida tovar aylanmasi 1,8 milliard soʻmga oshirilishi hisobiga byudjetga qoʻshimcha 524 million soʻm aylanmadan olinadigan soliq hisoblandi. Yil davomida 510ta tadbirkorlik subʼektlarida 627 nafar norasmiy ishchilar rasmiy sektorga oʻtkazildi. Natijada ish haqi fondi 497,2 million soʻmga oshib, byudjetga 75,4 million soʻm daromad soligʻi hisoblandi. 

Aholini kichik biznesga jalb qilish va bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar davomida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 714 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirilib, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan 296ta yakka tadbirkorlarning faoliyati tiklandi. 68ta yuridik shaxslar, 646ta yakka tadbirkorlar, 1 ming 660ta dehqon xoʻjaliklari roʻyxatga olinib, 16 ming 39 nafar fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan holda faoliyat boshladi.

Mahallalardagi soliq inspektorlarining fuqarolar yigʻini maʼmuriyatlari bilan faol hamkorligi natijasida joylarda 4 ming 73ta qoʻshimcha obʼektlar aniqlanishi hisobiga byudjetga qoʻshimcha 1 mlrd 697,8 mln. soʻm mol-mulk va yer soliqlari hisoblandi.

Amalga oshirilgan shu kabi keng koʻlamli ishlar natijasida 2024-yil davomida byudjetga qoʻshimcha 2 milliard 297,2 million soʻm miqdorida soliqlar hisoblandi. Ushbu mablagʻlardan muayyan qismi tumandagi ovul va mahallalar iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirildi.

Soliq organlari xodimlarining mahallalardagi samarali faoliyati soliq bazasini kengaytirish, yashirin tadbirkorlikning oldini olish, soliqlarni oʻz vaqtida undirish, shuningdek, aholini ishbilarmonlikka yoʻnaltirish hamda mahalla byudjetini shakllantirish orqali fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026