TABIIY GAZDAN NOQONUNIY FOYDALANIŞ JAVOBGARLIKKA SABAB BÖLADI
Quvurdan beminnat kelib turgan “zangori olov” nafaqat xonadonimizni isitadi, balki oşxonamizni saranjom-sarişta saqlaş, ekologiyaga zarar yetkazmasdan ovqat pişiriş imkonini beradi. Ana şu imkoniyatdan samarali foydalaniş, isrofgarçiliklarning oldini oliş esa har bir xonadon egasining zimmasidagi fuqarolik burçi, qolaversa, yaratib berilgan qulay şaroitlarga nisbatan insoniy munosabati hamdir.
Avvalo şuni alohida taʼkidlaş kerakki, tabiiy gazdan foydalanuvçilar bu borada isteʼmolçi sifatidagi öz haq-huquqlaridan taşqari, tabiiy gaz taʼminoti idoralari tomonidan qöyiladigan qonuniy talablarni ham yaxşi bilişlari talab etiladi. Çunki aynan ana şunday qonuniy talablar haqida zarur tuşunçalarga ega bölmay turib, tabiiy gazdan foydalanişda jiddiy xatolarga yöl qöyiş ehtimoli yuqori böladi va bunday huquqbuzarliklar oilalar byudjetiga moddiy jihatdan zarar keltiradi.
Amudaryo tuman gaz taʼminoti idorasi xodimlari tomonidan Özenergoinspektsiya mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari va tuşuntiriş işlariga qaramasdan isteʼmolçilar orasida tabiiy gazdan foydalaniş talablariga rioya qilmaslik holatlari sodir etilayotgani açinarli. Vaholanki, huquqbuzarlik holatini sodir etgan isteʼmolçi tegişli qonun hujjatlariga muvofiq albatta jazolanadi, şu bilan birga tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulaniş maqsadida işlatgan barça asbob-uskunalari musodara qilinadi. Albatta, bu kabi holatlar isteʼmolçining oilasi uçun ançagina moddiy zarar keltiradi.
Aholi xonadonlarida ötkazilayotgan reyd tadbirlari va uçraşuvlarda vakolatli taşkilotlardan ruxsat olmasdan va tegişli tartibda şartnoma rasmiylaştirmasdan tabiiy gaz tarmoğiga ulaniş, hisoblagiçga va masofadan turib öçirib-yoqiş klapaniga, gazdan foydalaniş uskunalariga örnatilgan plombalarga şikast yetkaziş, gaz hisobini yuritmay, hisoblagiçdan foydalanmasdan tabiiy gazni işlatiş, gaz quvurlari yoki gaz taqsimlaş şoxobçalarida gaz taqsimlaş tarmoqlarining texnologik rejimini buzişga olib keladigan qurilmalarni örnatiş huquqbuzarlik sanalişi va tegişli qonun hujjatlariga muvofiq aybdorlarga albatta qonuniy çoralar körilişi taʼkidlanmoqda.
Bundan taşqari, tabiiy gaz sarfini hisobga olişni notöğri körsatiş maqsadida hisoblagiçning içki qismlarini, konfiguratsiyasi va sozligini qasddan özgartiriş, ruxsat etilmagan boşqa aloqa vositalarini örnatiş, isteʼmolçining aybi bilan hisoblagiçning xotirasidagi maʼlumotlar yöq qilinişi, hisoblagiçdan taşqari, yaşirin yöllar bilan tabiiy gaz tarmoğiga ulanişi, tabiiy gaz tarmoğiga boşqa texnik vositalarni özboşimçalik bilan payvandlaş holatlari kuzatilganda ham isteʼmolçiga nisbatan qonun hujjatlariga köra huquqiy çoralar belgilanişi haqida barça isteʼmolçilar ogohlantirilmoqda.
Şuningdek, xonadon egalariga gaz hisoblagiçning qiyoslovdan ötkaziş muddati ötib ketganda, isteʼmolçi tomonidan hisoblagiç plombasi buzilganida va plomba tegişli vakolatli organlar tomonidan yaroqsiz deb topilganida isteʼmolçi plombani ruxsatsiz buzgani uçun belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilişi ham tuşuntirilmoqda.
Ötgan 2024-yil davomida Amudaryo tumanining Oybek nomli mahallasi hududida ötkazilgan tekşiruvlar natijasida bir neçta xonadonlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlanib, sodir etilgan huquqbuzarliklari uçun xonadon egalariga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, maʼmuriy çoralar körilgan edi. Xususan, mahalla hududida ötkazilgan qöşma reydlar natijasida 4ta holatda jami 14 ming 820 kub metr noqonuniy gaz sarfi aniqlanib, aybdorlar davlatga 23 million 120 ming söm moddiy zarar yetkazgani böyiça dalolatnoma rasmiylaştirildi.
Şuningdek, joriy yilning 10-yanvar kuni yana bir fuqaro xonadonida tabiiy gazdan foydalaniş böyiça nazorat ötkazilganida, uning tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib olganligi aniqlandi va 5 ming 313 kub metr gaz sarfi hisoblanib, fuqaro tomonidan davlatga 13 million 815 ming söm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi töğrisida dalolatnoma rasmiylaştirildi.
Bu kabi holatlar nafaqat davlatga, balki jamiki tabiiy gaz isteʼmolçilariga nisbatan xiyonatdir. Çunki huquqbuzarlik qilgan isteʼmolçi öz xatti-harakati bilan yon qöşnisining, mahalladoşlarining xonadonlarida tabiiy gaz bosimining pasayib ketişiga, şuningdek, baʼzi hollarda taqiqlangan usullar bilan tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulaniş orqali baxtsiz hodisa – yonğin kelib çiqişiga sababçi böladi. Şu bois, isteʼmolçilar tabiiy gazdan foydalaniş borasidagi tartib-qoidalarga doimiy ravişda amal qilişlari joiz.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶