Tergov sudyasi tomonidan tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklari işonçli himoya qilinadi
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyundagi qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boşlab jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya beriş masalasi jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida alohida sudyalar, yaʼni tergov sudyalari tomonidan körib çiqilişi tartibini joriy etiş va jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritiş belgilangan edi.
Uşbu qaror bilan tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş hamda bir qator jinoyat materiallarini, şu jumladan sanktsiyalar va majburlov çoralarini qöllaş masalasini körib çiqiş vakolati berilgan edi.
Joriy yildan faoliyat boşlagan tergov sudyalari qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinçligi va totuvligini taʼminlaş, fuqarolar va yuridik şaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yöli bilan samarali himoya qiliş kabi yönalişlarda faoliyat olib bormoqda.
Yaqinda Amudaryo tuman Içki işlar bölimining majlislar zalida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova boşçiligida yiğiliş bölib ötdi.
Tuman IIB boşliğining örinbosari Şarapat Joldasbayev, tuman IIB profilaktika inspektorlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda tuman sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi farmonining mazmun mohiyati böyiça tuşuntirişlar berdi. Şuningdek, yiğiliş davomida tergov sudyasi “Özbekiston – 2030” strategiyasida sudlar faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça belgilangan çora-tadbirlar haqida ham töxtalib ötdi.
Yiğilişdan söng Amudaryo tuman IIB binosida tergov sudyasi tomonidan sayyor sud taşkil qilindi. Sayyor sud majlisida IIB tomonidan taqdim qilingan jami 20 ta iş materiali körib çiqildi.
Sayyor sud davomida Özbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksining 183-moddasida körsatilgan mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan 10 nafar şaxsga nisbatan töplangan maʼmuriy huquqbuzarlik iş materiallari körib çiqildi. Sud tomonidan 4 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi va 6 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Şuningdek, uşbu Kodeksning 101-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş xuquqbuzarligini sodir etgan 2 nafar şaxsga nisbatan töplangan iş materillari ham körib çiqilib, aybdorlarga maʼmuriy jarima jazosi tayinlangan bölsa, yuqoridagi Kodeksning 592-moddasida nazarda tutilgan oilaviy zöravonlik xuquqbuzarligi yuzasidan töplangan işlar böyiça 4 ta iş materiali körib çiqilib, 2 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi hamda 2 nafar şaxsga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.
Bundan taşqari, mazkur Kodeksning 52-moddasi 2-qismida bayon qilingan yengil tan jarohati yetkaziş xuquqbuzarligi va boşqa turdagi huquqbuzarliklarga oid töplangan iş materillari ham körib çiqilib, aybdorlarga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilindi.
Xulosa örnida aytiş kerakki, tergov sudyasi institutining taşkil qilinişi tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶