1-SONLI MAKTABDA “NAVOIY VA BOBUR – QALBIMIZDA” MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Tilimiz, milliy madaniyatimiz va maʼnaviyatimiz közgusiga aylangan Mir Alişer Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi xalqimiz uçun çinakam ibrat maktabidir. Çunki Navoiy va Bobur asarlaridagi ezgulik, yaxşilik va halollik kabi umuminsoniy fazilatlar barça davr uçun birday qadrli va el-u elatlarni, millatlarni, xalqlarni bir-biriga yaqinlaştiruvçi, tarbiyalovçi, uluğvor işlarga ilhomlantiruvçi taʼlimiy qudratga ega. Şu bois, ikki buyuk daho yaratgan durdona asarlar hamon sevib öqiladi.
Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Navoiy va Bobur – qalbimizda” deb nomlangan adabiy-musiqiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda bu haqda öquvçilar faxrlanib söz yuritdilar. Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari rahbarligida öquvçilar tomonidan maktab sahnasi Navoiy va Bobur asarlari, ikki buyuk şoir hayotiga oid suratlar, ularning zamondoşlari hamda olimlar tomonidan bildirilgan durdona fikrlar bitilgan lavhalar, maktab öquvçilarining eng sara inşolari bilan bezatildi.
Tadbirni maktabning 6-a sinf öquvçilari ğazalxonlik muşoirasi bilan boşlab berdilar. Unda Navoiy va Bobur ğazallarini eng köp yod olgan öquvçilar Çaros Yangiboyeva, Durdona Qurbonboyevalar özlarining ğazalni ifodali öqiş sanʼatlari bilan tadbir iştirokçilariga lirik kayfiyat bağişladilar. 9-sinf öquvçilari Kumuşoy Gulmurodova, Hulkaroy Qurbonboyeva, Durdona Mahmudova hamda Sevinçoy Kamolovalar ijrosidagi Navoiy va Bobur ğazallariga bastalangan mumtoz navolar jörligidagi raqslar esa tadbirning fayziga fayz qöşdi.
Adabiy-musiqiy tadbirning dramatik qismi maktab öquvçilarining ikki buyuk daho hayoti va ijodi özlari uçun juda katta taʼlimiy va tarbiyaviy ahamiyatga egaligining amaliy ifodasi böldi. Unda öquvçilar töğrilik va egrilik, oliyjanoblik va saxiylik mavzularida sahna körinişlarini mahorat bilan namoyiş etişdi.
Tadbir davomida Söğdiyona Madaminova, Tursunoy Bahromovalar tomonidan ijro etilgan dilrabo raqslar, “Navoiy va Bobur – qalbimizda” şiori ostida yangragan şeʼr-u ğazallar tadbirga yanada uluğvorlik, iştirokçilarga buyuk ajdodlarimizdan faxrlaniş tuyğularini baxş etdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶