FVVga qaraşli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar uçun test sinovlari ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi va tegişli taşkilotlar tomonidan har yili ötkaziladigan maxsus imtihonlar muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoşlarning intellektual rivojlanişi hamda oliy taʼlim muassasalarida tahsil oliş intilişlarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.
20-fevral kuni Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabida Qoraqalpoğiston hududida joylaşgan Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qaraşli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatçilar örtasida oliy taʼlim muassasalariga kirişda imtiyoz beruvçi tavsiyanoma uçun test sinovlari taşkil etildi.
Mazkur test sinovlari harbiy xizmatçilarning bilim darajasini aniqlaş, oliy taʼlimga kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda intellektual rivojlanişlarini rağbatlantirişga yönaltirilgan. Jarayon boşlanişidan oldin Bilim va malakalarni baholaş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi vakillari tomonidan iştirokçilarga test ötkaziş tartibi, baholaş mezonlari hamda muhim jihatlar haqida tuşunçalar berildi.
Imtiyozli tavsiyanoma beriş jarayoni harbiy xizmatçilarning xizmat davomida erişgan natijalari va bilim saviyasi asosida baholanadi. Asosiy mezonlar qatoridan jangovar tayyorgarlik, maʼnaviy-maʼrifiy saviya va nazariy bilimlar örin oladi. Jangovar tayyorgarlik harbiy xizmatçilarning jismoniy tayyorgarligi, taktik maşğulotlardagi muvaffaqiyatlari va xizmat davomida körsatgan qobiliyatlariga asoslanib baholanadi. Maʼnaviy-maʼrifiy saviya esa ularning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanganligi, intizomi hamda huquqiy bilimlari darajasi bilan belgilanadi. Nazariy bilimlar esa matematika, fizika va mantiqiy tafakkurga oid test sinovlari orqali aniqlanadi.
Test sinovlari 100 ta savoldan iborat bölib, harbiy xizmatçilarning turli yönalişlardagi tayyorgarlik darajasini baholaşga qaratilgan. Baholaş tizimi jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, şuningdek, nazariy bilimlar darajasiga asoslangan holda amalga oşiriladi.
Tavsiyanoma faqat intizomli, bilimli va faol harbiy xizmatçilarga taqdim etiladi. Agar harbiy xizmatçi xizmat davomida intizomiy qoidabuzarliklarga yöl qöygan bölsa, u tavsiyanoma oliş huquqidan mahrum qilinadi. Uşbu tizim, bir tomondan, harbiy xizmat intizomini mustahkamlaşga xizmat qilsa, ikkinçi tomondan, oliy taʼlimga intilayotgan yoşlarni öz bilim va mahoratini oşirişga rağbatlantiradi.
Tavsiyanomaga ega bölgan harbiy xizmatçilar oliy taʼlim muassasalariga kirişda test natijalari böyiça töplagan ballarining 50 foizi miqdorida qöşimça ball oliş imkoniyatiga ega böladilar. Şuningdek, harbiy xizmatni ötagan abituriyentlar uçun alohida kvotalar ajratiladi. Tavsiyanoma uç yil davomida amal qiladi va bu muddat yoşlar uçun oliy taʼlimga kiriş rejalarini puxta tayyorlaş imkonini yaratadi.
Mazkur test sinovlarida jami 200 nafardan ortiq muddatli harbiy xizmatçi iştirok etdi. Uşbu taşabbus yoşlarga bilim olişga bölgan qiziqişini oşiriş, harbiy xizmat mobaynida egallagan tajribalari asosida oliy taʼlimga yöl oçiş imkonini bermoqda. Bu esa öz navbatida harbiy xizmatçilarning intellektual va kasbiy rivojlanişiga kömaklaşadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶