29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:32
Jamiyat 👁 420

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOShQARMASI BOShLIGʻINING SAYYoR QABULI TAShKIL QILINDI

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOShQARMASI BOShLIGʻINING SAYYoR QABULI TAShKIL QILINDI

Mamlakatimizda fuqarolarning uy-joyga boʻlgan shaxsiy huquqlarini himoya qilish, yillar davomida peshona teri evaziga bunyod etilgan bino va inshootlarining huquqiy jihatdan daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli soʻnggi yillarda koʻplab fuqarolarning oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalarida bunyod etilgan uy-joylari, maishiy bino va inshootlariga boʻlgan mulk huquqlari eʼtirof etilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.

Maʼlumki, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan uy-joylar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish boʻyicha mahallalar kesimida rejaviy jadval ishlab chiqilib, ushbu jadval asosida Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari mutaxassislari tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, soha mutaxassislari fuqarolarning murojaatlari boʻyicha bevosita mahallalarga chiqqan holda sayyor qabullar oʻtkazish orqali ularning murojaatlarini oʻrganib, muammolarni joylarida hal etishayotgani aholining mushkulini oson, ogʻirini yengil qilish imkonini bermoqda.

Amudaryo tumanida Davlat Kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Sardar Urinbayev rahbarligida aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini oʻrganish va ularni qonuniy hal qilish maqsadida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham tuman aholisini qiynab kelayotgan kadastr sohasiga oid bir qator muammolar koʻrib chiqildi.

Sayyor qabul jarayonida Sardar Urinbayev tadbir ishtirokchilariga koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha ariza yuborish, bino va inshootlarga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, obʼektni qayta ixtisoslashtirish va reklama qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish, shuningdek, kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda ularga rioya qilish qoidalari boʻyicha zarur tushuncha va maʼlumotlar berdi.

Shundan soʻng sayyor qabul davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan 50 dan ortiq murojaatlar koʻrib chiqildi. Xususan fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bunyod etilgan yashash xonadonlarini, qoʻshimcha bino va inshootlarni, yuridik shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan, qurilayotgan turli toifalardagi bino va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, obʼektni qayta ixtisoslashtirish, kadastr pasportini rasmiylashtirish bilan bogʻliq murojaatlar shaxsan murojaatchilar ishtirokida batafsil oʻrganilib, 30ga yaqin murojaat joyida ijobiy hal etildi. 20 tadan ortiq murojaat esa alohida nazoratga olinib, tegishlicha mutasaddi tashkilotlar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul jarayonida kadastr sohasiga doir qonunchilik hujjatlari, fuqarolarning koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish, bu borada qonun buzilish holatlari sodir etilganida oʻz huquqlarini himoya qilish borasida ham masʼullar tomonidan kerakli maʼlumotlar, tushunchalar taqdim etildi. Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollar yuzasidan soha masʼullari va mutaxassislari atroflicha tushunchalar berish orqali tadbir ishtirokchilarining bu boradagi huquqiy madaniyatini oshirishga hissa qoʻshdilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026