MTTDA KÖRGAZMALI SEMINAR: BOLA QALBIGA YÖL TOPIŞ UÇUN NIMALAR QILIŞ KERAK?
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida faoliyat olib boruvçi pedagog-tarbiyaçilarning kasbiy mahoratlarini oşirib borişlariga şaroit yaratiş, sohada amalga oşirilayotgan innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş maqsadida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktabgaça taʼlim taşkilotlari işini muvofiqlaştiriş şuʼbasi tomonidan turli sanalar munosabati bilan tadbirlar ötkazib kelinmoqda
Joriy yilning 3-mart kuni tumandagi 24-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bölib ötgan “Gözal bahor” mavzusidagi körgazmali seminar ham yoş avlod kamolotida maktabgaça taʼlim taşkilotlarining tutgan örni va pedagog-tarbiyaçilarning zamonaviy bilimlarni egallaş borasidagi mahoratlarini ommalaştirişga bağişlandi. Seminarda Tölqin, Qipçoq, Qangli, Çoyköl, Oq oltin ovullarida faoliyat olib boruvçi 13ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari va pedagog-tarbiyaçilar iştirok etişdi.
Seminar ötkaziş uçun mazkur 24-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti bejizga tanlanmagan. 2022-yilda, “Obod qişloq” dasturi doirasida qayta taʼmirlangan va zamonaviy qiyofa kasb etgan taşkilotning barça xonalari şinam va yoruğ, isitiş tizimlari bilan töliq taʼminlangan.
Ayni paytda taşkilotda asosiy guruhlarda 105 nafar, majburiy maktabgaça taʼlim guruhida 25 nafar, şuningdek, 5ta qisqa muddatli guruhlarda 106 nafar bolajonlar taʼlim-tarbiya olişmoqda.
MTTda bolajonlarning zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya olişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Jamoaning barça pedagog-tarbiyaçilari oliy maʼlumotli mutaxassislar bölib, rejaviy-jadval asosida ötkaziladigan har bir maşğulotning bolalar yoşiga mutanosib ravişda, davlat taʼlim meʼyorlari darajasida amalga oşirilişiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Kiçkintoylarning qiziqişlarini hisobga olgan holda körgazmali vositalar bilan bezatilgan öyin xonalari, jonli tabiat burçagi, ösimliklar dunyosi haqida hikoya qiluvçi manzarali surat-lavhalar, ularning “Bu nima?” “Qaçon?” “Qayerda?” kabi savollariga amaliy javob sifatida taşkil etilgan innovatsion albomlar, har bir guruh tarbiyalanuvçilarining qiziqiş va intilişlarini aks ettiruvçi bolajonlar tomonidan yasalgan öyinçoqlar, çizilgan suratlar töplamlarining mavjudligi taşkilot pedagog-tarbiyaçilarining izlanuvçan va mahoratli xodimlar ekanligidan yaqqol dalolatdir.
Törtta guruhda taşkil etilgan oçiq tarbiyaviy maşğulotlarni tayyorlov guruhi tarbiyaçisi Şahlo Şomurodova, 2-katta guruh tarbiyaçisi Zilola Xolmanova, 3-örta guruh tarbiyaçisi Marjona Davlatbayeva, majburiy maktabga tayyorlov guruhi tarbiyaçisi Dilfuza Yöldoşevalar yuksak saviyada olib bordilar.
Xususan, bahor bayramlari – 1-mart – xalqimizning sevimli şoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Navröz ayyomi töğrisida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ötkazilgan qiziqarli maşğulotlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, bahor bayramlarining xalqimiz hayotida tutgan örni, milliy özlikni anglaş borasidagi ahamiyati, şuningdek, özbek xalqining buyuk farzandi Zulfiyaxonimning şaxsiy hayoti va ijodi bilan bolajonlarni taniştiriş, ular qalbida badiiy adabiyotga, ayniqsa, şeʼriyatga ixlos va qiziqiş uyğotiş borasidagi maşğulotlar ötkaziş böyiça tajribalari hamda uslubiy işlanmalari seminar iştirokçilari tomonidan yuqori baholandi.
Seminar davomida iştirokçilar guruhlarida xalqimizning öziga xos boy tarixiy merosi va milliy qadriyatlari orqali maktabgaça yoşdagi bolalarda oila, Vatan, ona tabiatga bölgan maʼnaviy-axloqiy munosabat hamda estetik qaraşlarni şakllantiriş, davlat ramzlariga, ona tiliga hurmat, kindik qoni tomgan tuproqqa muhabbat va ğurur tuyğularini uyğotiş maqsadida taşkil etilgan özbek xalq ertaklari asosidagi kompozitsiyalar, maʼnaviyat va vatanparvarlik burçaklari bilan bezatilgan maşğulotlar xonalari bilan yaqindan tanişdilar.
Seminar yakunida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi uslubçisi Şahnoza Qiliçeva hamda seminar iştirokçilari MTT pedagog-tarbiyaçilari tomonidan ötkazilgan oçiq maşğulotlarni tahlil qilişib, maşğulotlardan olgan taassurotlari yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar. Ular, ayniqsa, MTTdagi tartib-intizom, pedagog-tarbiyaçilarning madaniyati, maşğulotlarni taşkillaştiriş va bola qalbiga yöl topiş borasidagi yuksak pedagogik mahoratlariga yuqori baho berdilar. Şu bilan birga, mazkur muassasaning öziga xos iş faoliyatini pedagog-tarbiyaçilarining uslubiy tajribalarini keng ommalaştiriş zarurligini taʼkidladilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶