28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:28
Fan va taʼlim 👁 453

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus

Bugungi kunda yoshlarning boʻsh vaqtlarini axborot texnologiyalari va turli media resurslarga sarflayotgani ularning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish boʻyicha yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Mutolaa” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur loyihadan yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va intellektual rivojlanishni ragʻbatlantirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida oʻzbek va jahon adabiyotining sara asarlari audio va elektron formatlarda keng ommaga taqdim etilmoqda. Shuningdek, kitobxonlikni ragʻbatlantirish maqsadida intellektual musobaqalar, tanlovlar va turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanining Arna boʻyi mahallasi yoshlar yetakchisi Shahzod Nuratdinov tashabbusi bilan 27-sonli maktabda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish va “Mutolaa” loyihasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tadbirda maktab direktori Quvat Joʻrayev, tuman Yoshlar ishlari boʻlimi bosh mutaxassisi Davron Bozorboyev, Milliy gvardiya xodimi Islambek Yembergenovlar ishtirok etishdi. Tadbirga ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Zaynab Matchanova va Zaynab Ibragimovalar boshlovchilik qilishdi.

Intellektual musobaqa maktabning yuqori sinf oʻquvchilaridan iborat 6 ta jamoa oʻrtasida oʻtkazildi. Bahs uchun savollar “Mutolaa” ilovasida mavjud boʻlgan badiiy durdonalar – Abdulhamid Choʻlponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Dahshat”, Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” va Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarlari asosida tuzildi.

Jamoalar ushbu asarlarning mazmuni, qahramonlari, gʻoyasi va tarixiy jihatlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Bellashuv qizgʻin va bahsli tarzda oʻtdi, kitob mutolaasiga qiziquvchan yoshlar oʻz bilimlarini namoyon etishdi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi Shahzod Nuratdinov intellektual oʻyinlar yoshlarni kitob mutolaasiga undashda samarali vosita boʻlib, ularning bilim doirasini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish va oʻz ustida ishlashga ragʻbatlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Shuningdek, u maktab kutubxonasi bilan hamkorlikda oʻquvchilarni muntazam kitob oʻqishga jalb qilish maqsadida bu kabi tashabbuslarni doimiy ravishda amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi. Taʼkidlash joizki, intellektual musobaqa oʻquvchilarning maktab kutubxonasidan faolroq foydalanishiga va kitobxonlar safi ortishiga xizmat qildi.

20 raunddan iborat bellashuv natijalariga koʻra, 9-"B" sinf jamoasi 14 ta toʻgʻri javob bilan 1-oʻrin sohibi boʻldi. Faxrli oʻrinlarni egallagan jamoalar yoshlar yetakchisi tomonidan kitob jamlanmalari hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, oʻquvchilarning tarixiy-madaniy bilimlarini boyitish maqsadida gʻolib va sovrindor jamoalar Xiva shahriga sayohat qilish imkoniga ega boʻlishdi.

Bunday loyihalar yoshlar oʻrtasida intellektual muhitni shakllantirib, ularni bilimga oshno etishga xizmat qiladi. “Mutolaa” loyihasi va “Zakovat” intellektual oʻyini yosh avlodning tafakkurini charxlab, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026