Amudaryo tumanida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosib nişonlandi
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bölib keladi. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va körki bölgan xotin-qizlarni eʼzozlaş, ularga hurmat va ehtirom körsatiş xalqimiz uçun azal-azaldan buyuk qadriyat bölib kelgan. Ayol bor ekan hayot gözal va mazmunli, xonadonlar obod va nurafşondir.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni. Uşbu sana butun dunyo böylab gözallik va nafosat timsoli bölgan ayol-qizlarning bayrami sifatida keng nişonlanadi. Bayram munosabati bilan ularga har doimgidan-da uluğ ehtirom körsatilib, eʼzozlanadi va şaraflanadi.
Sana munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat bölimida ham katta kontsert dasturi taşkil etildi. Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xöjametov tabrik sözi bilan oçib berdi. Tuman hokimi öz nutqida yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, oila mustahkamligini taʼminlaş davlat siyosati darajasida ekanligi taʼkidladi, bu borada amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning tumanimizdagi ijrosi xususida töxtaldi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan barça sohalarda xotin-qizlarga köplab yangi imkoniyatlar berilmoqda. Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligi uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, tumanimizda 1000 nafardan ziyod tadbirkor ayollar faoliyat yuritib kelmoqda.
Şuningdek, “Heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmaydi” degan ezgu tamoyil asosida 2024-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 ming 600 nafar xotin-qizlarga turli yordamlar körsatilib, “Ayollar daftari”dan çiqarildi. 4 nafar ayol-qizlar uy-joy bilan taʼminlandi, 8 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyi homiylik hisobidan taʼmirlab berildi. Boquvçisini yöqotgan, yaşaş şaroiti oğir deb topilgan 15 nafar xotin-qizlarning uy-joy ijarasi uçun kompensatsiya tölab berildi. Nogironligi bölgan 2 nafar ayolning jarrohlik amaliyoti uçun “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş” maqsadli jamğarmasi hisobidan mablağ ajratib berildi.
Qolaversa, Oila va xotin qizlar qömitasining tavsiyanomasi asosida tumanimizdan 10 nafar xotin-qizlar Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi. “Ayollar daftari” jamğarmasidan 2 nafar, tuman hokimligi hisobidan esa 13 nafar oilaviy şaroitlari oğir xotin-qizlarning şartnoma pullari oliy taʼlim muassasalari tölab berildi.
Tuman hokimining tabrik sözidan keyin turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarga taşakkurnoma hamda bayram sovğalari topşirildi. Bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan bir-biridan ajoyib çiqişlar, betakror kuy-qöşiqlar bilan davom etdi. Tumanimizning umidli xonandalari gözallik, sevgi, döstlik, bahor, ona va ayolni madh etuvçi kuy-qöşiqlar bilan barça tadbir iştirokçilariga yuqori bayramona kayfiyat bağişladilar.
Taʼkidlaş joizki, uşbu bayram gözal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutluğ sanada xotin-qizlarga ehtirom körsatiş anʼanasi yil sayin umumdavlat va umumjamiyat ahamiyatiga ega bölib, yuqori maqom darajasiga kötarilmoqda.
Ayol azaldan mehr-şafqat va sadoqat timsoli bölib kelgan. Inson, oila, ayol tuşunçalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bölmaydi. Oilani ham, jamiyatni ham birlaştirib, unga fayz-u baraka kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida möʼtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Uluğ donişmandlar Vatanga eng munosib taʼrif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida ham katta maʼno bor.
Fursatdan foydalanib, barça dilbar ayol-qizlarni, onaxonlarimiz, opa-singillarimizni ezgulik va gözallik bayrami – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz, oilaviy xotirjamlik, xonadonlariga tinçlik, fayz-u baraka tilaymiz! Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardoğida, yaqinlaringizning eʼzozida yaşang, aziz va muhtarama ayollar!
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶