Tomorqa – daromad manbai va farovonlik kafolati
Bahor fasli dehqonlar uçun yangi hayot, yangi imkoniyatlar mavsumi. Ona zamin yaşil rangga burkanib, tabiat uyğongan sari mehnatsevar insonlar ham dala va tomorqa işlariga kirişadi. Mamlakatimizda aholining tomorqalardan samarali foydalanişi, daromad topiş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Qişloq xöjaligini rivojlantirişga qaratilgan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar aholi uçun haqiqiy imkoniyatga aylandi.
Amudaryo tumanining Arnaböyi mahallasida mehnatkaş dehqon va tadbirkorlar mahalla raisi Şuhrat Sultanov va hokim yordamçisi Siroj Urazmatovlarning saʼy-harakatlari bilan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, dehqonçilik va tomorqa orqali yaxşi natijalarga erişmoqda. Yetiştirilgan mahsulotlar aholi dasturxonlari tökinligiga ham hissa qöşmoqda.
Jamoliddin Raimboyev issiqxonasida bahor mavsumiga mos bodring uruğlari ekilgan bölib, bugungi kunda unib çiqqan. Issiqxona egatlari plyonka bilan qoplangani tufayli issiqlik taʼsiri oşirilib, hosildorlik yuqori bölişi taʼminlanmoqda.
Jamoliddin Raimboyev bolaligidan dehqonçilikka qiziqib kelgan. Avval oziq-ovqat savdosi bilan şuğullangan, bugun esa yaxşi körgan kasbi orqali daromad topiş maqsadida issiqxona taşkil etdi. 2024-yil iyun oyida 30 sotix yer maydonida issiqxona qurişga kirişgan tadbirkor iyul oyi örtalarida bodring ekib, bir oy içida ilk hosilni oldi.
Issiqxonada mahalliy va saralangan navli bodringlar yetiştirilmoqda. Tomçilatib suğoriş tizimining joriy etilişi suv tejamkorligini taʼminlab, hosildorlikni oşirişga xizmat qilmoqda. Issiqxona quriş işlari andijonlik tajribali ustalar tomonidan bajarilgan. Raimboyevlar oilasi issiqxona orqali yil davomida 3-marta hosil olişga erişmoqda. Loyihani amalga oşiriş uçun bankdan 5-yil muddatga 280 million söm miqdorida imtiyozli kredit olingan. Har bir ekiş mavsumida ekin 2 oy davomida hosil beradi va mahalliy bozorlarga yetkazib beriladi.
Mahalladagi yana bir mehnatkaş tomorqaçi Oybek Xalillayev ham oilasi bilan 4 sotixlik issiqxonasida asosan bodring yetiştiradi. Bu yil dehqon sinov tariqasida pomidor va qalampir ekişga ham bel boğladi. Issiqxonadan taşqari 30 sotixdan iborat tomorqasida kartoşka, karam, şuningdek, bodring va pomidor yetiştiriş bilan şuğullanadi. Bugungi kunda kartoşka ekiş işlari yakunlangan bölib, issiqxonaga öz köçatxonasida yetiştirilgan bodring köçatlarini ötkazmoqda.
Oybek aka mehnatsevar va irodali inson. U nogironligi bor bölişiga qaramay, tirişqoqligi va mehnatsevarligi bilan halol rizq topmoqda. Baʼzi odamlar soğlom bölsa-da, hayotdan nolib yaşaydi. Oybek aka esa turmuş örtoği Gulnora Ametova va farzandlari bilan fidokorona mehnati bilan oilaga daromad keltirmoqda.
Oybek Xalillayevning onasi – 75 yoşli Gulçehra ona Turayeva ham haligaça faol mehnat qiladi. U farzandlariga boş bölib, tomorqada yoşlardek serğayrat işlaydi. Gulçehra ona nevaralari uçun saboq va mehnatkaşlikning yorqin namunasidir.
Tomarqadan olingan daromad orqali Oybek Xolillayevning katta qizi Malohat Boltaboyeva Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida tahsil olmoqda, kiçik qizi Mahliyo Boltaboyeva esa 10-sinf öquvçisi.
Bu oila nafaqat issiqxonaçilik, balki çorvaçilik va asalariçilik bilan ham şuğullanib, turli sohalarda özini sinab körmoqda.
Bugungi kunda davlat tomonidan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, dehqonçilik va oilaviy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilayotgani köpçilik uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Yoş oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari uçun bunday imkoniyatlar – mustaqil biznes taşkil etiş va oilaviy daromadni oşirişda katta yordam bölmoqda.
Eng muhimi, tomorqa – daromad manbai. Agar inson harakat qilsa, yer unga saxovatini ayamaydi. Har qanday şaroitda ham mehnat qilib, ilm va tajribasini boyitgan kişi özining va oilasining farovonligini taʼminlay oladi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶