28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:30
Fan va taʼlim 👁 481

27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Navroʻz bayrami keng nishonlandi

27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Navroʻz bayrami keng nishonlandi

Aslida taqvimlarda qizil doiracha bilan belgilanib turadigan har bir bayramning oʻziga xos tomonlari, fayz-u, tarovati bor. Biroq, qadimiy bayramlarimizdan biri hisoblangan Navroʻzi olam tabiatga uygʻonish, dehqonlarning ishiga ishtiyoq va baraka, borliqqa yangilanish olib kirgani uchun barchamizga birdek qadrli. Yosh-u, qari fevral oʻtar-oʻtmasdanoq bahorni, Navroʻzni kuta boshlaydi, sogʻinib entikadi…

Navroʻzi olam yaqinlashishi bilan milliy atlas va adras koʻylaklar kiygan qiz-kelinchaklar bayramga taraddud koʻrib, hovlilarga, koʻcha yuzlariga suvlar sepishib, ariq boʻylariga yalpiz va rayhonlar ekishadi. Mahalla ahlini doshqozon atrofida jamlagan sumalak sayllari bayram shodiyonalariga ulanib ketadi.

Manbalarga koʻra, ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobida yilning dastlabki oyi toʻgʻrisida soʻzlab: “Bu oyning birinchi kuni – Navroʻzdir”, deya taʼkidlagan. Ha, Navroʻz azaldan xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Ushbu bayram kunlarida urush-janjallar ham toʻxtagan, gina-kuduratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlagan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtilgan.

Yaqinda Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida joylashgan 27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham “Assalom, Navroʻz!” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Qilichboy Madaniyat markazi binosida boʻlib oʻtgan tadbirida tashkilot tarbiyalanuvchilari, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, tashkilot xodimlari hamda ovuldagi faxriy onaxonlar Roʻzibika Asqarova, Qurbonoy Jumamurodova, Bibijon Tajibayeva, Zulayho Eshimova, Tatyana Rahimova, Amina Yusupovalar qatnashdilar.

Tadbirni tashkilot rahbari Muhabbat Raximova ochib berdi va barchani bahor bayrami bilan muborakbod etdi. Shundan soʻng, mahallaning faol onaxonlaridan Amina Yusupova, Roʻzibika Asqarova, Oqiljon Yoʻldoshevalar soʻzga chiqib, davradoshlarga bayram tabriklarini yoʻlladilar.

Bayram tadbiri kichkintoylarning va tarbiyachilarning bir-biridan qiziqarli chiqishlari bilan davom etdi. Xususan, katta guruhlar tarbiyalanuvchi qizlari “Bahor valsi”ga raqsga tushgan boʻlsa, oʻgʻil bolalar “Andijon polkasi”ga oʻynab, oʻz mahoratlarini namoyon qildilar. Oʻrta guruh tarbiyalanuvchilari esa “Tulpor” qoʻshigʻi raqs ijro qilishdi. Ayniqsa, katta guruh tarbiyalanuvchilarining “Lazgi” kuyiga tushgan raqsi hamda Navroʻz haqidagi kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Bayram kechasi bogʻcha tarbiyachilarining “Boychechak” qoʻshigʻi va xodimlar tomonidan ijro etilgan sahna koʻrinishi bilan davom etdi.

Ha, bayram munosabati bilan tashkil qilinadigan bu kabi tadbirlar nafaqat bolajonlarning qobiliyatlarini shakllantiradi, balki tashkilot xodimlarining ham faolligini oshirib, jamoaga ahillik, tadbir mehmonlariga koʻtarinki kayfiyat baxsh etadi.

Shu oʻrinda, ushbu bayram kechasini tashkil qilishda va oʻtkazishda oʻz hissalarini qoʻshgan tajribali tarbiyachilardan Dilorom Oʻrazmetova, Dilbar Haitova, Oygul Ortiqova, Sohiba Rahimova, Dilrabo Bazarbayeva, Zebo Tilavova, Shoira Oʻrazbayeva, Shahlo Jumamurodova, Gulzebo Qilichbekova, Gulmira Qosimova, musiqa rahbari Ozod Raximov, yordamchi tarbiyachilar Qutlibika Ataboyeva, Saida Safarbayeva, Mohinur Bobojonova, Zulfiya Sobirovalarning mehnatini eʼtirof etish joiz.

Bayram kechasi milliyligimizni, azaliy urf-odatlarimizni targʻib qilgani va jajji avlodlar qalbida Navroʻz bayrami haqidagi dastlabki tasavvurlarni uygʻotgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026