Masʼullar tomonidan içimlik suvi holati örganildi
Suv – inson hayoti va salomatligi uçun eng muhim tabiiy neʼmatlardan biri. U nafaqat kundalik ehtiyojlar uçun zarur, balki mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari, ayniqsa, qişloq xöjaligi va sanoat sohalari uçun ham strategik ahamiyatga ega. Şu bois sönggi yillarda Özbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, uning sifati va xavfsizligini taʼminlaş hamda isteʼmolini hisobga olişning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etiş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, içimlik suvi orqali yuqadigan kasalliklar butun dunyo böylab millionlab insonlarning hayotiga taʼsir körsatadi. Şu sababli, Özbekistonda ham içimlik suvi sifatiga bölgan eʼtibor tobora kuçayib, uning milliy va xalqaro standartlarga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat örnatilmoqda.
2025-yil 21-fevral kuni Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi hamda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan qabul qilingan qöşma qarorga köra aholiga yetkazib berilayotgan içimlik suvining sifati böyiça monitoring ötkaziş tartibi belgilangan edi.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida 25-mart kuni Amudaryo tumanida içimlik suvi sifatini tahlil qiliş va nazoratdan ötkazişga qaratilgan monitoring tadbiri ötkazildi. Tekşiruv jarayonida Namuna mahallasi hududidagi suv oliş va uzatiş inşootlari közdan keçirildi.
Mutaxassislar aholi xonadonlaridan suv namunalarini olib, ularni fizik-kimyoviy hamda mikrobiologik tahlillariga köra, içimlik suvining davlat sanitariya normalari va standartlariga qançalik mos ekani baholandi.
Içimlik suvi sifatiga oid monitoring tadbirlari mavjud muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş, şu bilan birga, aholi salomatligini yaxşilaşga qaratilgan muhim taşabbus hisoblanadi. Kelgusida suvni tozalaş va taʼminot tizimlarini yanada takomillaştiriş, uning sifati ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda sohaga zamonaviy laboratoriya uskunalarini keng joriy etiş orqali isteʼmolçilarga yetkazib berilayotgan içimlik suvi sifatini yanada yaxşilaş közda tutilgan.
Içimlik suvining sifatli va xavfsiz bölişi – nafaqat inson salomatligi, balki mamlakat ekologiyasi va iqtisodiyoti uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶