“Olympia” MÇJ bilan hamkorlikda “Kengru – 2025” Xalqaro matematika tanlovi ötkazildi
Umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari orasidan matematika faniga qiziquvçi, intiluvçan va ijodkor yoşlarni aniqlaş, ularning ijodiy qobiliyatlarni röyobga çiqarişga kömaklaşiş, qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Olympia” MÇJ bilan hamkorlikda Amudaryo tumanidagi 30- va 40-sonli maktablarda tumandagi umumiy örta taʼlim maktablarining 2-11-sinf öquvçilari örtasida “Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovi ötkazildi.
25-mart kuni bölib ötgan tanlovga tumanimizdagi 86 ta umumiy örta taʼlim maktablarining Olympia.uz veb sayti orqali onlayn röyxatdan ötgan 2-11-sinf öquvçilaridan 700 nafarga yaqin matematika faniga qiziquvçi, iqtidorli yoşlar qatnaşdilar.
“Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovining oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining fanlar olimpiadasi böyiça Iqtidorli bolalar bilan işlaş sektori metodisti Fazilat Zarifova, Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, bölimning Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti Rayhon Yakubova, 30-sonli maktab direktori Quvvat Niyazov, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamuratova hamda maktablardan belgilangan malakali mutaxassis kuzatuvçilar iştirok etdilar.
Tanlovning oçiliş marosimida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov “Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovi taşkiloti haqida batafsil maʼlumot berib ötdi.
Taʼkidlanganidek, “Olympia” MÇJ 2017-yil noyabr oyida taşkil etilgan bölib, Özbekistondagi umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim muassasalarida xalqaro, ommaviy, taʼlim tanlovlarini ötkazişni boşlagan birinçi taşkilot sanaladi. Bugungi kunga qadar taşkilot matematika, ingliz tili, rus tili, tabiatşunoslik fanlari kabi turli yönalişlarda tanlovlar ötkazib kelmoqda. Xususan, “Kenguru” matematika tanlovida butun dunyo böylab 6 milliondan ortiq maktab öquvçilari iştirok etişadi.
Tadbirda 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamuratova “Kenguru – 2025” xalqaro matematika tanlovining maqsad va vazifalari haqida iştirokçilarga zarur tuşunçalar taqdim etdi. Tanlovi uçun nazorat materiallari “Kenguru” tanlovi vakillari tomonidan tuzilganligi va taşkilotning masʼul xodimi tomonidan çop etilib, maxfiyligi taʼminlangan holda tanlov ötkaziladigan kuni joylarga maxsus nazorat materiallari solingan qopda yetkazib berilişi, tanlov qatʼiy nazorat asosida, mutlaqo şaffof tarzda amalga oşirilişi taʼkidlandi.
Tanlov avvalida öquvçilar soniga mos ravişda sinflarga javoblar varaqalari, har bir sinf uçun tuzilgan savollar kitobçasi, iştirokçi öquvçilar uçun “Kenguru” tanlovi tomonidan esdalik sovğalar olib kelindi hamda iştirokçilarga tarqatildi.
Şundan söng har bir maktab uçun belgilangan koordinator va kuzatuvçilar iştirokida tegişli xonalarda “Kenguru” tanlovining asosiy jarayoni boşlandi.
2-4-sinflar uçun 24 ta, 5-11-sinflar uçun 30 ta matematika va mantiqiy fikrlaşga doir savolli test kitobçasi hamda javoblar varaqasi tatarqatildi va 1 soat 15 daqiqa vaqt berildi.
Belgilangan vaqtdan keyin kuzatuvçilar tomonidan iştirokçilaning javob varaqalari Vazirlik maʼsul xodimiga taqdim qilinib, alohida paketga solindi va muhrlangan holda tanlov vakiliga yetkazildi. Tanlov yoş matematiklarimizning faolligi asosida, oşkoralik va jipslik ruhida ötdi.
Bu kabi tanlovlarning ötkazilişi taʼlim muassalari öquvçilari orasidan matematika fani böyiça bilimli, intiluvçan va ijodkor yoşlarni aniqlaş bilan birga, öquvçilarda mantiqiy fikrlaşni rivojlantiriş va ularning bilimlarini obʼektiv baholaşga xizmat qiladi.
Rayhon Yakubova, Amudaryo tuman MMTBning maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶