Qangli ovulida suv tozalaş inşooti foydalanişga topşirildi
Sönggi yillarda mamlakatimizda aholi turmuş darajasini oşiriş, ayniqsa, qişloq joylarda zamonaviy infratuzilmani yaxşilaş va soğlom hayot şaroitini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli islohotlar izçil amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda aholini toza va xavfsiz içimlik suvi bilan taʼminlaş masalasi ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilangani bejiz emas. Çunki har bir insonning salomatligi, farovon hayoti va jamiyatning barqaror rivojlanişi ana şunday hayotiy zarurat — toza içimlik suviga bevosita boğliq.
Yurtimizning barça hududlarida yöl-quriliş, qayta tiklanuvçi elektr taʼminoti, taʼlim va tibbiyot muassasalarini barpo etiş hamda modernizatsiya qilişga qaratilgan infratuzilma loyihalari izçil davom ettirilmoqda. Bunday taşabbuslar fuqarolarning kundalik hayotini yengillaştiriş, ularga munosib turmuş şaroitini yaratiş, şu orqali ularning islohotlarga bölgan işonçini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maʼnoda, Amudaryo tumanining Qangli ovulida yaqinda amalga oşirilgan ijtimoiy loyiha — hududdagi toza içimlik suvi taʼminoti muammosiga amaliy yeçim böldi. Uzoq yillar davomida turli manbalardan suv isteʼmol qilib kelgan ovul aholisi uçun bu loyiha nafaqat katta yengillik, balki kundalik hayotga yangiça ruh, işonç va ilhom olib kirdi.
Endilikda qangliliklar zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan inşoot orqali yer osti suvlarini tozalaş imkoniga ega böldi. 500 dan ziyod xonadonga xizmat qilişga möljallangan uşbu inşoot foydalanişga topşirilişi orqali nafaqat aholining soğliği muhofaza etilyapti, balki umumiy sanitariya holati, hayot sifati va ekologik barqarorlik ham taʼminlanmoqda.
Mazkur xayrli loyiha “Tashwell” quriliş kompaniyasi tomonidan beminnat amalga oşirildi. Kompaniyaning mazkur taşabbusi aholining uzoq yillik ehtiyojini bartaraf etiş bilan birga, jamiyatda özaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada kuçaytirişga xizmat qildi.
Inşootning oçiliş marosimida ovul fuqarolar yiğini raisi Baxtiyor Pirmanov, loyiha koordinatorlari, nuroniylar, “mahalla yettiligi” hamda mahalliy aholi faol qatnaşdi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar “Tashwell” kompaniyasi rahbariyatiga samimiy minnatdorlik izhor qildilar. Nuroniylar esa qöllarini duoga oçib, uşbu xayrli işning davomli bölişini va homiylar faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Ahamiyatlisi, loyiha doirasida hududdagi maktab öquvçilariga badiiy adabiyotlar ham sovğa qilindi. Bu esa yoş avlodning maʼnaviy kamoloti, kitobga muhabbati va bilimga intilişini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.
Şubhasiz, qişloq joylarda aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş faqatgina soğliqni saqlaş masalasi emas. Bu — mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvçi muhim omildir. Qangli ovulida amalga oşirilgan loyiha — ana şunday ezgu saʼy-harakatlarning yaqqol namunasidir. Haqiqat şundaki, toza suv — hayot manbai, unga ega böliş esa har bir insonning tabiiy va ajralmas huquqidir.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶