28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:22
Iqtisodiyot 👁 665

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi boshligʻi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi boshligʻi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Kichik va oʻrta biznes har qanday mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti hajmining yarmidan koʻpi, sanoat va eksportning uchdan bir qismi aynan kichik va oʻrta biznes vakillari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bu borada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, ishbilarmonlarning oʻz salohiyatini toʻliq ishga solishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida respublikamiz boʻylab kichik va oʻrta biznes vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi soliq boshqarmasi boshligʻi Xalmurza Bekchanovning taxiyatoshlik tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham xususiy sektor vakillariga berilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammolar haqida fikr almashildi.

Ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Aytish joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yil yakuni bilan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni 34 ming 215 ta, oʻrta tadbirkorlik subʼektlari soni 359 ta, yirik tadbirkorlik subʼektlari soni esa 30 tani tashkil etadi.

Shuningdek, kichik va oʻrta biznes vakillari tomonidan 2024-yilda 1 trln. 298 mlrd. soʻm soliqlar toʻlanib, byudjetga jami tushumdagi ulushi 43 foizni tashkil etgan. Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlariga hamda boshqa soliq qonunchiligiga asosan 2023-yil davomida 13 ming 714 ta kichik va oʻrta biznes vakillariga 447,8 mlrd. soʻm soliq imtiyozlari qoʻllanilgan boʻlsa, 2024-yil davomida 16 ming 597 ta kichik va oʻrta biznes vakillariga 622,3 mlrd.soʻm soliq imtiyozlari qoʻllanilib, bu koʻrsatkich 39 foizga yoki 174,5 mlrd. soʻmga oshgan. Ushbu mablagʻlar tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayib, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga asos boʻlgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 2024-yilda jami byudjet tushumlari 3 trillion 29 mlrd 217,8 mln soʻmni tashkil etib shundan, 1 trln. 298 mlrd 616,7 mln soʻmi, yoki jami byudjet tushumining 42,9 foiz kichik biznes subʼektlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek uchrashuvda tadbirkorlarning soliq imtiyozlaridan foydalanish, soliq hisobotlari, maʼmuriy huquqbuzarlik, kredit va soliq stavkalari bilan bogʻliq muammo va takliflari ham tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.

Soliq organlari masʼullari va tadbirkorlar oʻrtasidagi bu kabi uchrashuvlar oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Bunday muloqotlar orqali tadbirkorlar soliq qonunchiligidagi yangiliklar, imtiyozlar va hisob-kitob tartiblari haqida batafsil maʼlumot oladilar. Bu esa ularning faoliyatini qonuniy asosda yuritishlariga koʻmaklashadi.

Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar davomida tadbirkorlar oʻzlarini qiynayotgan masalalarni ochiqchasiga bayon qilish imkoniga ega boʻladilar. Soliq organlari esa bu muammolarni oʻrganib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻradilar. Bu nafaqat tadbirkorlik muhitini yaxshilaydi, balki ishbilarmonlar va soliq organlari oʻrtasida ishonch muhitini ham mustahkamlaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026