28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:17
Jamiyat 👁 414

Arna boʻyi mahallasida “Parkent tajribasi” tatbiq etilmoqda

Arna boʻyi mahallasida “Parkent tajribasi” tatbiq etilmoqda

Yurtimizda yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energetika tizimini isloh qilish va aholini barqaror energiya manbalari bilan taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tabiiy gaz tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni bartaraf etish, energiya samaradorligini oshirish va mazkur sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan, tumanning Arna boʻyi mahallasini samarali va xavfsiz energiya taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida “Parkent tajribasi” asosida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

“Parkent tajribasi” – davlat-xususiy sheriklik asosida ishlab chiqilgan, aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan xavfsiz va samarali tarzda taʼminlash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan innovatsion loyiha boʻlib, dastlab Toshkent viloyatining Parkent tumanida joriy etilgan. Mazkur tajriba ijobiy natijalar bergani bois, hozirda Respublika boʻylab bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda.

Ayni paytda ushbu tajriba Amudaryo tumanida ham keng qoʻllanilmoqda. Xususan, tumanning Arna boʻyi mahallasini qamrab olgan “Avtomatlashtirilgan mahalla–isteʼmol–nazorat balansi” loyihasi doirasida bir qator texnik va tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 6,4 kilometr uzunlikdagi yer usti gaz tarmoqlari estetik jihatdan tartibga keltirildi, 7,9 kilometr yer osti gaz tarmoqlari mobil laboratoriyalar orqali texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Shuningdek, 40 metr uzunlikdagi yer osti tarmogʻi yer ustiga chiqarilib, 28 ta zamonaviy tirgaklar oʻrnatildi.

Ushbu ishlar mahallada tabiiy gaz taʼminotidagi yoʻqotishlarni kamaytirish, xavfsiz va samarali taʼminotni yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga aholining energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning amaliy ifodasi boʻlmoqda.

Mahalladagi 300 ta xonadonning gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi. Mavjud 5 ta oʻrta bosimli gaz taqsimlash punkti demontaj qilinib, oʻrniga “RDBK-100” rusumli 2 ta zamonaviy punkt oʻrnatildi. Shuningdek, diametri 89 millimetrlik 5 ta filtrlar, 5 tadan zulfin va kranlar yangisiga almashtirildi. 12,6 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari boʻyaldi va ularning texnik holati yaxshilandi.

Barcha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan shtab tarkibida hozirda 3 ta brigada faoliyat yuritmoqda. Ularda 6 nafardan ortiq “Mahalla gazchisi”, 3 nafar malakali payvandchi hamda 2 tadan ziyod maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Brigada aʼzolari tomonidan gaz tarmoqlarini tartibga keltirish va ikki bosqichli tizimga oʻtkazish ishlari samarali amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, shtab tomonidan aholiga energiya tejamkor tabiiy gaz qurilmalari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda va ularni oʻrnatish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Bu nafaqat energiya tejamkorlikni taʼminlash, balki isrofgarchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada birgina Arna boʻyi mahallasidagi 474 nafar isteʼmolchidan bir yilda taxminan 116 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi.

Shu bilan birga, tabiiy gaz taʼminoti tizimini takomillashtirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, hisob-kitoblarda aniqlikni taʼminlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrofning oldini olish maqsadida avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilmoqda. Bu orqali tizimda shaffoflik va hisobdorlik taʼminlanmoqda.

Bundan tashqari, tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan “Toʻqimachi” stantsiyasidan chiqayotgan fiderdagi ayrim transformator punktlarida texnologik yoʻqotishlarni kamaytirish va avariya holatlarining oldini olish maqsadida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, 10 kVli (kilovoltli) havo tarmoqlari yoʻllari daraxt shoxlaridan tozalandi, transformator punktlarining 10 kVli ajratkichlari sozlanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

Prokuratura organlari ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, loyiha amalga oshirilayotgan hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlash, isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, barcha ishlar belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib bormoqda. Bu esa, eng avvalo, davlat va jamiyat manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Sh. Joldasov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026