Maktablarning maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari va amaliyotçi psixologlari uçun seminar-trening taşkil etildi
Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida tumandagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari va amaliyotçi psixologlari uçun seminar-trening maşğulotlari taşkil etildi.
Prezidentning 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan seminar yoşlar orasidagi salbiy xulq-atvorni bartaraf etiş va ijtimoiy meʼyordan oğiş holatlarining oldini olişga qaratilgan amaliy yönalişlarni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi taşxis markazi metodisti Gulbahor Yusupova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlim vazirligi masʼul xodimi Erkin Nurtayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligi masʼul xodimi Oyimxon Davlatmuratova, tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomurotov va bölim metodisti Nurbek Seytboyevlar iştirok etdi.
Seminarda turli mavzular muhokama qilindi. Xususan, voyaga yetmagan öquvçi-yoşlar orasida ijtimoiy meʼyordan oğiş holatlarini yuzga keltiruvçi omillar, bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişga doir qonunçilik va salbiy xulq-atvorning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça maktab psixologi iş rejasiga muvofiq amalga oşiriladigan vazifalar qamrab olindi.
Özbekiston Respublikasi taşxis markazi metodisti Gulbahor Yusupova maşğulot davomida voyaga yetmagan yoşlar orasidagi ijtimoiy meʼyordan oğiş holatlarini keltiruvçi omillarni atrofliça tuşuntirib ötdi. Ayniqsa, oilaviy omillarning — ota-onaning eʼtiborsizligi yoki zöravonligi, oilaviy nizolar va ajralişlarning yoşlarga qanday taʼsir körsatişini taʼkidlandi. Şunga qöşimça ravişda, öqituvçilarning eʼtiborsizligi yoki adolatsizligining ham yoşlarning salbiy xulq-atvoriga taʼsiri mavjudligiga eʼtibor qaratilib, maktab va taʼlim tizimi bilan boğliq muammolar ham qayd etildi.
Mutaxassis salbiy xulq-atvorning oldini oliş va bartaraf etişda samarali usullarga töxtaldi. Mazkur usullar oila, maktab va jamoada muhabbatga asoslangan muhitni barpo etiş, töğri tarbiya beriş va namuna böliş kabi muhim omillarni öz içiga oladi. Şuningdek, bolalarni sport, sanʼat yoki fanga jalb qiliş orqali salbiy xatti-harakatlarning oldini oliş mumkinligini qayd etildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlim vazirligi masʼul xodimi Erkin Nurtayev tomonidan bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişning muhimligini taʼkidlandi. Bolalarni jismoniy, ruhiy, jinsiy, zöravonlik, ekspluatatsiya va bullingdan himoya qiliş uçun mamlakatda belgilangan asosiy yönalişlar körsatildi.
Seminar davomida taʼlim va tarbiya sohasidagi mutaxassislar, psixologlar va masʼul xodimlar hamkorlikda yoşlar orasidagi salbiy xulq-atvorning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça amaliy tavsiyalar berişdi. Şu bilan birga, öqituvçilar va ota-onalar uçun maxsus treninglar taşkil etiş, yoşlar örtasidagi ijtimoiy faollikni oşirişga qaratilgan tadbirlar olib boriş böyiça yangi takliflar bildirildi. Tadbirning yakunida, bolalarning huquqlarini himoya qiliş, ularning hayoti va salomatligini saqlaş böyiça yanada keng qamrovli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Bu kabi tadbirlar yoşlarga salbiy taʼsir körsatuvçi omillarni bartaraf etiş va kelajakda hammamiz uçun barqaror va xavfsiz muhitni taʼminlaş uçun muhim ahamiyatga ega. Seminarda berilgan amaliy tavsiyalar va yönalişlar yoşlarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etiş va ularning kelajagini yaxşi yönalişda şakllantirişga katta hissa qöşadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶