Amudaryoda V Respublika kitobxonlik haftaligi yuqori saviyada ötdi
Mamlakatimizda maʼnaviyat, maʼrifat va mutolaa madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda kitobga bölgan qiziqişni oşirişga qaratilgan taşabbuslar tobora keng kölam kasb etmoqda. Ana şunday maʼnaviy tarğibotning yorqin ifodasi bölgan “Kitobxonlik haftaligi” joriy yilning 21–27-aprel kunlari mamlakatimiz böylab “Özbekiston – kitobxonlar yurti” şiori ostida yuqori ruhda ötkazildi.
Kitobxonlikni tarğib qiliş, kitobga mehr uyğotiş, aholi, ayniqsa, yoşlarni mutolaaga keng jalb etiş maqsadida taşkil etilgan mazkur haftalik davomida mamlakat böylab keng qamrovli madaniy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi. Ular orasida yangi kitoblar taqdimoti, kitob yarmarkalari, aktsiya va viktorinalar, mahorat darslari, ijodkorlar bilan uçraşuvlar, “Noşirdan kitobxonga” tamoyili asosidagi savdo-yarmarkalar kabi tadbirlar alohida örin tutdi. Bunday tadbirlar orqali kitobxonlar zamonaviy adabiyot, naşriyot faoliyati hamda ijodkorlar hayoti bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega bölişdi.
Haftalik doirasida keyingi yillarda naşr etilgan kitoblar taqdimoti, taniqli va yoş adiblar bilan muloqot, naşriyot va matbaaçilik sohasi vakillari iştirokida davra suhbatlari ötkazilib, umumiy dasturning mazmundor va manfaatli bölişiga xizmat qildi.
Ayni şu kunlarda Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida tumanimizning ijodkorlaridan biri, şoira Zulfiya Ollayorova bilan uçraşuv taşkil etildi. Tadbirda ziyolilar, Amudaryo muhandislik texnikumi talabalari hamda umumtaʼlim maktablaridan taşrif buyurgan kitobxon öquvçi-yoşlar faol iştirok etdi. Uçraşuvda kitobning inson maʼnaviyatini yuksaltirişdagi örni, hayotda mustahkam tayanç sifatidagi ahamiyati xususida fikrlar bildirildi.
Şu kuni, şuningdek, Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan “Şeʼrlarida Vatan tasviri” nomli kitob körgazmasi ham taşkil etildi. Şoir ijodi keng tarğib qilingan mazkur körgazma kitobxonlarda milliy ğurur, vatanparvarlik tuyğularini uyğotdi.
Kitobxonlik haftaligi doirasida “Yaxşi kitoblarni bugun öqing” şiori ostida “Manzilimiz – maʼnaviyat bekati” deb nomlangan intellektual öyin ötkazildi. Tuman IIBning “Yuristlar”, Amudaryo muhandislik texnikumi talabalaridan tuzilgan “Zukkolar” hamda yoş kitobxonlardan taşkil topgan “Kitobxonlar” jamoalari örtasida bölib ötgan mazkur bellaşuvda iştirokçilar kitobga oid bilim va fikrlaş qobiliyatida özaro kuç sinaşişdi. Ğoliblar axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Bundan taşqari, “Mahalla – oila – kutubxona”, “Maʼrifatparvar ayollar”, “Bugungi yoşlar va ijod: adabiyotga qançalar yaqinmiz?” kabi davra suhbatlari, “Adabiy ustaxona” mahorat darslari, “Tabiat qöynida mutolaa – kitobterapiya” singari treninglar hamda “Yaşil makon” loyihasi doirasida kitob va atrof-muhit munosabatiga bağişlangan maʼrifiy çiqişlar ham taşkil etildi.
Kitobxonlik haftaligi doirasida faol iştirok etgan kitobxonlar, yoş mutaxassislar, talabalar hamda tadbir taşkilotçilari axborot-kutubxona markazi maʼmuriyati tomonidan esdalik sovğalar va taşakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Mazkur haftalik bolalar va yoşlarda kitobga qiziqiş uyğotiş, ularning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, ijodiy va tanqidiy fikrlaş qobiliyatini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, kitobni hayot tarziga aylantiriş, kitobxonlar safini kengaytirişda bunday tadbirlar katta ahamiyatga ega. Zero, kitob bor joyda maʼrifat bor, maʼrifat bor joyda esa taraqqiyot va inson kamoloti sari yöl oçiqdir.
Ş. Ollaberganova, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶