28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:59
Qishloq xoʻjaligi 👁 332

Amudaryo tumani fermerlari Kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xoʻjaligi xodimlariga MUROJAATI

Amudaryo tumani fermerlari  Kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xoʻjaligi xodimlariga MUROJAATI

Amudaryo fermerlari Kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xoʻjaligi xodimlariga MUROJAATI

Hurmatli fermerlar, mirishkor dehqonlar!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1-2-may kunlari Xorazm viloyatida boʻlib, hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Xorazm viloyatini qishloq xoʻjaligi tarmogʻida amalga oshirilishi zarur boʻlgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekinlarni yuqori agrotexnik darajada parvarishlash, fermer xoʻjaliklarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tumanda ishonchli kelajak asosi ekanligini hisobga olib, joriy yilda 7 ta loyiha doirasida 10,1 mlrd soʻmlik investitsiyalar jalb etish, 250 gektar yerni qayta foydalanishga kiritish, 102 gektar mevali bogʻlar yaratish, 150 km ichki ariq va 40 km kanal betonlashtirish zarurligi qayd etildi.

Suvni iqtisod qilish boʻyicha Xorazm oʻz tajribasi asosida tumanimizdagi fermer va dehqonlar tomonidan 550 gektar yerga esa suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatilganligi natijasida suv iqtisod qilinadi.

Kelgusida taʼminotchi korxonalar bilan  hamkorlikda 200 gektarda yomgʻirlab sugʻorishni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Tumandagi fermerlar faoliyatiga joriy etilgan lazerli tekislash, avtopilotli traktorlar, quyosh panellari tannarxni tushirish va daromadni oshirishda muhim vositalarga aylanmoqda.

Prezidentimiz qayd etganidek, yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq,  yerlari kuchli shoʻrlangan Xorazmda nafaqat mehnat qilish, balki bogʻ yaratish, moʻl hosil undirish - bu, ochiq aytish kerak, har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Shuning uchun xorazmlik dehqonlarni bir emas, ikki marta qahramon,  desak hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi, deya eʼtirof qildilar.

Fermer va dehqonlar mehnatini qadrlab,  Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xoʻjaligi rahbari Oyimjon Otajanovaga Prezidentimiz farmoniga binoan  “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” faxriy unvoni berildi. Bu  tumanimizdagi barcha fermer va dehqonlarga yangi  kuch-gʻayrat bagʻishlab, yanada shijoat bilan ishlashga undaydi.

Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimizning eʼtiboridan ruhlangan  fermer va dehqonlarimiz innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda yanada samarali mehnat qilib,  paxtadan 45-50 tsentnerdan, gʻalladan esa
80-100 tsentnerdan hosil olish orqali daromadlarini oshirish, shu bilan birga tumanimiz aholisini arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashni maqsad qilishgan.

Hurmatli fermerlar!

Mevali bogʻlar, hosilga toʻla dalalar, toʻkin dasturxonlar - bularning barchasi Sizlarning kundalik, fidokorona mehnatingiz samarasidir.

Biz ishonamizki, sizlar bu yil ham oʻz tajriba va zamonaviy yondashuvlarga suyangan holda yuqori natijalarga erishasiz. Sizlarni yanada shijoat bilan mehnat qilishga, Xorazm tajribasini butun mamlakatga namuna qilib koʻrsatishga chaqiramiz!

Har biringiz bilasizki, qishloq xoʻjaligidagi asosiy maqsad - yuqori hosil, past tannarx va barqaror daromadga erishish. Buning uchun davlat tomonidan keng koʻlamli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Har yili minglab gektar yerlarda zamonaviy sugʻorish texnologiyalari (tomchilab va yomgʻirlab sugʻorish) joriy etilishi, lazerli tekislash, energiya tejaydigan texnika va quyosh panellari kabi innovatsiyalarni qoʻllash qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Ilm, texnologiya va tajribani asosiy ish quroliga aylantirgan zamonaviy fermerimiz mineral oʻgʻitlar oʻrniga biotexnologiyalardan oqilona foydalanishga intilib, ilmiy tavsiyalar asosida hasharotlar va kasalliklarga qarshi biologik usullarni keng joriy etilmoqda. Zero, har bir yurtdoshimiz yaxshi biladi: bugungi fermer faqat yerda ishlaydigan odam emas - u agrobiznes yetakchisi, tadbirkor va mutaxassisdir. Shu boisdan har bir hududda mahalliy sharoitga mos agrotexnik tadbirlar belgilanmoqda.

Hurmatli dehqon va fermerlar!

Ayni kunlarda gʻalladan yuqori hosil kutilmoqda. Hosilga hosil qoʻshib, yuqori marralarga erishish uchun quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb ishlarni amalga oshirishimiz zarur:

- gʻalla hosili pishishi arafasida dala maydonlarini suv bostirmasdan peshma-pesh sharbat usulida sugʻorish ishlarini amalga oshirishimiz kerak;

-  hosilni nes-nobud qilmasdan yigʻishtirib olishda oʻrim kombaynlarini mavsumga tayyorgarligini yana bir bor koʻrib chiqish zarur.

Tumanimizda paxta ekish mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Dalalarda gʻoʻzadan toʻliq nihol undirib olindi. Eng muhimi  suvning oldingi yillarga nisbatan koʻpayishi bu yilgi hosilning moʻl boʻlishi garovidir. Yuqori xirmon yaratish uchun bugun quyidagi agrotexnik tadbirlarni kechirtirmasdan amalga oshirish talab etiladi:

- tumanda har bir fermer kesimida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shu asosda ishlarni aniq tashkil qilish lozim;

- gʻoʻza unib chiqqan maydonlarda gektariga 200 kg karbamid va 100 kg kaliyli mineral oʻgʻiti bilan kultivatsiya qilish zarur;

-gʻoʻza maydonlaridagi mavjud begona oʻtlarni tez fursatda tozalab, begona oʻtdan tozalanmagan gʻoʻza maydonlariga mineral oʻgʻit bermaslik boʻyicha fermer xoʻjalik rahbarlarini qatʼiy ogohlantirish lozim;

-suvchilarga toʻliq sharoit yaratib bergan holda, gʻoʻzani sugʻorishda suvning isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasdan, 1- va 2- sugʻorish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash chorasini koʻrish zarur;

- rivojlanishdan orqada qolayotgan gʻoʻza maydonlarini qoʻshimcha oziqlantirib, shu qatori qoʻshimcha kultivatsiya, chuqur yumshatish, suspenziya sepish ishlarini hamda sugʻorishni faqat sharbat va fekal bilan oʻtkazish kerak;

- tuman ishchi guruhlari mavjud muammolarni dalaning oʻzida hal qilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha zudlik bilan qoʻshimcha agrotexnik tadbirlar belgilab, xar bir dalaga nazorat uchun masʼullarni biriktirishi lozim;

-birinchi navbatda agrotexnik tadbirlarni ekini sust rivojlangan maydonlarda boshlanishiga alohida eʼtibor qaratish kerak;

- OVX purkagichlari yordamida barcha fermer xoʻjaliklari suspenziya uchun ishchi eritmani asosan ertalabki va kechki salqin paytlarda sepishni, eng asosiysi gʻoʻzaning oʻsish va rivojlanishini rostlab borish maqsadida zamonaviy “PIKS” preparati bilan ishlashni tashkil qilishi lozim;

- gʻoʻzaning turli kasalliklari, hasharotlarga qarshi kurashish uchun biolaboratoriyalarni toʻla quvvat bilan ishlatish lozim. Asosan, biomahsulotlarni dalaga ertalab soat 5:00 dan 9:00 gacha, kech soat 16:00 dan 20:00 gacha belgilangan tartibda  chiqarish kerak. Har bir gektar gʻoʻza maydoniga 2 tadan feromon tutqich va 10 ta suyuqlik solingan idishlarni oʻrnatish hamda har 3 kunda suyuqlik, kley va kapsulalarni yangilab turish shart (albatta mutaxassis tavsiyasi asosida).

Hurmatli fermerlar va klaster rahbarlari!

Sizlarning fidokorona mehnatingiz natijasida aholi tabiiy, sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlanmoqda. Qishloqlarda hayot sifati yaxshilanib, yangidan-yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Eksport salohiyati ortib, yurtimiz brendini dunyo tanimoqda.

Ayni kunlarda gʻalla va paxta dalalaridagi barcha agrotexnik tadbirlarni tezkorlik bilan, aniq reja asosida amalga oshirish talab etiladi. Buning uchun suvni tejab, belgilangan muddatda sugʻorishni taʼminlash, mineral oʻgʻitlardan va yerdan oqilona foydalanish hamda oʻrim-yigʻimga sifatli tayyorgarlik koʻrishga qatʼiy bel bogʻlash, bu muddatlarni oʻtkazib yubormaslik zarur.

Biz ishonamizki, fermerlarimiz bilim, tajriba va mehnatsevarligi bilan bu yil ham yuksak natijalarga erishadilar!

Amudaryo fermerlari Kengashi Rayosati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026