28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:59
Qishloq xoʻjaligi 👁 279

Paxtadan yuqori hosil olishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi

Paxtadan yuqori hosil olishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanining Oq Oltin ovulida joylashgan “Yakupova Gavhar” fermer xoʻjaligida 2025-yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda qator orasiga ishlov berish, chuqur yumshatish, oziqlantirish va suspenziya sepish kabi agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan, tizimli tarzda tashkil etish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Seminarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi Anvar Jumanazarov, Oʻzagroinspektsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Arslon Yusupov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov va fermer xoʻjaliklari rahbarlari qatnashdilar.

Seminar davomida soʻzga chiqqanlar gʻoʻzaning sogʻlom oʻsishi, yuqori hosil berishi va zararkunanda hamda kasalliklarga chidamli boʻlishi uchun agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi muhim ekanligini, agrotexnik tadbirlar ichida qator oralariga ishlov berish, suspenziya sepish, chuqur yumshatish va oziqlantirish muhim oʻrin tutishi xususida soʻz yuritdilar.

Aytish joizki, qator oralariga ishlov berish — bu begona oʻtlarni yoʻqotish va tuproqni yumshatishga xizmat qiladigan agrotexnik tadbirdir. Gʻoʻzaning dastlabki rivojlanish bosqichlarida qator oralarini kultivatsiya qilish orqali begona oʻtlar bilan kurashiladi, tuproqda namlik saqlanishiga koʻmaklashiladi, ildizlarning yaxshi rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Ilk ishlovlar gʻoʻza 3-4 haqiqiy barg chiqarishi bilan boshlanadi va vegetatsiya davomida bir necha marotaba takrorlanadi.

Suspenziya sepish oʻsimlik barglari orqali oziqlantirish va himoya qilish uchun mikroelementlar va kimyoviy moddalarni mayda tomchilar holida sepish jarayonidir. Bunda, mikroelementlar ishlatiladi, fungitsidlar va insektitsidlar qoʻllaniladi, natijada gʻoʻzaning bardoshliligi oshadi, hosildorlik koʻpayadi. Gʻoʻzani barg orqali oziqlantirishga qaratilgan bu usul tez taʼsir koʻrsatishi bilan ahamiyatlidir.

Gʻoʻzani chuqur yumshatish – tuproqning 25–30 sm chuqurlikkacha ishlov berilish jarayoni boʻlib, ushbu tadbirni amalga oshirish orqali ildiz tizimining chuqurroq rivojlanishiga sharoit yaratiladi, tuproqning zich qatlamlari ochilib, yomgʻir yoki oqar suv singishiga yordam beradi. Bu usul odatda vegetatsiyaning oʻrtalarida, mexanik ishlovlar oraligʻida qoʻllaniladi.

Seminar mobaynida joriy yilgi paxta xomashyosidan yuqori hosil olish uchun ushbu agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish boʻyicha maslahatlar, taklif, tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.

Fermer xoʻjaliklari rahbarlarlari ham oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, gʻoʻza parvarishida qoʻllanayotgan turli agrotexnik usullar va texnologiyalar haqida oʻzaro fikr almashdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026