28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Sport 👁 667

“Salomatlik uchun 5000 qadam” aktsiyasi va yugurish marafoni boʻlib oʻtdi

“Salomatlik uchun 5000 qadam” aktsiyasi va yugurish marafoni boʻlib oʻtdi

Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, aholi oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish hamda ommaviy sportni rivojlantirish borasida soʻnggi yillarda mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, minifutbol, badminton, stritbol va vorkaut sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimiz boʻylab turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bu kabi tashabbuslar aholining barcha qatlamlarini qamrab olgan holda jismoniy faollikni ragʻbatlantirish, sogʻlom hayot tarzini keng joriy etishga xizmat qilmoqda. Mazkur qaror ijrosi doirasida respublikamizning barcha hududlarida ommaviy sport tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, 7-may kuni Amudaryo tumanida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan “Salomatlik uchun 5000 qadam” aktsiyasi va yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. “Salomatlik uchun 5000 qadam” aktsiyasi tumanning Doʻstlik mahallasida joylashgan Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining markaziy oʻyingohida oʻtkazildi. Unda nuroniylar, jamoatchilik vakillari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, yoshlar hamda sportchilar faol ishtirok etdilar.

Shu kuni ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari ham tashkil etildi. Ushbu tadbirlar orqali jismoniy faollikni oshirish, aholini har kunlik faol hayot tarziga chorlash, sogʻlom turmush tarzini hayot mezoni sifatida joriy etish maqsad qilingan.

Shuningdek, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida 3 km masofaga yugurish marafoni ham tashkil etildi. Vatan himoyasi yoʻlida jon fido qilgan mard oʻgʻlonlar xotirasiga bagʻishlangan ushbu tadbir sport orqali yurtga muhabbat va qadriyatlarini ulugʻlash bilan birga, aholi oʻrtasida sogʻlom raqobat va hamjihatlik ruhini kuchaytirishga xizmat qildi.

Marafonning start nuqtasi Doʻstlik mahallasi va Oʻrta qalʼa ovulini bogʻlovchi chorrahada belgilangan boʻlib, finish chizigʻi tuman hokimligi binosi oldida joylashtirildi. Musobaqa yuqori tashkilotchilik darajasida oʻtkazildi. Unda 210 nafar ishtirokchi, jumladan 70 nafar ayol-qiz sportchilar qatnashdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhiti yaratildi.

Erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan marafon musobaqalari yakuniga koʻra, Xolimbeg ovulidan kelgan Alibek Oʻrazmetov 1-oʻrinni egallab, oʻz mahallasining ishonchini oqladi. 2-oʻrinni Alibekning hamqishlogʻi, xolimbeglik Javohir Tohirboyev egallagan boʻlsa, Toʻlqin ovulidan Renat Gʻaipov 3-oʻrin sohibi boʻldi.

Ayollar oʻrtasidagi bellashuvlar ham jonli ruhda, oʻzaro hurmat va raqobat muhitida kechdi. Unda Mangʻit shahrining Oybek mahallasidan Dinora Ozodova barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchilikni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Xolimbeg ovuli vakili Dinora Matyakubovaga nasib etdi, 3-pogʻonani esa Kuyuk koʻpir ovulidan Gulbonu Oʻrinboyeva egalladi.

Tadbir yakunida barcha gʻoliblar va faol ishtirokchilar tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan esdalik sovgʻalari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbirlar aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, sport va jismoniy faollikning hayotiy ahamiyatini targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday loyihalar orqali sport madaniyatini shakllantirish, milliy va jahon miqyosida raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratiladi.

Yugurish faqat masofani bosib oʻtish emas, balki iroda, barqarorlik, birdamlik va sogʻlom hayot sari tashlangan qatʼiy qadamdir. Shu bois, bunday ommaviy tadbirlarning kelgusida ham davom ettirilishi — sogʻlom jamiyat barpo etish yoʻlidagi muhim qadamdir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026