31-sonli maktabda “Inson aziz – xotira muqaddas” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Mamlakatimizda “9-may –Xotira va Qadrlaş kuni” keng nişonlanadi. Bu bejiz emas. Çunki bugungiday farovon, tinç va osuda kunlarimiz uçun kuraşgan, mehnat qilgan insonlarning fidoyiliklarini unutişga heç birimizning haqqimiz yöq.
Sana munosabati bilan tumanimizdagi 31-sonli maktabda ham “Inson aziz – xotira muqaddas” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Tadbirni muassasaning 5-, 6-, 7- va 8-sinflari öquvçilari sinf rahbarlari iştirokida tayyorladilar. Maktab direktorining maʼnaviy- maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilbar Örozaliyeva, dastlab Ikkinçi jahon uruşida erişilgan tarixiy ğalabaning ahamiyati, unga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimiz, uruş, uruşdan keyingi qaxatçilik davrlarda xalqimiz boşidan keçirgan zahmatli kunlar xakida, bugungiday farovon hayot barpo etiş yölida kuraşgan ota-bobolarimiz haqida maʼruza qildi. Şundan söng, öquvçilar ijrosida tinçlik, osudalikni, baxtiyor hayotimizni tarannum etuvçi şeʼrlar, kuy-qöşiqlar yangradi.
Tadbir öquvçilarga Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning ahamiyatini çuqur singdirgani, bugungiday farovon turmuşni qadrlaşga örgatgani bilan ahamiyatli böldi.
Nafisa SAFARBOYeVA, 31-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶