Böş iş örinlari yarmarkasida 30 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi
Aholi bandligini taʼminlaş jamiyatning osoyiştaligi va barqarorligida muhim örin tutadi. Şu bois, işsizlikni kamaytiriş, fuqarolarni munosib iş örinlari bilan taʼminlaş va ularning mehnat bozorida faol iştirokini qöllab-quvvatlaş maqsadida mamlakatimizda tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Aholi bandligini oşiriş va işsizlikni kamaytirişga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar doirasida yaqinda Özbekiston Mahallalar uyuşmasi tuman bölimi binosida taşkil etilgan mehnat yarmarkasi aholi uçun yangi iş imkoniyatlarini yaratişda muhim örin tutadi. Amudaryo tumani hokimligi, tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi hamda Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi hamkorligida ötkazilgan tadbirda tumandagi 33 ta korxona va taşkilot 175 ta böş iş örni bilan qatnaşdi.
Tadbirda tuman prokurori yordamçisi Sanjar Abdullayev, Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi direktori Şuhrat Matirzayev, tuman IIB huzuridagi Probatsiya bölimi boşliği Ruslan Iskandarov, şuningdek, qator hamkor taşkilotlar va tijorat banklari vakillari qatnaşdi.
Şu bilan birga, mehnat bozorida öz örnini topiş istagida bölgan 62 nafar işsiz fuqaro, probatsiya hisobidagi şaxslar, aliment tölovçilar, nogironligi bölgan şaxslar hamda taʼlim muassasalarining bitiruvçi yoşlari ham mehnat yarmarkasida faol iştirok etdi.
Tadbirni tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği örinbosari Bahodir Baltabayev kiriş sözi bilan oçib, bu kabi tadbirlarning aholi bandligini taʼminlaşda tutgan örni, yangi iş örinlari yaratiş va fuqarolarni faol mehnat bozoriga jalb qilişdagi ahamiyati haqida töxtalib ötdi. Şundan söng, Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi direktori Şuhrat Matirzayev sözga çiqib, texnikumdagi mavjud taʼlim yönalişlari va kasb-hunar öquv kurslari haqida batafsil axborot berdi. Kasbiy malaka oşiriş orqali işga joylaşiş imkoniyatlari alohida taʼkidlandi.
Yarmarkada Amir Temur ovul fuqarolar yiğini hokim yordamçisi Temur Olloberganov sözga çiqib, davlat tomonidan aholi bandligini taʼminlaş borasida yaratilayotgan şart-şaroitlar, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va ssudalar haqida maʼlumot berdi.
Mehnat yarmarkasida tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi xodimlari tomonidan iştirokçilarga qator amaliy yordamlar körsatildi. Jumladan, böş iş örinlari haqida maʼlumotlar, işga joylaşiş, kasb-hunarga öqiş, xorijda işlaş imkoniyatlari va mehnat huquqlari böyiça huquqiy maslahatlar berildi.
Yarmarka davomida 30 nafar fuqaro, jumladan, 1 nafar nogironligi bölgan şaxs, 2 nafar mehnat muhojiri, 3 nafar taʼlim muassasalari bitiruvçisi hamda 24 nafar işsiz fuqaro doimiy işga joylaştirildi. Şuningdek, 2 nafar işsiz fuqaro kasb-hunarga öqişga yönaltirildi. Bundan taşqari, bölim xodimlari tomonidan tadbir iştirokçilariga işga joylaşiş, kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş, xorijda işga joylaşiş hamda mehnat huquqlari böyiça huquqiy maslahatlar berildi.
Böş iş örinlari yarmarkasi aholi bandligini taʼminlaş va yangi iş örinlarini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan tizimli işlar samaradorligini namoyon etgani bilan ahamiyatli böldi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶