28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:39
Sport 👁 641

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi sport musobaqalarining tuman bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi sport musobaqalarining tuman bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sogʻlom, aqlan va jismonan yetuk etib voyaga yetkazish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Sport va jismoniy tarbiya barkamol avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport inson salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, maqsad sari intilish, iroda, sabr-toqat va jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Aynan sport orqali yoshlar oʻzlarida qatʼiyat, intizom, masʼuliyat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantiradi.

Shu sababli ham soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilib, Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda zamonaviy sport inshootlari, bolalar sport maktablari, stadion va sport zallari qurilmoqda. Bu esa yoshlar uchun sport bilan muntazam shugʻullanishga keng imkoniyat yaratmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi sport musobaqalari ham barkamol avlodni voyaga yetkazishdek xayrli ishlarga hissa qoʻshish maqsadida tashkil qilingan boʻlib, ayni kunlarda joylarda mazkur musobaqalarning tuman bosqichlari yakunlanib, ishtirokchilar keyingi bosqichga tayyorgarlik koʻrmoqdalar. 21-may kuni mazkur musobaqalarning Amudaryo tuman bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi tantanali tarzda oʻtkazildi. Tuman Xotira maydonida marosim uchun katta tayyorgarlik koʻrilib, bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi rahbarlar, jamoatchilik faollari, sportchi yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda musobaqaning tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan mahallalar jamoalari medal, diplom, kubok hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Marosimda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama sogʻlom, maʼnaviy yetuk va vatanparvar qilib tarbiyalash ustuvor yoʻnalishlaridan ekanligi, bu borada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar qatorida sport musobaqalari, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun oʻtkazilayotgan bellashuvlarning oʻrni va ahamiyati beqiyos ekanligi xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, gʻolib yoshlarni muvaffaqiyat bilan tabrikladi va keyingi bosqichlarda yuqori natijalarni koʻrsatishda ularga yuksak ishonch bildirdi.

Musobaqaning tuman bosqichida mini futbol boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni Farovon mahallasi jamoasi, 2-oʻrinni Oybek va 3-oʻrinni Xizr eli mahallasi jamoalari egalladi. Qizlar oʻrtasida esa faxrli 1-oʻrin Xolimbeg ovuli, 2-oʻrin Oq oltin va 3-oʻrin Toʻlqin ovuli jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa doirasida futbol boʻyicha oʻtkazilgan bahslar ham murosasiz kechdi. Jamoalar chempionlikni qoʻlga kiritish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga soldilar. Futbol boʻyicha bellashuvlar yakuniy natijalariga koʻra Toʻlqin ovuli jamoasi faxrli 1-oʻrinni, Kuyuk koʻpir ovuli jamoasi 2-oʻrinni va Qangli ovuli jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoalar keyingi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi musobaqalariga yoʻllanma oldi.

Taʼkidlash joizki, mazkur musobaqalar yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishni oshirish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, musobaqalar nafaqat sportchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantiradi, balki yoshlarda jismoniy tayyorgarlikni oshirish, intizom, jamoaviylik, iroda va qatʼiyat kabi fazilatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, musobaqalarning harbiy-vatanparvarlik ruhida oʻtishi yoshlar qalbida ona Vatanga sadoqat, fidoyilik va masʼuliyat tuygʻularini yanada kuchaytiradi.

Qolaversa, bu musobaqalar orqali yoshlar oʻzlarining sportga boʻlgan qobiliyatlarini namoyon etish, oʻz ustida ishlash va yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu esa oʻz navbatida, sogʻlom turmush tarzining jamiyatda ommalashuviga xizmat qiladi.

Taqdirlash marosimi doirasida ishtirokchilar va mehmonlar uchun tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Boʻlim xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga bayramona ruh bagʻishladi. Kontsertda tumanimizning mashhur estrada xonandalari, isteʼdodli ijodkorlar chiqish qilib, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi sport musobaqalari barkamol avlodni shakllantirish, ularni jismoniy va maʼnaviy jihatdan komil insonlar qilib voyaga yetkazish yoʻlida muhim vositalardan biri boʻlib xizmat qilmoqda. Bu kabi tashabbuslar kelajakda yurtimiz dovrugʻini dunyoga yoyadigan, vatanparvar yoshlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026