Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining 9-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 23-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining 9-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim örinbosarlari, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi Raisi – tuman hokimi Sobir Xöjametov oçdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “8-Örta qalʼa” saylov okrugidan deputat Fotima Yeşimbetova saylandi.
Kun tartibidagi birinçi masala – mahalliy byudjetning 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan hamda mahalliy byudjetning 2025-yil I çorak daromadlar rejasining ortiqça bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablağlar töğrisida tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Yoşlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan islohotlar ijrosi töğrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov hisobot berdi.
Hokim örinbosari öz hisobotida yoşlar mamlakatning kelajagi ekani, ularning iqtisodiy va ijtimoiy faolligi, maʼnaviy kamoloti va ilm-fan sohasidagi yutuqlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga töğridan-töğri taʼsir körsatişini, şu boisdan yoşlarning muammolarini hal qiliş va ularga yordam beriş muhim vazifa ekanligini alohida taʼkidlab ötdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonini yoşlar iştirokisiz tasavvur qilib bölmaydi. Şu sababli mamlakatimizda yoşlar masalasiga har qaçongidan ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Tumanda joriy yil yanvar-fevral oylarida 14-30 yoş oraliğida 53 ming 227 nafar yoşlar xatlovdan ötkazilib, “Yoşlar balansi” şakllantirilgan. Yoşlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqişlaridan kelib çiqqan holda ularning 37 ming 435 nafari “yaşil”, 15 ming 408 nafari “sariq” hamda 384 nafari “qizil” toifalarga ajratilgan. “Sariq” toifadagi 750 nafar yoşlar tumandagi 24 nafar rahbarga biriktirilgan.
Şuningdek, II çorak yakuni böyiça “Yoşlar daftari”ga tuman hududidan 203 nafar yoşlar kiritilib, şundan 119 nafariga kasb örganişi, salomatligini tiklaşi va maʼnaviy rivojlanişi uçun amaliy yordamlar körsatilgan.
Sessiya kun tartibidagi keyingi masala 2025-yilda investitsiyalar, sanoat va savdo yönalişlarida amalga oşiriladigan işlar haqida böldi. Uşbu masala yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Amudaryo tuman şuʼbasi boş mutaxassisi Abbos Tursunboyev hisobot berdi.
Hisobotda keltirilişiça, tumanda 2025-yilda 317,8 mlrd sömlik 39 ta investitsiya loyihalari amalga oşirilişi, 732 ta yangi iş örinlari yaratilişi va 16,8 mlrd sömlik mahsulotlar işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.
Şundan sanoat sohasida 153,8 mlrd sömlik 13 ta loyihalar asosida 480 ta iş örni, qişloq xöjaligi sohasida 1,8 mlrd sömlik 2 ta loyihalar asosida 12 ta iş örni, xizmat körsatiş sohasida 162,2 mlrd sömlik 22 ta loyihalar asosida 240 ta iş örni yaratilişi rejalaştirilgan. Bugungi kunda qiymati 5,6 mlrd. sömlik 11 ta loyihalar işga tuşirilib, 44 ta yangi iş örinlari yaratilgan.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – 2025-yilning 3 oyi mobaynida mahalliy byudjetning daromadlari hamda xarajatlari yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği Javlonbek Jumamurodov hisobot berdi.
2025-yil 3 oy davomida tuman mahalliy byudjetning daromadlar rejasi jami 28 mlrd 401 mln 405 ming söm qilib belgilangan bölib, uşbu reja jami 29 mlrd 448 mln 568,5 ming sömga, yaʼni 1 mlrd 47 mln 163,5 ming sömga yoki 103,7 foizga ortiği bilan bajarilgan. Tuman mahalliy byudjetidan hisobot davri davomidagi jami xarajatlari 35 mlrd 243 mln 497,8 ming sömni taşkil qilgan.
Sessiya majlisida “Amudaryo tumani suv yetkazib beriş xizmati” davlat muassasasi direktori Şukurullo Yusupov hisobot berdi. Hisobotda 2025-yil vegetatsiya davrida tuman böyiça jami 38 ming 107 gektar ekin ekiladigan maydon, şundan 16 ming gektar paxta, 5 ming 809 gektar kuzgi buğdoy, 825 gektar şoli va 8 ming 821 gektar boşqa ekinlar, şuningdek 6 ming 652 gektar tomorqa yer maydonlari suğorilişi rejalaştirilgani xususida söz yuritildi. Deputatlar tomonidan vegetatsiya davri uçun yakuniy isteʼmolçilar kesimida hududlar böyiça ekinlarni suğoriş uçun suv oliş limitlari tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar, hisobot va axborotlar atrofliça muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi va tegişli qarorlar qabul qilindi.
Şu bilan Xalq deputatlari tuman kengaşining 9-sessiyasi öz işini yakunladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶