AMUDARYo TAʼLIM-TARBIYa SOHASINING UÇ YoRQIN YuLDUZI
Nurbek Jumaniyazov
Insonning öz kasbiga mehri, fidoyiligi uning feʼlida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyğularini uyğotadi. Vataniga, xalqiga qayişgan insonlar el-yurt ardoğiga, samimiy muhabbatiga, eʼtirof va eʼzoziga sazovor bölişadi. Agar taʼbir joiz bölsa, Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçilari Nurbek Jumaniyazov, Şerzod Aşirov va Sarvarbek Yaxşimovlar ana şunday, öz kasbiga mehri baland fidoyilardan. Biri-biridan iqtidorli va izlanuvçan, öz kasbiy faoliyatlari böyiça öqib, izlanişdan aslo çarçamaydigan bu pedagoglar, nazarimda bugungi kunda nafaqat 40-sonli maktab, balki Amudaryo tumani taʼlim-tarbiya sohasining yorqin yulduzlariga aylanişgan. Ha azizlar, ular haqiqatdan ham öz sohalarining yulduzlari!
Biz bilgan va bilmagan “yulduz”lar köp: ikki-uçta aşula aytib, özlarini ana şunday maqomga munosib deb biladigan sanʼatkorlar, bir-ikkita musobaqada sovrinli örin olib, bosar-tusarini bilmay qolgan va yulduzlik kasaliga çalingan sportçilar oramizda kammi? Amudaryolik uç fidoyi pedagog — Nurbek, Şerzod va Sarvarbeklar taʼlim-tarbiya sohasi osmonida yulduz bölib porlagunga qadar ham, hozirgi kunda ham hamon nazarkarda insonlar sifatida el-yurt ardoğida, eʼtibor va eʼzozida.
Ilk pedagogik faoliyatini ingliz tili fani öqituvçisi sifatida 2010-yildan boşlagan Nurbek Jumaniyazov özining 15 yillik pedagogik faoliyati davomida kasbiga mehri, izlanuvçanligi va taşabbuskorligi bilan tanildi. Har bir darsini zamon talablari darajasida taşkil etiş, ilğor pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanişga bölgan intilişlari tufayli juda qisqa fursat içida CEFR böyiça V2 va S1 darajadagi sertifikatlar sohibi böldi.
Bir neça yil içida uning şogirdlaridan 220 nafari ingliz tilidan xalqaro va milliy sertifikatlarni olişga erişdilar. Quvonarlisi şundaki, ulardan 70 nafari 40-sonli maktab öquvçilaridir. 11-sinf bitiruvçilarining OTMlarga öqişga kiriş körsatkiçlari esa yanada quvonarli. Ketma-ket 3-yildan beri 40-sonli umumtaʼlim maktabining Nurbek Jumaniyazov rahbarligidagi variativ sinfi öquvçilari 100 foiz OTMlar talabalari safidan joy olişdi.
Uning pedagogika sohasidagi tadbirkorlik faoliyati ham alohida eʼtiborga munosib. 2022-yilda u Amudaryo tumanining Manğit şahrida “Brighton school” öquv markaziga asos soldi. Mazkur öquv markazida rus va ingliz tillari jahon andozalari asosida öqitiladi. Erişilayotgan yutuqlar esa yanada samarali.
Ötgan qisqa fursat içida öquv markazi tahsilini olgan 220 nafar öquvçi IELTS va CEFR sertifikatlari sohiblari bölişdi. Öquv markazi öquvçilari orasida Prezident maktabi öquvçilari, fanlar olimpiadasining Respublika bosqiçi ğoliblari, xalqaro Kembrij Universiteti, Janubiy Koreyaning Seul davlat Universitetlari talabalari bor. Nurbekning saʼy-harakatlari bilan 4-yildirki, 40-sonli maktab “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovida Amudaryo tumanida faxrli 1-örinni egallab kelmoqda.
Fidoyilik bilan qilingan mehnatning ham, insonning ham hamişa qadri baland böladi. Uning yoş avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalaş borasidagi fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan bir neça marta eʼtirof etilib, “Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi”, “Vatan fidoyisi” kökrak nişonlari va 2024-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Yaqinda Nurbek rahbarligida “Ingliz tilini öqitiş böyiça ing yaxşi maktab” tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etgan 40-sonli maktab jamoasi faxrli 2-örinni egallab, 200 mln. söm pul mukofoti bilan taqdirlanişdi.
Şerzod Aşirov
Maktabning yana bir iqtidorli öqituvçisi Şerzod Aşirov yoşlarga matematika fanidan saboq beradi. 8 yillik pedagogik tajribaga ega bölgan Şerzod Aşirov ilk pedagogik faoliyatini boşlagan yillardayoq Amudaryo tumanidagina emas, Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida özining yuksak pedagogik mahorati tufayli juda tez tanildi. Ayniqsa, farzandlari aniq fanlarga qiziquvçi ota-onalar, hamkasblari orasida obrö-eʼtibor qozondi.
Farzandlarining kelajagiga befarq bölmagan ota-onalar samimiyat bilan: “öğlim (yoki qizim) Şerzod Aşirovning sinfida öqişini xohlayman”, deydigan bölişdi. Öz iqtidorini va bilimini taʼlim sifatini oşiriş, mustaqil fikrli, keng dunyoqaraşga ega barkamol insonlarni tarbiyalaşdek şarafli vazifani ado etişga bağişlagan Şerzod Aşirovning şogirdlari orasida fan olimpiadalari va turli körik-tanlovlarning Qoraqalpoğiston va Özbekiston Respublikasi bosqiçlari ğolib va sovrindorlari, Buyuk Britaniyaning PDP Universiteti granti sohib va sohibalari bor. Uning rahbarligidagi iqtisodiyot va texnologiya yönalişidagi variativ sinf bitiruvçilari sönggi uç yildan beri OTMlarga öqişga kiriş böyiça 100 foizlik natijaga erişib kelişmoqda.
Albatta, erişilayotgan yutuqlar zamirida öqituvçining fidoyi va samarali mehnati mujassam. Öz kasbiy mahoratini tinimsiz oşirib boriş, taʼlim sohasidagi ilğor fan yutuqlarini iş faoliyatiga izçil joriy etiş, doimiy ravişda öqib-izlaniş Şerzod Aşirovning kundalik şaxsiy iş rejasida eng muhim va dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan.
Öz faoliyatini doimiy ravişda tanqidiy tahrir va tahlil qilib borişga odatlangan Şerzod 2021-2022 öquv yilida matematika fani böyiça öqituvçilar örtasida ötkazilgan olimpiadaning Amudaryo tumani bosqiçida 1-örinni, Respublika bosqiçida esa faxrli 3-örinni egalladi. Aynan öşa yili umumtaʼlim fanini biliş darajasi böyiça milliy sertifikat sohibi böldi va PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik köriş jarayonida trener öqituvçi sifatida muntazam ravişda matematika fani öqituvçilariga tuman va Respublika miqyosida seminar-treninglar, oçiq darslar taşkil etib, yuzlab hamkasblarining hurmat va eʼtiboriga sazovor böldi.
U 2019-yildan beri Amudaryo tumani, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Özbekiston miqyosida “Xalqaro baholaş PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS dasturlari”ni örgatuvçi testolog va trener öqituvçi sifatida ham samarali faoliyat olib boradi.
Yuksak pedagogik mahorati, taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantiriş borasidagi beminnat xizmatlari uçun Şerzod Aşirov Amudaryo tuman hokimligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan bir neça marta faxriy yorliqlar, “Taşakkurnoma”lar va qimmatbaho sovğalar bilan mukofotlandi. 2021-yilda esa “Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Sarvarbek Yaxşimov
Maktabning fizika fani öqituvçisi Sarvarbek Yaxşimovni hamkasblari alohida hurmat va eʼtibor bilan “professor fizik” deya eʼtirof etişadi. Albatta, bu samimiy eʼtirofda jon bor. Bolaligidan fizika qonunlari siri, mazmun-mohiyatini tuşunişga intilib, ana şu intilişlari tufayli qalbida fizika faniga nisbatan çeksiz mehr va ixlos uyğongan Sarvarbek öquvçilik davrida ham, oliygoh tahsili davomida ham bu fanni puxta örganiş iştiyoqi bilan yaşadi. Pirovardida vaqt ötib, fizika fanining bilimdoniga aylandi. 2017-yilda ilk pedagogik faoliyatini boşlagan Sarvarbek Yaxşimov juda qisqa fursat içida Amudaryo tumanidagina emas, balki Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida iqtidorli, izlanuvçan va taşabbuskor fizika fani öqituvçisi sifatida tanildi.
Uning rahbarligidagi “Yoş fiziklar” tögaragi aʼzolari orasida fanlar olimpiadasi, Al Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman va Respublika bosqiçlari ğoliblari, Qoraqalpoq davlat Universiteti tomonidan taşkil etilgan “Rektor kubogi” tanlovi sovrindorlari, milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlar egalari bor.
Öz darslari va “Yoş fiziklar” tögaragi maşğulotlarini “maktab.uz”, “kitob.uz” saytlaridagi qöşimça manbalar bilan boyitib, “Apro.uz”, “Khan akademiyasi” testlari asosida taşkil etayotgani bois, 2021-2022 öquv yilida Sarvarbek Yaxşimov rahbarligidagi moliya-iqtisod yönalişidagi 11-sinf bitiruvçilari 100 foiz, 2022-2023 öquv yilida texnologiya yönalişidagi variativ sinf bitiruvçilarining barçasi OTM talabalari bölişdi. Ötgan öquv yilida esa texnologiya yönalişidagi 11-“A” sinf bitiruvçilari OTMlarga öqişga kiriş böyiça 96 foiz natijaga erişdilar.
Har qanday muvaffaqiyatning zamirida, albatta, fidoyi mehnat, yuksak bilim va salohiyat böladi. Sarvarbek Yaxşimov doimiy ravişda öz ustida işlaş, fizika fanini öqitiş böyiça ilmiy izlanişdan aslo çarçamaydi. Uning bir neçta ilmiy-uslubiy maqolalari pedagogik naşrlarda çop etilib, tajribalari Respublika miqyosida ommalaştirilgan. Trener öqituvçi sifatida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktablarning fizika fani öqituvçilari uçun oçiq darslar taşkil etiş bilan birga fizika fanini öqitişning muammoli masalalari böyiça Telegram kanali orqali uslubiy yordam va özaro muloqotni yölga qöygan. U işlab çiqqan “Fizikaning mexanika bölimidan masalalar yeçiş metodikasi” uslubiy qöllanmasi fizika fani öqituvçilari uçun bu borada nazariy va amaliy manbaga aylangan.
“Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi”, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” kökrak nişonlari sohibi Sarvarbek Yaxşimov hamkasbi, matematika fani öqituvçisi Şerzod Aşirov bilan hamkorlikdagi pedagogik faoliyati tufayli joriy öquv yilida yana bir quvonçli natijani qölga kiritişdi. “Qoraqalpoğiston ustozi” körik-tanlovining Respublika bosqiçida faxrli 1-örinni egallagan Şerzod Aşirov va Sarvarbek Yaxşimovlar “Qoraqalpoğiston ustozi” deya eʼtirof etilib, Maʼmun Universiteti homiyligida çet elga sayohat yöllanmasi bilan taqdirlandilar.
Xalqimizda “halol va fidoyi mehnat qilganning yöli oydin, mukofoti uluğ” degan hikmatli ibora bor. Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabning uç nafar fidoyisi, taʼlim-tarbiya sohasining isteʼdodli va yorqin yulduzlari Nurbek Jumaniyazov, Şerzod Aşirov va Sarvarbek Yaxşimovlarning misoli igna bilan quduq qazigan kabi maşaqqatli va şarafli mehnatlari bois, bugun yöllari yanada oydin, el-yurtdan qaytayotgan mehr va eʼtibor bisyor. Oddiy, kamtarin va samimiy muallim uçun şundan uluğ mukofot bormi, azizlar!
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶