14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:16
Fan va taʼlim 👁 200

AMUDARYo IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRI OʻTKAZILDI

AMUDARYo IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRI OʻTKAZILDI

Maktab – buyuk orzular ostonasi. Ana shu muqaddas makonda kechgan har bir kun insonga ezgu xotiralar baxsh etadi. Bolalikda uygʻongan doʻstlik, qadrdonlik tuygʻulari hech qachon unutilmaydi. Ayniqsa, ilm olish sari tashlangan qadamlarga, orzularga guvoh boʻlgan jonajon maktab insonning shaxs sifatida shakllanish jarayonida eng samimiy doʻst, eng ulugʻ ustoz kabi aziz va mukarramdir. Shuning uchun ham maktab tahsilini tamomlagan har bir voyaga yetgan oʻgʻil-qiz oʻzlariga oq-qorani tanitgan muqaddas dargoh bilan koʻzlarida yosh, qalblarida cheksiz hayajon, ulugʻvor orzular ila xayrlashadilar.

Joriy 2024-2025 oʻquv yili yakunlariga bagʻishlangan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 24-may sanasida butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham hayajonli daqiqalarga, yorqin taassurotlarga boy tarzda keng nishonlandi. Shu kuni tumandagi Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabining bayramona bezatilgan hovlisida, “Ilm – eng ulugʻ sharaf!” shiori ostida boʻlib oʻtgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri maktab bitiruvchilari uchun biri-biridan shirin, goʻzal daqiqalarni hadya etdi.

Muhtaram Prezidentimizning bitiruvchilarga yoʻllagan tabrigi bilan boshlangan mazkur tadbirda ota-onalar, tadbirga tashrif buyurgan Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari hamda maktab oʻqituvchilari bitiruvchi yoshlarga oʻzlarining ezgu tilaklarini bildirdilar.

Ayniqsa, Prezidentimizning tabrigidagi “Bugungi kunda biz oʻz oldimizga qoʻyayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama yetuk yoshlarga tayanamiz. Sizlardek oʻz kuchiga ishongan, qatʼiyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezguliklar, yorqin natijalar kutadi” – degan soʻzlari yoshlar qalbiga daʼvatkor ruh, ishonch va qatʼiyat bagʻishladi.

Tadbir davomida Amudaryo ixtisoslashgan maktabi oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar tilga olinib, maktab oʻquvchilarining OTMlarga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari yil sayin ortib borayotgani alohida qayd etildi. Xususan, joriy oʻquv yilida maktabni bitirayotgan 76 nafar oʻquvchilardan 56 nafari milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlar egalari boʻlishdi. Ulardan 2 nafari fanlar olimpiadasining tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritishib, mamlakat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok qildilar. Bitiruvchilardan Jahongir Yoʻldoshev esa nufuzli xorijiy OTMlarining test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, bir yoʻla 6ta OTMning toʻliq grantlarini yutib oldi.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida soʻzga chiqqan ota-onalar va tadbirning barcha mehmonlari maktabda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilgan shart-sharoitlar, oʻqituvchi va murabbiylar tomonidan amalga oshirilayotgan biri-biridan qiziqarli dars-mashgʻulotlari, eng zamonaviy taʼlimiy dasturlardan minnatdor ekanliklarini alohida eʼtirof etdilar va mustaqil hayotga qadam qoʻyish arafasida turgan farzandlariga oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha Prezidentimiz, xalqimiz ishongan, ona Vatanga sadoqatli, munosib mutaxassislar boʻlib yetishishlarida samimiy tilaklar tiladilar.

Tadbirning adabiy-musiqiy qismida “Ilm – eng ulugʻ sharaf!” shiori mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etgan kontsert dasturi namoyish etilib, yoshlik, doʻstlik ilm-u ziyo, Vatan va ustozlarni sharaflovchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, goʻzal raqslar ijro etildi.

Shundan soʻng ramziy soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglab, maktabning 76 nafar bitiruvchi yoshlari mustaqil hayotning ilk sinovlari – davlat test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirish sari dadil qadamlarini qoʻydilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019