28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:23
Jamiyat 👁 287

Nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash – barchamizning burchimiz

Nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash – barchamizning burchimiz

Har yili 1-iyun sanasi dunyo boʻylab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kun bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning baxtli va sogʻlom hayot kechirishlariga eʼtibor qaratish, shuningdek, jamiyatda bolalarning oʻrni va ahamiyatini yuksak qadrlash maqsadida tashkil etilgan.

Yurtimizda ham 1-iyun kuni katta bayram sifatida munosib nishonlanadi. Maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar, madaniyat va sanʼat markazlarida turli bayram tadbirlari, kontsertlar, bolalar uchun sport musobaqalari, koʻrgazmalar va koʻngilochar dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga alohida eʼtibor qaratilib, ularga sovgʻalar topshiriladi.

Ushbu sana munosabati bilan amudaryolik tashabbuskor saxovatpesha tadbirkor Dildora Xayitboyeva tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Nogironlar jamiyatining tuman boʻlinmasi tomonidan imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan 40 nafardan ortiq 7-17 yosh oraligʻidagi bolajonlar ishtirok etdi va ular oʻrtasida rasm chizish boʻyicha “Maftunkor ranglar jilosi” nomli bellashuv oʻtkazildi.

Xayriya tadbiriga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpogʻiston kengashi raisi Ulugʻbek Jalmenov tashrif buyurib, barcha bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Ulugʻbek Jalmenov oʻz soʻzida bolalar ertangi kelajagimiz egalari ekanligini, ertangi kunning yetuk mutaxassislari, olimlari, shoirlari, sportchilari bugungi bolajonlar orasidan yetishib chiqishini, har bir bola mehr, eʼtibor va gʻamxoʻrlikka loyiq ekanligini taʼkidladi. Ularning har tomonlama kamol topishi uchun sogʻlom muhit yaratish, toʻgʻri tarbiya berish va huquqlarini himoya qilish – har bir kattalarning, ota-onalarning, ustozlar va jamiyatning muqaddas burchi ekanligini alohida qayd etdi.

Nogironligi boʻlgan bolalar hayotda koʻproq qoʻllab-quvvatlash, mehr-shafqat va gʻamxoʻrlikni talab qiladi. Ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topib, sogʻlom muhitda ulgʻayishi, salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun har tomonlama koʻmak zarur.

Nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida tashkil etilgan bayram tadbiri mobaynida bolalarga sovgʻalar ulashildi, madaniy koʻngilochar dasturlar namoyish etildi. Turli noz-neʼmatlarga, shirinliklarga toʻla dasturxon yozildi.

Xayriya tadbirida tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari ishtirokida shoʻx-shodon kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ijrosidagi betakror chiqishlar barchaga yuqori bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbirda bayram tashabbuskori Dildora Xayitboyeva tomonidan 3 nafar bolajonlarga velosipedlar sovgʻa qilindi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman hokimi oʻrinbosarlari, boʻlimlar rahbarlari tadbirkorning bu ezgu tashabbusi jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va xayr-saxovatlilik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar. Shuningdek, “Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar tanlovi gʻoliblariga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash – bu faqat davlat yoki muayyan tashkilotlarning emas, butun jamiyatning burchidir. Har bir inson, har bir oilaning bu jarayonga qoʻshgan hissasi katta ahamiyatga ega. Kimdir koʻngillilik asosida tadbirlar oʻtkazadi, yana kimdir moddiy yordam beradi, kimdir esa mehrli soʻz va tabassum bilan bolaga ruhiy dalda boʻladi.

Nogironligi boʻlgan bolalar ham bizning farzandlarimiz, kelajagimizning bir boʻlagidir. Ularning baxtli hayoti, oʻzlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash bizning mehrimiz, gʻamxoʻrligimiz va ezgu amallarimiz bilan chambarchas bogʻliq.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026