Mahallaga biriktirilgan soliq xodimlarining samarali faoliyati orqali iqtisodiy ösiş taʼminlanyapti
Sönggi yillarda mamlakatimizda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş va soliq tizimi samaradorligini oşiriş böyiça keng kölamli tadbirlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, “Mahalla byudjeti” tizimining joriy etilişi va “Mahalla yettiligi” institutining şakllantirilişi bu sohadagi jiddiy yondaşuvning yaqqol isbotidir.
Amudaryo tumanidagi 49 ta fuqarolar yiğiniga jami 17 nafar soliq xodimi biriktirilgan. Yaqin vaqtlarga qadar mahallalarda soliqlarni yiğişda manfaatdorlik tizimi mavjud emas edi. Bugungi kunda esa mahalliy infratuzilma muammolarini hal qiliş maqsadida mahalla byudjetiga belgilangan miqdorda soliq tuşumlari ajratilib, ularni samarali yönaltiriş orqali joylarda ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda.
“Mahalla yettiligi” instituti doirasida biriktirilgan soliq inspektorlari öz faoliyatini mahalladagi har bir soliq tölovçi bilan yaqindan işlaşiş orqali amalga oşirmoqda. Ular tadbirkorlar bilan uçraşib, mavjud muammolarni örganmoqda, soliq qonunçiligidagi yangiliklarni tuşuntiriş orqali yaşirin iqtisodiyotning oldini olmoqda. Bu jarayonda jismoniy va yuridik şaxslarning soliq tölovlari böyiça masʼuliyatini oşiriş hamda davlat byudjetiga tuşumlarni köpaytiriş asosiy maqsad qilib olingan.
2024-yilning özida Amudaryo tumani böyiça jismoniy şaxslarning turar joy obʼektlari uçun 29 milliard 130,4 million söm soliq hisoblandi. Uşbu tuşumning 10 foizi, yaʼni 2 milliard 913 million söm mahalla byudjetiga qoldirildi. Joriy yilning 5 oyi mobaynida esa 13 milliard 859,6 million söm soliq undirilişi taʼminlandi.
Tumanning Böz solma, Qoramon va Böz yop ovul hamda mahallalarida faoliyat yurituvçi soliq inspektori Şavkat Hayitboyev 2 ming 953 ta soliq tölovçiga masʼul. U tomonidan 2024-yilda 3 milliard 391 million 555 ming söm soliq yiğilgan. Joriy yilning şu kuniga qadar esa 1 milliard 720 million 159 ming söm soliq undirilib, mahallar jamğarmasiga mol-mulk va yer soliqlarining belgilangan 10 foiz qismi yönaltirilmoqda.
Mahalla jamğarmalariga tuşgan mablağlardan samarali foydalaniş doirasida qator ustuvor yönalişlar belgilangan. Eng avvalo, içki infratuzilmani yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, mahallaning içki yöllari, elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, şuningdek, içimlik va oqova suv tizimlari taʼmirlanmoqda.
Ikkinçi muhim yönaliş — mahalla va jamoat binolarini quriş, taʼmirlaş hamda zarur jihozlar bilan taʼminlaşdir. Bu borada sport va bolalar maydonçalari, kutubxona, madaniyat markazlari kabi obʼektlar yangidan barpo etilişi yoki taʼmirlanişi nazarda tutilgan. Ularni mebel va texnika jihozlari bilan taʼminlaş işlari ham şu mablağlar hisobiga amalga oşiriladi.
Kelgusi bosqiçda esa “Yaşil makon” loyihasi doirasida kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlari amalga oşiriladi. Mahallalar atrofiga köçatlar ekiş, hududlarni tozalaş va yaşil maskanlarga aylantiriş vazifalari ustuvor ahamiyatga ega.
Şu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning turar joylarini taʼmirlaş va zarur jihozlar bilan taʼminlaş işlari ham soliq tuşumidan ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştirilmoqda.
Bu borada mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining örni alohida. Mahalladagi soliqlarni töliq va öz vaqtida undiriş, soliq tölovçilarga xizmat körsatiş, şuningdek, yaşirin iqtisodiyotni kamaytiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş yönalişlarida soliq xodimlari samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa soliq organlari va mahalla tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, jamoatçilikning xabardorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda. Soliq inspektori Şavkat Hayitboyev tomonidan amalga oşirilgan işlar bunga yaqqol misoldir. Vaqtinçalik faoliyatini töxtatgan 4 ta tadbirkorlik subʼekti uning saʼy-harakatlari bilan faoliyatini qayta tiklandi. Korxonalarda norasmiy tarzda mehnat qilayotgan 14 nafar işçilarning faoliyati legallaştirildi. Şuningdek, 5 nafar noqonuniy işlayotgan fuqaro tadbirkor sifatida davlat röyxatiga olindi. Natijada 25,8 million söm miqdorida qöşimça soliq manbalari aniqlanib, mahallaning iqtisodiy ösişiga hissa qöşildi.
Amalga oşirgan bu kabi samarali faoliyati uçun Şavkat Hayitboyev 2024-yilda Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev tomonidan “Taşakkurnoma” bilan taqdirlandi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶