Kadastr pasporti neça kunda tayyor bölişini bilasizmi?
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi 535-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq Köçmas mulk obʼektiga kadastr pasportini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Kadastr pasporti obʼektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:
a) köçmas mulk obʼektlarining turar joyga oid qismi böyiça:
köp kvartirali uydagi kvartira uçun — 5 iş kunigaça;
yakka tartibdagi turar joy uçun — 8 iş kunigaça;
b) köçmas mulk obʼektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit köp kvartirali uylar böyiça:
umumiy maydoni 100 kv. metrgaça bölganda — 8 iş kunigaça;
umumiy maydoni 100 kv. metrdan 1 000 kv. metrgaça bölganda — 10 iş kunigaça;
umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan 5 000 kv. metrgaça bölganda — 15 iş kunigaça;
umumiy maydoni 5 000 kv. metrdan 15 000 kv. metrgaça bölganda — 20 iş kunigaça;
umumiy maydoni 15 000 kv. metrdan 50 000 kv. metrgaça bölganda — 26 iş kunigaça;
umumiy maydoni 50 000 kv. metrdan ortiq bölganda — 35 iş kunigaça;
ajratilgan yer uçastkalari böyiça — 5 iş kunigaça;
v) köp yillik dov-daraxtlar joylaşgan yer uçastkasi böyiça:
umumiy maydoni 1 gektargaça — 15 iş kunigaça;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargaça — 20 iş kunigaça;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargaça — 26 iş kunigaça;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargaça — 35 iş kunigaça;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 40 iş kunigaça.
Malaka şahodatnomasiga ega bölgan köçmas mulk böyiça kadastr muhandisi tomonidan ötkazilgan texnik xatlov natijasiga köra tayyorlangan yiğmajildga asosan köçmas mulkni hisobga oliş va kadastr pasportini beriş filial tomonidan 3 iş kuni mobaynida amalga oşiriladi.
Mansur Sadikov, Amudaryo tumani Adliya bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶